. Kuch muhim fizik kattaliklardan biri bo‘lib, jismlarning o‘zaro ta’sirini
xarakterlaydi. Fizik bilimlarni shakllanishida kuch tushunchasi massa, tezlanish tushunchalari bilan
bog‘langan. Ko‘p hollarda kuch tushunchasi o’z ma’nosiga mos kelmaydigan atamalar qo‘llaniladi.
Masalan, fizikada “tok kuchi” “elektr yurituvchi kuch”, “yorug‘lik kuchi”, “tovush kuchi”; badiiy
adabiyotda “tabiat kuchi”, “ruhiy kuch”, “sevgi kuchi” va hakozolar. Ba’zi hollarda metodik
adabiyotlarda metodoligik jihatdan ma’qul bo‘lmagan ta’rif-talqinlar uchraydi, ya’ni kuchni go‘yo
mustaqil mavjud bo‘lgan qandaydir narsaga o‘xshatishlar, kuch harakatni o‘zgartiruvchi sabab deb
qarashlar, kuch tushunchasini o‘zaro ta’sir tushunchasiga qiyoslashlarga hali duch kelamiz.
Shuning uchun ham kuch tushunchasini o‘quvchilar ongida singdirishda metodologik nuqtai
nazardan quyidagilarga e’tibor berish kerak bo‘ladi.
1.Kuch-moddiy obektlarning o‘zaro ta’sirini sifat va miqdoriy jihatdan xarakterlovchi o‘lchov.
2.Kuch-vektor fizik kattalik bo‘lib, harakatni bir jismdan ikkinchisiga ko‘chishning ham
yo‘nalishi, ham son qiymatini xarakterlaydi.
3.Kuch tushunchasi, nafaqat o‘zaro ta’sir tushunchasi boshqa ko‘pgina tushunchalar (kuch
momenti impuls momenti, maydon kuchlanganligi, ish quvvat va hokazo) bilan uzviy bog‘langan bo‘lib,
bu tushunchalarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
4.Kuch tushunchasi moddiy jismlar o‘zaro ta’sirining ham miqdoriy, ham sifat xarakteristkasi
bo‘lishi bilan birga hodisalarning yuz berish sababi bilan ham bog‘liq (ya’ni sababsiz oqibat
bo‘lmasligi).
5.Kuch tushunchasi chegaralangan bo‘lib, harakatning mexanik shaklidan tashqari o‘zaro ta’sir
va hodisalarga bu tushunchani qo‘llab bo‘lmaydi. (masalan, jismlarning isishi, kimyoviy jarayonlar,
organi tabiatdagi hodisalar). Elektr, molekulyar, yadroviy kuchlar haqida gapirganda harakatning
nomexanika shaklining aylanishi kuzda tutiladi.
6.Kuchni o‘zaro ta’sir bilan almashtirmaslik kerak. Kuch-bu o‘zaro ta’sir emas, balki o‘zaro
ta’sirning o‘lchovidir.
Dinamika qonunlarini o‘qitishda jism harakatining o‘zgarish sabablarini bilish o‘quvchilarda
dialiktik tasavvurning shakllanishida qulay zamin yaratadi. Dinamikaning asosi-Nyuton qonunlari.
Inertsiya qonuni bu Nyutonning “Natural filosofiyaning matematik asoslari” (1687-yil) kitobida
keltirilgan harakat qonunlaridan birinchisidir. Nyutonning har bir qonuni, xususan, birinchi qonun ham
mustaqil ahamiyatga ega. Ba’zan birinchi qonun ikkinchisidan kelib chiqqan degan mulohaza ham
uchratiladi. Bu muloxaza tashqi kuch ta’sir etmaganda, F=0 bo‘lganda tezlanish nolga teng, ya’ni jism
tekis va to‘g‘ri chiziqli harakat qiladi yoki tinch holatda bo‘lishga asoslangan. Ammo, harakat birinchi
qonunning ahamiyati bunga olib kelmaydi. Bu qonunni o‘rganishda ma’lum bo‘lgan qiyinchilik
an’anaga aylanib qolgan ta’riflashdir. “Agar jismga boshqa jismlar ta’sir etmasa, u tinch turgan bo‘lsa,
tinch holatning to‘g‘ri chiziqli tekis harakatlanayotgan bo‘lsa, o‘zining to‘g‘ri chiziqli tekis harakat
holatini saqlaydi”- deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: