Ko‘chish.
Ko‘chish tushunchasi VII sinf fizika kursida birinchi marta o‘qitiladi. VI sinfda
mexanika elementlarini o‘rganishda bosib o‘tilgan yo‘l tushunchasi kiritiladi. Ko‘chish tushunchasini
kirita turib uni yo‘l uzunligi tushunchasidan aniq ajrata olish kerak.
Ta’rifga ko‘ra, ko‘chish-bu harakatlanayotgan jismning oldingi A vaziyati bilan keyingi B
vaziyatini tutashtiruvchi
S
vektor. Yo‘l uzunligi esa bu harakatlanayotgan jism tarektoriyasining
uzunligi. Fizikada vektor kattaliklar va ular ustida amallar bajarish ko‘chishdan boshlanadi. O‘quvchilar
“yo‘l” va “ko‘chish” tushunchalarini mustahkam o‘zlashtirib olishlari juda muhim, buning uchun ular
yo‘l va siljishni aniqlab beruvchi misollardan foydalanishlari lozim.
Tezlik.
O‘quvchilar tezlik tushunchasi bilan VI sinfda harakatning muhim xarakteristkasi
sifatida tanishadilar. Bu tushuncha VII sinfda oydinlashtiriladi va rivojlantiriladi. Tezlik tushunchasini
o‘rganish o‘quvchilardan mavhum fikrlashni talab qiladi. Fizik va matematik tushunchalarni
shakllantirish jarayonida bu tushuncha katta rol uynaydi. O‘quvchilar tomonidan tezlikning to‘g‘ri
tushunlishini, keyinchalik matematik analizning asosiy tushunchalarini shakllantirishda fizikada esa har
qanday fizik kattalikning, ya’ni quvvatdan tortib to elektr va magnit maydon-larining vaqt bo‘yicha
o‘zgarish tezliklarini tushuntirishda katta rol o‘ynaydi. Ayni vaqtda, o‘quvchilarning politexnik
saviyasini kengaytirish uchun ham xizmat qiladi. Shuning uchun tezlik tushunchasini shakllantirish
metodikasi jiddiy e’tibor talab qiladi. O‘quvchilarning kundalik kuzatishdan olgan dastlabki
tasavvurlariga qaramay bu tushunchani shakllantirishda albatta sinfda bajariladigan tajribalar juda zarur.
(Masalan, bolalar o‘yinchoq aravachalarning tezligini aniqlash). Shundan so‘ng mavhum fikrlash
borasida dastlabki qadam qo‘yilishi mumkin. Masalan quyidagi ikki jismdan qaysi biri katta tezlikda
harakatlanadi: 5 sekundda 20 metr yo‘l yuradiganimi yoki 2 sekundda 10 metr yo‘l yuradiganini, degan
savol berish kerak.
Tezlik tushunchasini shakllantirishda muhim qadam uni birligini aniqlash. Aniq masala
yechishda tezlik
soat
кm
soat
кm
5
2
10
ya’ni tezlik birligi soatiga necha km bo‘ladi. Tezlikni boshqa
birliklarda ham ifodalash mumkinligini aniqlashtirib tezlikning asosiy birligi 1 m/s ekanligini aytiladi.
Shuningdek, o‘quvchilar ongida o‘rtacha va oniy tezlik tushunchalarini ham shakllantirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |