Issiqlik miqdori.
Ichki energiyadan farqli o‘laroq issiqlik miqdori xuddi ish kabi sistema
holatining funksiyasi emas. U holatning o‘zgarish jarayonini xarakterlaydi va sistemaning bir holatdan
boshqa holatga o‘tish jarayonining berilishi bilan aniqlanadi. Energiyaning o‘zgarishi butunlay
boshlang‘ich va oxirgi holat bilan aniqlanganligi tufayli termodinamikaning birinchi qonuniga binoan
jism ichki energiyasining o‘zgarishi hamda jismning bajargan ishi bilan o‘lchanuvchi issiqlik miqdori
jismning bir holatdan boshqa holatga o‘tish jarayoniga bog‘liq. Jism A holatdan V holatga o‘tishda
turlicha miqdor issiqlik olishi mumkin. Demak, jism V holatda yoki umuman boshqa qandaydir bir
holatda qanday issiqlik miqdoriga ega bo‘lishi haqida gapirish ma’nosizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |