1.2-rasm. Giprovostokneft institutining neft va gazni konda yig‘ish va
tashishning prinsipial texnologik sxemasi:
1 – quduq; 2 – guruhli o‘lchash trapi; 3 – birinchi pog‘ona ajratish traplari;
4 – siquvchi nasoslari; 5 – avariya sig‘imi; 6 –ikkinchi pog‘ona ajratish traplari; 7–
uchinchi pog‘ona ajratish traplari; 8– NKTQsining texnologik sig‘im (pontonli).
Trapdan birinchi pohonali ajratishda oraliq masofa katta bo‘lganda va neftni
erigan gazlar bilan birgalikda tashishda mahalliy relefda noqulay sharoitlar mavjud
bo‘lganda SKS (siquv kompressor stansiyasi) yordamida amalga oshiriladi va ular
quyidagi sxemada keltirilgan.
3.Giprovostokneft institutining bir quvurli sxemasi
. Quduqning mahsuloti
ikki fazali oqimga ega bo‘lib, quduq uzoq masofada joylashganda bir quvur orqali
siquvchi nasos stansiyasiga yo‘naltiriladi. Neftni birinchi pog‘onada ajratishni
amalga oshirish uchun siquvchi stansiyada trap (ko‘tarib beruvchi) qurilmasi
joylashtiriladi. Neft 0,4-0.45 MPa bosim ostida ajratilgandan keyin har qanday
masofaga neftni tayyorlash qurilmasigacha yoki markaziy kon inshootlariga
tayyorlash uchun beriladi va u yerda eng so‘nggi ajratish amalga oshiriladi.
10
Neftning tarkibidan ajralgan gaz gaz yig‘ish kollektorlari orqali qoldiq bosim
ostida gazbenzin zavodining kompressorida to‘planadi.
4.TatNIPIneft institutining bir quvurli sxemasi
(1.3-rasm). Quduqdan kirib
keladigan mahsulot ikki neft va gazli fazadan iborat, ajratilmasdan (quduq buferida
0,6-0,7 MPa bosim bilan) to‘g‘ridan-to‘g‘ri neftni tayyorlash qurilmasiga uzatiladi.
1.3-rasm. TatNIPIneft institutining neftni va gazni yig‘ish va tashishini bir
quvurli texnologik sxemasi:
1 – quduq; 2 – nasos–kompressor; 3 – massali sarf-o‘lchagich; 4 – birinchi
pog‘ona ajratish trapi; 5 – ikkinchi pog‘ona ajratish trapi; 6 – nasoslar; 7 – xom-
ashyo rezervuarlari.
Qatlamning bosimi yoki quduqda botma nasosda o‘rnatilgan bosim gazneft
aralashmasini markaziy konning inshootiga tashib berishda yetarli bo‘lmaganda
neftuzatmasining trassasiga nasos kompresorlar o‘rnatiladi (hajmiy vintli yoki
ratatsion bosimli) va aralashmani qayta haydaydi. Kon inshootining markaziy
maydonida qabul qilingan ajratish pog‘onalari soniga mos keladigan neftni ajratish
uchun (aniq sharoitdan kelib chiqib va neftning fizik-kimyoviy xossasiga bog‘liq
holda) trap qurilmasi o‘rnatiladi.
5.BashnIPIneft institutining ejektorli sxemasi 1.4-rasmda keltirilgan
. Bu
qurilmaning asosiy xususiyati ajratish pog‘onalari ikkita bo‘lib quduq mahsuloti
quduqqa o‘rnatilgan trap qurilmasidan o‘tadi. Birinchi pog‘onadagi bosim 0,4
11
MPa, ikkinchi pog‘onada esa 0,1 MPa.ga teng. Gazning aralashmasi I va II-chi
pog‘onada ajratiladi, ejektordan keyin 0,25 MPa bosim bilan gazyig‘ish tarmog‘iga
to‘planadi, keyin kondagi (uchastkadagi) kompressor stansiyasiga uzatiladi.
