Porshenli kompressorlar.
Porshenli kompressorlarni ta‘mirlash, montaj qilish,
shuningdek yig‗ish va qismlarga ajratish texnologiyasi ularning konstruksiyasiga
bog‗liq. Ekspluatasiya qilinadigan porshenli kompressorlar bir-biridan shakli
(oppozitli, ya‘ni har ikki tomonidan silindr joylashgan gorizontal; bir tomonlama
silindr joylashgan gorizontal; vertikal; burchakli), gabarit о‗lchamlari, siqish
bosqichlari soni, yuritgich konstruksiyasi, siqilayotgan muhit (havo, ammiyak, propan
va h.) va boshqa belgilarga qarab farq qiladi. Kо‗pgina kompressorlarda yuritma elektr
yuritkich orqali ishlatiladi, ekspluatasiyada yuritgich sifatida gazli yuritkichlardan
foydalaniladigan kompressor agregatlari ham ishtirok etadi. Gaz yuritkichlari о‗z
navbatida muntazam ravishda tayyorlovchi zavod tomonidan о‗rnatilgan cheklamalar
asosida va instruksiyaga muvofiq taftish qilish va ta‘mirlashga duch keladi.
Kichik va о‗rta samaradorlikka ega bо‗lgan kompressorlar odatda bitta ramada
yig‗ilgan bо‗ladi va montaj maydonchasiga komplekt ravishda keltiriladi. Yirik
kompressorlar kontrol yig‗ishdan sо‗ng va qizdirib chiniqtirishdan sо‗ng tayyorlovchi
zavodda alohida transportga yuklashga moyil
bloklariga ajratiladi va montaj
maydonchasiga о‗ralgan holatda keltiriladi.
Ta‘mirlash ishlari tarkibi navbatdagi ta‘mirlash turiga qarab aniqlanadi (joriy,
о‗rta yoki kapital), shuningdek, vaxta jurnaliga qayd etilgan ekspluatasion
nosozliklarga qarab ham aniqlanadi.
Nosozlik xarakteriga qarab nuqsonni aniqlash va uni bartaraf etish mumkin.
Quyida porshenli kompressorlar ishida uchraydigan ba‘zi bir nosozliklar, ularni
keltirib chiqaradigan sabablar va ularni bartaraf qilish usullari (vertikal ikki silindrli
kompressor misolida) keltirilgan.
1. Podshipniklarni о‗ta qizib ketishi karterdagi yoki chiqadigan podshipnik
qobig‗idagi moy temperaturasi bо‗yicha aniqlanadi. Agar moylash sistemasi tо‗g‗ri
230
ishlayotgan va moy ifloslanmagan bо‗lsa, u holda buning sababini podshipniklar
yemirilishidan qidirish kerak, buni esa karterni (lyukni olib tashlab) ochgandan sо‗ng
va kerakli о‗lchashlardan sо‗ng aniqlanadi. Podshipniklarning о‗ta yemirilishi,
shuningdek, ularni tortib turuvchi boltlarning kuchsizlanib qolishi qizib ketishiga va
ishchi holatida tovush chiqarib ishlashiga olib keladi. Barcha podshipniklarning
detallarini tekshirish uchun kompressorni qismlarga ajratish talab etiladi.
2. Silindrlarni va ularning qopqoqlarini о‗ta qizib ketishi yetarli darajada
sovutilmaslik, yetarli darajada moylanmaslik va porshenlar va porshenli halqalarni
moslashtirish yetarli darajada emasligidan kelib chiqadi. Tekshirishni moy va suv
uzatish tizimidan boshlash zarur, ularni qismlarga ajratiladi va tozalanadi. Lubrikator
ishining puxtaligi ham tekshiriladi. Agar bu tizimlarda nuqsonlar aniqlanmasa,
silindrlar ochilib, silindrlar va porshenlar oralig‗idagi tirqishlar о‗lchamlari
tekshiriladi. Porshenli xalqalardagi lyuftlar katta bо‗lgan hollarda kompressor ishi
silindrga tovush chiqarishi bilan boradi. Porshenli xalqalar haddan tashqari yemirilgan
vaqtda porshenda qadalish kelib chiqadi. Silindr-porshen guruhida yemirilish har bir
bosqichdan sо‗ng havoning yakuniy bosimi kamayib ketishidan bilinadi. Porshenli
xalqalar va porshenlarni almashtirish xuddi porshenli nasoslarniki kabi bо‗ladi.
3. Silindrda kuchli taqillash bо‗lishi, uning germetikligining buzilishidan klapan
sinishidan hosil bо‗ladi. Buning natijasida sovutilayotgan suv silindrga kiradi. Klapan
singan holda tovush berk holda (tashqaridagi jismdan) bо‗ladi. Germetiklikni silindr va
qopqoq orasidagi qistirmani almashtirish yо‗li bilan qayta tiklanadi. Singan klapanni,
kompressordan barcha bо‗lakchalarni olib tashlangandan sо‗ng yangisi bilan
almashtiriladi.
4. Klapanning qattiq taqillashi uning prujinalari bо‗shashib qolgani natijasi
bо‗lishi mumkin, sababi prujina yemirilishi yoki uning tortilganligi kuchsizlanib
qolishidir. Birinchi holda prujina almashtiriladi, ikkinchi holda stendda prujina holati
tekshirilgandan sо‗ng uni tortib qо‗yiladi. Ammo shuni nazarda tutish kerakki,
haydovchi klapan prujinasini haddan tashqari tortish,
haydash bosimini oshib ketishiga
olib keladi. Kompressor ishidagi tashqi nosozliklar muhofazalovchi klapanlarda,
231
filtrlarda oraliq sovitgichlardagi defektlar bо‗lishiga asoslanadi. Silindr sovitish g‗ilofi
ichki bо‗shlig‗i ifloslanish hollari ham kо‗p uchrab turadi.
Tamirlanayotgan kompressorni qismlarga ajratishni havo, suv va moylovchilarni
uzatish uchun mо‗ljallangan truboprovodlarni demontaj kilishdan boshlanadi. Bundan
oldin sistemani suv va moylovchilardan bо‗shatiladi. Qismlarga ajratilgan trubalar
markalanadi, bu ish yig‗ish vaqtida oson bо‗lishi uchun qilinadi, sо‗ngra asosiy
podshipniklarni ochiladi (chiqib turadigan podshipniklar ham kiradi), shatunlar,
kreyskopflar va silindr qopqoqlari chiqariladi, klapanlar qismga ajratiladi. Yirik
bloklarni tamirlashda silindrlarni staninadan yig‗ilgan holda tushirib olinadi, sо‗ngra
ustaxonada qismlarga ajratiladi va porshen shtok bilan birga ajratib olinadi. Tirsakli
vallar karterdan chiqarib olinadi va taxt stellajlarga taxlanadi.
Qismlarga ajratiladigan detallarni kerosinda yuviladi va qup-quruq qilib artiladi.
Kо‗z bilan kо‗rish va о‗lchash yо‗li bilan detallarning keyinchalik yaroqsizligi
aniqlanadi va ularni qayta tiklash usullari aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |