SABZINING TAVSIFI
Xashaki sabzi (Daicus carota L.) – ikki yillik o‗simlik, ziradoshlar (Apiaceae) oilasiga
mansub. Uning 100 kg ildizmevasida 13,7 oziqa birligi, 0,4 kg hazmlanadigan oqsil, shuncha
bargida 16,5 oziqa birligi, 1,5 kg hazmlanadigan oqsil saqlanadi. Xashaki sabzining ildizmevasi
xashaki ildizmevalar orasida eng to‗yimlisi, uning qizil rangli ildizmevali navlarining bir kg 80
mg karotin saqlanadi. Bir gektar maydondan 250-300 s ildizmeva hosili olinadi. Xashaki sabzi
hamma mintaqalarda o‗stiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |