Shartnoma narxlari
– tovarlarni ishlab chiqaruvchi bilan uni iste‟mol etuvchi
o‟rtasidagi bitimga binoan, har ikkala tomonning roziligiga qarab belgilangan narx.
Eksport kvota
– muayyan tovarlarni eksportga belgilangan hajmda ishlab
chiqarish va etkazib berish.
Eksport imkoniyati
– chet elga tovar chiqarish, sotish imkoniyati; korxonalar
tarmoqlar va ayrim bir mamlakatning xorijga tovar chiqarib, chet el bozorida raqobat
qila bilish qobilyatini, shuning hisobiga valyuta to‟play olishi, daromad ola bilishni
anglatadi.
Elektron pul
– hisob-kitoblarni elektron hisoblash mashinalari yordamida
bajarish uchun qo‟llaniladigan kredit pullarining eng so‟nggi turi; kredit
kartochkalariga o‟xshagan pul.
Do'stlaringiz bilan baham: |