Mavzu yuzasidan savol-topshiriqlar 1. Qo’shma gap қqsmlari deganda nimani tushunasiz? 2. Bog’langan qo’shma gaplarning bog’lanish yo’llarini izohlang. 3. Bog’langan qo’shma gaplarning turlarini ayting va misollar keltiring. 4. Bosh va ergash gap nima? 5. Bosh va ergash gaplar qanday vositalar yordamida birikadi? 6. Ergashgan qo’shma gapning turlarini ayting va misollar keltiring. 7. Havola bo’lakli ergashgan qo’shma gaplar nima? Misollar keltiring. 8. Bog’lovchisiz qo’shma gap qismlari qanday ma‘no munosabatlarni ifodalaydi? 9. Murakkab qo’shma gaplarning qanday turlari bor? Har biriga misol keltiring. 10. Ko’chirma gapli qo’shma gapda қqo’llaniladigan tinish belgilarini izohlang. 11. Ko’chirma gapni o’zlashtirma gapga aylantirganda gap tarkibida qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi?