1 - shiber; 2-patrubka; 3 - korpus; 4 – shpindel va shiberni mahkamlash tuguni; 5 - egar; 6 -
siquvchi plankaa; 12 - shpindel; 13-kojux; 14 -yuritmaning chiqishelementi; 15 – ustun.
126
4.5 - rasm.Ikkidiskli parallel zulfinning zatvori: a–suriladigan shpindelli:
1 - disk; 2 – yog‗och kallak; 3 - shpindel; 4–zichlovchi halqa; 5 -egar; 6 - korpus;
b – surilmaydigan shpindelli: 1 - disk; 2 – yog‗och kallak; 3 – yuradigan gayka; 4 -shpindel; 5 –
zichlovchi halqa; 6 - egar; 7 – korpus.
Vintlar konstruksiyasiga muvofiq - vint-gayka va joylashishiga muvofiq
(muhitda va muhitdan tashqari) zulfinlar suriladigan va surilmaydigan shpindelliga
ajratiladi.
Kranlar
Kran
– bu berkitish qurilmasi bo‗lib, ya‘ni zatvorning siljish detali
aylanadigan tana shaklida va oqimni o‗tkazish uchun teshikka ega. Oqimni
berkitish uchun zatvorning siljiydigan detali o‗zining o‗qi atrofida aylantiriladi.
Zichlovchi tiqinlarning yuzasi va kranning korpusi geometrik shakliga bog‗liq
holda ikkita asosiy turga bo‗linadi: konussimon va sharsimon.
Magistral quvur uzatmalarida sharli
kranlar keng qo‗llanilmoqda. Sharli kranlarning
konstruksiyasi
bo‗yicha
konussimon
kranlar
(konstruksiyasining soddaligi, to‗g‗ri oqimliligi va
gidravlik qarshiliginin kichikligi, zichlovchi yuzalar
bilan doimiy kontaktda ekanligi) asosiy afzallikka ega.
Birinchidan
– tiqin va kranning korpusi
sferiksimon bo‗lganligi uchun kichik gabarit
o‗lchamlarga va massaga ega hamda katta mustahkamlik va qattiqlikka (ularga
qattiqlik kerakmas chunki, qo‗yish texnologiyasini murakkablashtiradi) ega.
127
Ikkinchidan
– kranlarni konussimon zatvorli tayyorlash texnologiyasi
konuslarning korpusini va tiqinlarini bir xil geometriyasini olishni qiyinlashtiradi.
Konus korpusini va tiqinlarini cho‗qqisida burchaklarini ozgina farqida ham faqat
korpusni aylanasi bo‗yicha nazariy jihatdan yotgan tekislikka urinib o‗tadi.
Konuslikdagi bunday farqlanish korpusni va tiqinni sirtini zichlanmalari yuzalariga
har xil texnologik qurilmalarda ishlov berilgandafarqlanish bo‗ladi. Amaliyotda
zichlashtiruvchi sirt yuzalarini kontakti ishqalab tozalangandan keyin ham
konusning balandligi bo‗yicha notekislik saqlanib qoladi. Bunda konusni yuqori
yoki pastki qismidagi kontaktning yomonligi saqlanib qoladi va kranning
germetikligi buziladi, o‗tishni aylanasi bo‗yicha zichlovchi yuzani to‗liq yopiq
kontakti mavjud bo‗lmaydi. Sharli kranlarda konussimon kranlarga nisbatan
prinsipial afzalliklar mavjud: tiqinni sferasi va zichlashtirish halqasining radiusini
kichik farqlanishini mos kemasligida ham ularning oralig‗idagi nazariy kontakt
o‗tishning aylanma aylanasi sodir bo‗ladi. Kranlar boshqa belgilariga muvofiq va
konstruktiv belgilari bo‗yicha: zichlovchi yuzalarda solishtirma bosimni hosil usuli,
tiqinni o‗tish derazasini shakli, o‗tishlar soni, o‗tishni torayishini mavjudligi yoki
mavjud emasligi, yuritma va uni boshqarish turi bo‗yicha, zichlashtirish yuzasini
materiali bo‗yicha va boshqalar.
Korpus va tiqinning zichlashtirish yuzasidagi kontakt yuzalarini noaniqlikda
tayyorlanganda ham to‗liq o‗tishni egallaydi va kranni zatvorini germetiklaydi.
Shunday qilib, kranlarni sferiksimon zatvorli konstruksiyasi noaniq tayyorlanishiga
kichik sezgirlikka ega va juda yaxshi germetiklikni ta‘minlaydi.
Uchinchidan –
sharli kranlarni tayyorlash jarayoni (zaruriy jihozlar mavjud
bo‗lganda) unchalik qiyin emas. Bu shunday jihozlanadiki, kranlarni tayyorlashda
eng murakkab operatsiyaga – korpusni va tiqinni zichlovchi yuzalariga ishlov
mexanik berish va maxsus ishlov berish kiradi. Sharli kranlarda konussimon
kranlardan farqi korpusda zichlashtirish yuzalari yo‗q, ular faqat zichlashtirish
halqasida mavjud, ularning o‗lchamlari konussimon kranlarni korpuslarining
o‗lchamlaridan ko‗p marta katta.Bundan tashqari, sharli kranlardagi plastmassali
128
halqalarni zichlashtirish yuzalariga maxsus ushlov berilmaydi. Bu yerda faqat tiqin
xromlanadi yoki polirovka qilinadi.
Birinchidan
– moyli sharli kranlarni yuqori bosimli muhitda va katta
o‗tkazish kesim yuzalarida qo‗llash. Bunda katta maydondagi muhitda hosil
qilinadigan bosim farqining kuchi zatvorni ishonchli germetiklash imkoniyatini
beradi, moylashni qo‗llanilishi esa – kranni boshqarishda kerakli zo‗riqishni
kamaytiradi.
Ikkinchidan
– plastmassali zichlashtiruvchi halqali sharli kranlarni
qo‗llanilishi zatvorni germetiklash uchun kerak bo‗lgan zo‗riqishni kamaytirish
imkonini beradi. Kranlar suzuvchi sharli (4.6 - rasm) va tayanchdagi sharli turlarda
(4.7 - rasm) tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: