Termodinamika asoslari
Mavzuning nazariy asoslarini tabiatning eng muhim qonunlaridan
biri bo‘lmish-termodinamikaning birinchi qonuni hamda materiya harakatining issiqlik formasini sifat
jihatdan o‘ziga xosligini aks ettiruvchi issiqlik jarayonlarining qaytmasligi haqidagi tushuncha tashkil
etadi. Bu nazariy qonunlar o‘rganilishi mazkur mavzuning bosh ma’rifiy masalasi bo‘lmish issiqlik
dvigatellari ishlash prinsipining asosini tashkil qiladi.
Termodinamikaning birinchi qonuni, uning yaxlitligini va uning tarkibiy qismi bo‘lgan
materiya va energiyaning yo‘qolmasligi va paydo bo‘lmasligi haqidagi da’voning tushuntirib berilishi
o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |