O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/196
Sana11.01.2022
Hajmi1,62 Mb.
#349669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196
Bog'liq
ФУНА МАЖМУА 3-КУРС

O‘rtacha tezlik. 

Bu kattalik ko‘chishning  sodir bo‘lgan vaqtiga nisbati orqali yoki jism bosib 

o‘tgan  yo‘l  uzunligining  shu  yo‘lni  bosib  o‘tish  uchun  ketgan  vaqtga 

t

s

r

o

'



nisbatidan  aniqlanadi. 

O‘quvchilarga  jism  butun  vaqtning    birinchi  yarmida          10  m/s tezlik  bilan  ikkinchi  yarmida  20  m/s  

bilan    harakatlangan  degan  shart  bilan  o‘rtacha    tezlikni  tanishishni  taklif  qilish  mumkin.  Bu  holda 

o‘rtacha tezlik 15 m/s. 

Oniy  tezlik. 

Oniy  tezlik  tushunchasini  kiritishning  qiyinchiligi  shundaki,  bunda  o‘quvchilarga 

mavzutik  tushunchalardan  ham  ma’lum  bo‘lmagan  chegaraviy  o‘tishdan  foydalanish  kerakligi  bilan 

bog‘liqligidir.  Shuning  uchun  o‘rtacha  tezlik  topilishi  kerak  bo‘lgan  vaqt  oralig‘ining  cheksiz 

kamaytirilishi  haqida  gapirish  o‘rniga,  ya’ni  benihoya  kichik  kattalik  o‘rnida  juda  kichik,  lekin 

cheklangan vaqt oralig‘i-fizik kichik kattalik kiritiladi. Misol tariqasida qiya tekislikdan dumalayotgan 

sharchaning  stroboskopik suratlaridan foydalanib ikki jism orasidagi o‘rtacha tezlik bir-biri bilan farq 

qilgani holda, bir qismda sharchaning har 0,002 sekunddan keyingi vaziyatlari tahlil qilinadi. Bu holda 

o‘rtacha tezliklar  orasidagi farq  deyarli yo‘qligini  ko‘rsatish mumkin. 

Kinematikani  o‘rganish  mexanik  harakat  tushunchasidan  boshlanadi.  Bunday  harakat  bir 

jismning    boshqa  jismga  nisbatan  vaziyatning  o‘zgarishi  bilan  aniqlanadi.  Mexanik  harakat,  tekis 

harakat,  notekis  harakat,  trayektoriya  kabi  tushunchalarni  o‘rganishdagi  metodika  shunday  bo‘lishi 

kerakki,  darsda  va  sinfdan  tashqari  ishlarda  kuzatishlarga  imkoniyat  yaratish  juda  muhim. 

O‘quvchilarda  kuzatishlarga,  solishtirishlarga  va  xulosalarga  qiziqishlar  paydo  bo‘la  boshlashi  ular 

tajribalarda  fizik  hodisalarni  topa  bilishga  o‘rganishlari  va  aniq  fizik  tasavvurlarga  tayangan  holda  

mexanika tushunchalaridan foydalanishlari muhimdir. 




 

 

Mexanik harakatning universialligi shundan iboratki,  zarralardan  tashkil topgan barcha moddiy 



jismlar harakat qiladi. Jismlarni tashkil etgan barcha zarralar doimiy harakatda bo‘ladi. Mexanik harakat 

materiya  harakatining  tarkibiy  qismi  bo‘lishi  bilan  birga  eng  murakkab  shakli  hisoblanadi.  Nisbiylik 

muammosi  hozirgi  zamon  fizikasining    asosiy  g‘oyalaridan    biridir.  Nisbiylik  tushunchasining 

shakllanishi  mexanik  harakatning  nisbiyligidan  boshlanadi.  Chunki  mexanikada  harakatning 

tarektoriyasi,  yo‘li,  tinch  yoki  harakat  holatini  baholaganda  biror  sanoq  boshiga  nisbatan  baholanadi. 