Kolpressor stansiyasidan gazbenzin zavodlariga beriladi. Ajratilgan neft neftni
tayyorlash qurilmasini sig‘imida to‘planadi.
Neft va gazni yig‘ish sxemalarini tanlashda texnik-iqtisodiy hisob olib
boriladi, natijada qurilishga va ishlatish bo‘yicha olingan xarajatlar bo‘yicha
iqtisodiy va texnik maqsadi aniqlanadi. Giprovostokneft instituti tomonidan olib
borilgan texnik-iqtisodiy hisoblarga asoslanadigan bo‘lsak, Giprovostokneft va
TatNIPIneft institutlari tomonidan konlarda naporli sxemalarni qo‘llash tejamkor
hisoblanadi va neftgaz aralashmasini katta masofaga uzatishning imkoniyati yuqori
bo‘ladi.
Shuning uchun konlarda neft va gazni yig‘ishni o‘z oqadigan tizimidan
foydalanish samarali hisoblanadi (1.4-rasm). Neft ochiq tizimda neft
harakatlanganda yengil uglevodorodlarni atmosferaga yo‘qotilishi kuzatiladi.
Bir vaqtning o‘zida neftni quduqdan uni qayta ishlashgacha bo‘lgan oralig‘i
germetiklanganda barqarorlashtirish jarayonini ham amalga oshirish maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Neftni barqarorlashtirishning mohiyati uning tarkibidagi
uchuvchan
uglevodorodlarni
(parafinsizlashtirish,
butansizlashtirish)
olish
hisoblanadi, ular neft bilan birgalikda oqqanda bug‘lanadi, uglevodorodlarni
yo‘qotilishini va eng og‘ir benzin fraksiyalarini olib chiqib ketishga olib keladi.
Neftni barqarorlashtirishda propan va butanlarni yo‘qotilishi bilan birgalikda
metan, etan va ballasli gazlar, vodorod sulfid, uglerod kislotasi va azotni olib
chiqarib ketadi. Shundan kelib, yengil fraksiyalar bug‘lanishga yo‘qotilishi
natijasida neftkonidan to neftni qayta ishlash zavodlarigacha harakatlanganda
apparatlarni, jihozlarni va quvuruzatmalarning korroziyalanishini oldi olinadi.
Amaliyotda mutloq barqaror gazni olishning imkoni yo‘q. Amaldagi
rezervuarlarda neftning bug‘larini umumiy elastikligini 200 mm suv. us.ga
pasaytirilgan bo‘lganda ham neftning bug‘lanishi sodir bo‘ladi.
12
1.4-rasm. Neft va gazni yig‘ish va tashishni ikki quvurli ikki pog‘onali
ajratishning BashnIPIneft instituti sxemasi: 1 –quduq; 2 – o‘lchovchi trap; 3 –
birinchi pog‘ona ajratish trapi; 4 – ikkinchi pog‘ona ajratish trapi; 5 – ejektor; 6,9 –
ajratgichlar; 7 – kompressorlar; 8 – gazning sovutgichlari; 10 – nasoslar; 11 –
rezervuarlar; 12 – yumshoq gazgolder.
Shuning uchun neftni barqarorlashtirish tushunchasi shartli bo‘lib, aniq
sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi: neftning uchuvchanligi, uni yig‘ish, tashish va saqlash
sxemalari, konda germetiklash darajasi, tashish va zavod inshootlari, barqaror
mahsulotlarni sotish imkonlari, barqarorlashtirish bo‘yicha u yoki bu turdagi
xarajatlarning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi hamda barqarorlashtirishni neft
potensialiga ta’sir etishi, qayta ishlashga yo‘naltirish. Bu omillarning hammasi
neftni chuqur barqarorlashtirishni qo‘llashda aniqlanadi hamda uzoq muddat
o‘rganishni taqozo qiladi.
13
Do'stlaringiz bilan baham: |