Markazdan qochma nasoslar
kimyo va neftni qayta ishlash zavodlardagi
kо‗pgina nasoslar – markazdan qochma nasoslardir. Kimyo sanoatida turli neytral va
agressiv suyuqliklarni tortib chiqarish uchun asosan X turdagi markazdan qochma
gorizontal konsol nasoslarining 1,5 dan 600 m³⁄ s gacha samadorlikka ega bо‗lgan va
12 dan 150m.suv.ust. gacha ega bо‗lgan keng kо‗lamdagi tur о‗lchamlari
qо‗llanilmokda. Bir xil xarakteristikali nasoslar о‗zining qobig‗ining ishlangan mate-
riali, ishchi g‗ildiragining turi, diametriga va valning zichlanish konstruksiyasi bilan
farqlanadi.
Har bir tur о‗lcham о‗z belgisiga ega bо‗lib, о‗qilishi uning konstruksiyasi
haqida ma‘lumot beradi. X harfi oldidagi son 25 marta kichraytirilgan suruvchi
shtuserning ichki diametrini bildiradi, mm; X harfidan keyingi son-10 marta
kichraytirilgan tez yurish koeffisiyentini kо‗p-bosqichli nasoslar uchun tez yurish
koeffisiyentidan sо‗ng kо‗paytirish belgisi orqali bosqichlar soni kо‗rsatiladi. Material
bо‗yicha nasosning ishlanishi harflar orqali ifodalanadi: (A- uglerodli pо‗lat va
chо‗yandan; D-xromli pо‗lat-dan; K- xromnikelli pо‗latdan va h.). Nasos valining
zichlanish turi sonli va harfli belgilarga ega: yumshoq zichlamali salniklar - 1; bir
tomonlama yonbosh-2v va 2d; nometall silfonli bir tomonlama yonboshli – 3a va 3b;
ikki tomonlama yonboshli- 2g.
7.7-rasmda umumiy yо‗nalishdagi, X turidagi bir bosqichli nasosning zichlagich
qismi ishlanishining kо‗plab qо‗llaniladigan kо‗rinishi keltirilgan. Nasos
unifikasiyalangan t
ayanch ustunida yig‗ilgan, u kronshteyndan iborat bо‗lib,
kronshteynda radial yoki radial-tayanchli sharik-podshipniklarda val о‗rnatilgan.
Nasos qobig‗i va qopqog‗i ajratib olinadigan va qistirmada birlashtirilgandir. Nasos
qopqog‗i bilan bir butunlikni tashkil qilgan qabul qiluvchi shtuser, har doim gorizontal
224
holda joylashgan. Bosimli shtuserga esa tayanch ustunidagi nasos qobig‗ini о‗rnini
almashtirish yо‗li bilan har ikki tomondan bosimli truboprovodning joylashishiga
qarab, gorizontal yoki ver-tikal holatni berish mumkin. Ishchi g‗ildirak quyma yoki
payvandlash yо‗li bilan bajariladi va valga gayka yordamida mahkamlanadi. Ishchi
g‗ildirak soni nasos bosqichlari soniga teng. G‗ildirak tutashuvining qobiq va qopqoq
bilan zichlangan joylarida almashtiruvchi zichlovchi halqalar о‗rnatilgan.
Val zichlanishning kо‗p uchraydigan turi - yumshoq tiqinli salnikli turidir.
Zichlama konstruksiyasi qobiqdan, nasos valida о‗rnatilgan himoyalovchi vtulkadan,
salnik halqasidan, bosuvchi qopqoq va yumshoq tiqin halqasidan iborat. Ikki yoqlama
yonbosh zichlama qismi zichlama qobig‗i val vtulkasiga montaj qilingan xususiy
yonbosh zichlamasi (normallashgan), zichlama qopqog‗idan iborat. Normallashgan
ikki tomonlama yonbosh zichlamaning faqat о‗ng yarmidan foydalaniladigan bir
yoqlama yonbosh zichlama qurilmasi ham shunga о‗xshash.
7.8-rasmda nometall silfonli bir yoqlama yonbosh zichlama qismi kо‗rsatilgan.
U zichlama qobig‗i, vtulkada о‗rnatilgan aylanuvchi halqa va nometall silfonda
qopqoq yordamida mahkamlangan qо‗zg‗almas halqadan iborat. Aylanuvchan va
qо‗zg‗almas halqalarning bir biriga doimiy siqilishi prujina vositasida amalga
oshiriladi.
Nasos elektr yuritkich bilan mо‗rt mufta orqali bog‗langan va u bilan birga
umumiy poydevor plitasiga о‗rnatiladi.
XM turdagi monoblok nasos umumiy yо‗nalishli nasoslardan ixchamligi bilan
farq qiladi. Bunga ishchi g‗ildirak elektrodvigatel valiga mahkamlangan uzaytirgichga
о‗tirgizilganligi, qobiq esa birlashtiruvchi fonus vositasida elektrodvigatel qobig‗i yon
qismiga mahkamlanganligi tufayli erishiladi.
Mahsulotning atrof-muhitga sizib chiqishiga yо‗l qо‗ymagan hollarda ichki
salniklari yо‗qligi bilan ajralib turadigan germetik elektr nasoslar qо‗llaniladi. Bu
nasoslarning podshipniklari va elektryuritgichlarning ichki bо‗shlig‗ini sovitish
nasosning bosimli zonasidan haydalayotgan suyuqlik bilan amalga oshiriladi.
225
Do'stlaringiz bilan baham: |