Jismning    harakati  turli  sanoq  sistemasiga    nisbatan  turlicha  bo‘ladi.  Demak,  har  qanday  harakat    har 

qanday  tinchlik nisbiy ekan. 

Kinematika  bo‘limini  o‘rganishni  tugatgach,  o‘tilgan  mavzular  bo‘yicha  bilimlarni 

umumlashtirish  maqsadga  muvofiqdir.    Umumlashtirish  uchun  jadval  to‘zib,  jadvalda  to‘g‘ri  chiziqli 

harakat,  tekis  va  tekis  tezlanuvchan  harakatda  tezlik,  tezlanish,  ko‘chish  va  koordinatalarning  vaqtga 

bog‘liqligini  ham  analitik  ham  grafik  usulda  keltiriladi.  Bilimlarni  umumlashtirishda  tekis  va  tekis 

tezlanuvchan  harakatni  taqqoslashda  bunday  grafiklar  ustida  ishlash  o‘quvchilar  bilimini 

mustahkamlash  nuqtai  nazaridan  juda  foydalidir.  O‘rganilgan  o‘quv  materialini  jadvallar  yordamida 

umumlashtirish  bilimlarni  takrorlash  va  chuqurlashtirishdan  tashqari  taqqoslash  va  sistemalashtirish 

kabi  fikrlash jarayonlariga o‘rganish borasida ham afzalliklarga ega. 

To‘g‘ri  o‘rta  maktabning  qator  darsliklarida  bu  tushunchalar  berilmay,  matematik  nuqtai-

nazaridan  uning  tahlili  keltirilgan  lekin  VII-sinfning  yangi  fizika  darsligida  esa  yuqoridagi 

tushunchalarga  yetarlicha  e’tibor  berilgan.  Shunday  bo‘lsada,  vaqtni  to‘g‘ri  taqsimlash  ma’nosida 

modellashtirishning  ko‘rsatmali  imkonidan  yana  bir  bor  foydalanish  mumkin.  Bu  modellashtirishda 

burchakli  ko‘chish  haqidagi  tushunchani  bevosita  burchakbilan  o‘zaro  bog‘lanishi  ko‘rsatiladi.  Egri 

chiziqli  harakat  va  uni  tavsiflaydigan  fizik  kattaliklar  odatdagidan  boshqachaligi  sababli  o‘quvchilar 

qiyin  o‘zlashtirishlarini  nazardan  qochirmaslik  lozim.  Shuning  uchunbu  bobdagi  tushunchalarning 

deyarli hammasini alohida tarzda sinchiklab ko‘rib chiqish hamda modellar yordamida bir butun tizimga 

keltirish muhimdir.  

Modellardan  foydalanish  jarayoni  esa  o‘z-o‘zida  tushunchalarni  bayon  etish  uslublarini 

yengillashtirish va osonlashtirishga olib keladi. Oydinlashtirish maqsadida modellashtirishning  o‘ziga 

xoslik tomonlaridan foydalanish mumkin. 

Jismning aylana bo‘ylab qiladigan harakatini ifodalovchi kattaliklardan biri aylanib chiqish davri 

va chastotasidir. Jismning aylana bo‘ylab harakati 

V

 tezlik bilan emas, balki moddiy nuqtaning bir marta 

to‘liq  aylanib  chiqishiga  ketgan  vaqt  oralig‘i  bilan  ifodalanadi.  Mos  ravishda  bu  kattalik  jismning 

aylanib chiqish davri deb aytiladi va ko‘pincha 



T

 harfi bilan belgilanadi. Darslikda aylanib chiqish davri 

va  chastotasi  kabi  tushunchalarga  yetarli  etibor  qaratilgan.  Shuningdek,  ularga  alohida  ta’rif  berilib, 

o‘zaro munosobotlari yaqqol ko‘rsatilgan. Aylanib chiqish davri va chastotasi o‘zaro teskari munosabat 

bilan  bog‘langanligi  ma’lum.  Ana  shu  bog‘lanishni  oydinlashtirish  maqsadida  esa  qo‘yidagi 

modellardan foydalanish yanada samarali bo‘ladi. 




Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish