Iste’molchi ulushi -
bozor ulushini kengaytirishdan iste‟molchilar sonini
ko‟paytirishga o‟tish. Buning uchun kompaniyalar dolzarb iste‟molchilarga
tovarlarning kengaytirilgan assortimentini taklif etadilar, xodimlarni o‟zaro o‟rnini
bosuvchi tovarlarni sotishga va savdo hajmini oshirishga o‟rgatadilar.
Individuallashtirish
- maqsadli bozorga umumlashtirilgan takliflarni berish
o‟rniga
-muayyan iste‟molchi talablarini xisobga oluvchi individuallashgan takliflarni
kiritish.
Iste’molchilar ma’lumotlar bazasi
- sotuvlar bo‟yicha axborot yig‟ish o‟rniga
-individual iste‟molchilar xaridlari, ularning talablari, demografik ma‟lumotlar va
ta‟minlanadigan foyda to‟g‟risida kengaytirilgan ma‟lumotlar bazasini yaratish.
Tegishli ma‟lumotlar bazalari asosida, kompaniyalar mijozlar ehtiyojlarining turli
hududlarini aniqlaydilar va ularning har biri uchun savdo takliflarini tayyorlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |