23-rasm. Turistik mahsulotning hayot sikli
Turistik korxona muayyan mahsulotni o‟z maqsadli auditoriyasiga taklif
qilgan payt mahsulotni bozorga
kiritish
bosqichining boshlanishi hisoblanadi. Bu
bosqich asosan mahsulotni sotish sur‟atining pastligi va buning oqibati o‟laroq
daromadning yo‟qligi yoki ozligi bilan tavsiflanadi. Odatda, firma xodimlari yangi
mahsulotdan foydalanishda jiddiy qiyinchiliklarga duch keladilar, infratuzilma esa
tanlangan mijozlarning ehtiyojlariga lozim darajada moslashtirilmagan bo‟ladi.
Mahsulotni bozorga kiritish bosqichida marketing harajatlari ko‟payishi
111
muqarrardir. Ayni hol potenstial iste‟molchilarning mahsulot haqida xabardorlik
darajasini oshirish borasidagi sa‟y-harakatlar bilan bog‟liq.
Ayni paytda mazkur bosqichda firmaning asosiy ustunligi raqobat deyarli
mavjud emasligi bilan belgilanadi.
Mahsulotni bozorga kiritish bosqichining uzun-qisqaligi mahsulot sifatiga,
uning iste‟molchilar ehtiyojlari bilan muvofiqligiga, to‟g‟ri tanlangan marketing
strategiyasiga va uning izchil amalga oshirilishiga qarab har xil bo‟lishi mumkin.
O‟sish
bosqichi sotuvlar hajmi jadal sur‟atlarda ko‟payishi va buning oqibati
o‟laroq daromadning oshishi bilan tavsiflanadi. Garchi marketing harajatlari ancha
yuqori darajada qolsa-da, firma harajatlarining umumiy miqdorida ularning ulushi
sezilarli darajada kamayadi.
Yetuklik
bosqichi sotuvlarning o‟sish sur‟atlari pasayishi va uning
barqarorlashuvi bilan tavsiflanadi. Buni bir qancha omillar bilan izohlash mumkin:
mijozlarning ehtiyojlari o‟zgargani bilan;
bozorga yangi, yanada mukammalroq mahsulotlar chiqarilgani bilan;
raqobat kuchaygani bilan;
kapitalni yanada samaraliroq joylashtirish uchun yangi imkoniyatlar
paydo bo‟lishi natijasida mahsulot firma uchun lozim darajada rentabel bo‟lmay
qolishi mumkin.
Tanazzul
bosqichi turizm sohasi mazkur mahsulotga to‟ya boshlagan davr
kelganini anglatadi. Sotuvlar hajmlarining izchil pasayishi va olinayotgan daromad
miqdorining kamayishi yuz beradi. Turistik mahsulotning tanazzul bosqichiga
o‟tishi bir qancha sabablar bilan belgilanishi mumkin. Birinchidan, bozorda yangi
mahsulotlar paydo bo‟lgani bilan. Ikkinchidan, mazkur mahsulot qondirishi
mumkin bo‟lgan ehtiyoj yo‟qolgani bilan: masalan, ochiq suv havzalarida
cho‟milishni xush ko‟radigan odamlar turizm va dam olish sohasida o‟z
qiziqishlarini o‟zgartirganlar, xususan ularni ekzotika (Karib orollari, Sharqiy
Afrika, Hind okeani orollari) ko‟proq qiziqtira boshlagan. Biroq mazkur bosqich
ancha uzoq davom etishi mumkin. Raqobat tazyiqi susayishi natijasida turistik
korxonada marketing uchun harajatlarni yuqori darajada quvvatlash zaruriyati
yo‟qoladi, ba‟zi hollarda esa hatto narxlarni oshirish uchun imkoniyat paydo
bo‟ladi. Ammo bu mazkur mahsulot korxona uchun foydali ekanligidan dalolat
bermaydi, chunki tanazzul bosqichida sotuvlar hajmi haddan tashqari past bo‟ladi.
Shu tufayli ham mahsulotni takomillashtirish va diversifikastiya qilish, shuningdek
sotuvlarni rivojlantirish bo‟yicha to‟g‟ri siyosat yangi ehtiyojlarga moslashish
imkonini beradi. Masalan, talabni jonlantirish bo‟yicha tegishli siyosat ko‟pincha
ba‟zi bir kurort zonalari va dam olish bazalariga ikkinchi nafas hadya etadi.
112
Do'stlaringiz bilan baham: |