72
III bob. NEFT QUDUQLARINI ISHLATISHDA QO„LLANILADIGAN
NASOSLARNING JIHOZLARI VA EKSPLUATATSIYASI
3.1. Neft quduqlarini shtangali chuqurlik nasoslari yordamida ishlatish
Shtangali chuqurlik nasoslari yordamida chuqurligi 3000 metrgacha bо‗lgan
quduqlardan neft qazib olinadi. Chuqurlik–nasoslari yordamida quduqlarning
ishlatish asosan о‗rtacha debitli (30-40 t/kun-gacha) va kam debitli (1 t/kun-gacha)
neft quduqlarda ham qо‗llaniladi.
Qatlam bosimini favvora usulida ishlatish uchun etarli bо‗lmagan neft
konlarining asosiy qismi shtangali quduq nasoslari yordamida ishlatiladi. Bu turda
ishlatish jarayonining jihozlari va uni xizmat qilishining soddaligi, quduqlarning
jihozlanish xarajatlarini katta emasligi, quduqning neft debiti bir necha
kilogrammdan bir necha о‗n tonna bо‗lganda, quduqni ishlatishni iqtisodiy
kо‗rsatkichlarining yuqori bо‗lishi bilan ajralib turadi.
Chuqurlik shtangali nasoc maxsus konstruksiyali plunjerli nasos kо‗rinishida
bо‗ladi. Nasoslardagi uzatmali harakat yer usti orqali shtanga tizmasi orqali amalga
oshiriladi. Shuning uchun ham bunday nasoslar chuqurlik shtangali nasoslar deb
ataladi.
Shtangali nasos qurilmasi (3.1-rasm) chuqurlik plunjer (1) nasosidan tuzilgan
bо‗lib, NKQ (4) orqali quduqdagi dinamik sathga tushiriladi. Tebratma dastgoh
quduq ustiga о‗rnatiladi, quduq usti jihozlari salnikli uchlik (troynik) va
planshaybadan tashkil topgan. Shtangalar (3) yordamida nasos plunjeri (2) quduqqa
tushiriladi.
Yuqoridagi shtanga polirovkali shtok deb ataladi, (6) salnik orqali о‗tadi,
travers va egiluvchan arqon osilma yordamida tebratma dastgoh muvozanatlagich
(7) boshchasiga biriktiriladi. Tebratma dastgohning harakatlanishi elektrdvigatel
yuritmali uzatma tizimi yordamida amalga oshiriladi. Elektrdvigatel (11) tebratma
dastgohni (12) reduktor, krivoship (1) va (9) shatun yordamida (8)
muvozanatlagichdagi (muvozanatlilik) ilgarilanma harakatni hosil qiladi. Bu
73
harakat (3) tizma shtangi orqali nasos plunjeriga (2) uzatiladi. Quduq ustiga (5)
uchlik (troynik) о‗rnatilgan bо‗ladi va unga neft quduqdan kirib keladi.
Uchtalikning yuqori qismida salnikli qurilma bо‗ladi, u orqali yuqori
shtanga (polirovkali shtok) о‗tkazilgan va u quduq ustining germetikligini
ta‘minlaydi hamda nasos qurilmasi ishlab turganda neftni oqib ketishiga yо‗l
qо‗ymaydi. Uchtalikning о‗rta qismida yon otilmasi bо‗ladi va u orqali neft
quduqdan otilma tizim chizig‗iga yо‗naltiriladi. Chuqurlik nasosi quyidagi tartibda
ishlaydi.
Plunjer pastga harakatlanganda (3.2-rasm, b) plunjerdagi bosim ta‘sirida
nasosdagi suruvchi klapan yopiladi, haydovchi quduqdagi klapan ochiladi va
suyuqlik nasosning silindridan kо‗taruvchi quvurlarga о‗tadi.
Nasosning tо‗xtovsiz ishlashi davomida, neft-nasos kompressor quvurlariga
kirib keladi, quduq ustigacha kо‗tariladi va uchtalik orqali otma chiziqqa
tо‗planadi.
Plunjer (2) yuqoriga harakatlanganda (3.2-rasm, a) pastki suruvchi klapan
suyuqlik ustun bosimi ta‘sirida quvur orqa fazosiga ochiladi va neft (suyuqlik)
nasos silindriga kirib keladi. Bu vaqtda yuqoridagi haydovchi klapan yopiq
bо‗ladi. Shunday qilib, unga nasos-kompressor quduqlardagi suyuqlik ustunining
bosimi ta‘sir qiladi.
Kon sharoitlarida suqma va suqmasiz shtangali nasoslar qо‗llaniladi.
Suqmasiz (u quvurli deb ataladi) nasoslarning asosiy tugunlari quduqqa alohida
tushuriladi. Quduq boshiga nasos-kompressor quvurlarida nasosning silindri
tushiriladi, undan keyin NKQ-ga shtangalarning silindriga plunjer va suruvchi
klapan tushiriladi, suqmasiz shtangali nasosni kо‗tarib olish ham alohida amalga
oshiriladi. Boshida shtanga plunjer bilan kо‗tariladi, undan keyin esa NKQ-lar
nasosning silindri bilan kо‗tarib olinadi.
Suqma shtangali nasoslar quduqqa yig‗ilgan holda tushiriladi, ya‘ni nasos
silindri bilan birgalikda shtangada tushiriladi. Suqma nasos yer ustiga yig‗ilgan
kо‗rinishda shtanga bilan kо‗tarib olinadi. Suqma nasos yig‗ilgan kо‗rinishda
74
tushiriladi, maxsus qо‗ldagi moslama yordamida о‗rnatiladi va mahkamlanadi
hamda moslama oldindan quduqqa quvurlarda tushiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: