yuqoridagi vtulka; 7-qisuvchi halqa; 8,10-manjetlar; 9-sharli boshcha; 11-tayanch halqa; 12-
pastki vtulka; 13-halqa; 14-gayka; 15-uchlik; 16-qaytarib qо‗yiladigan bolt; 17-barmoq.
AUSH-65/50-14 turidagi quduq usti armaturasi namuna olgich bilan quduq
usti quvurchasi, burchakli jо‗mrak, qayta ishga qо‗shish klapani, quduq usti salniki
tebratma-dastgoh ishlayotganda.............................................4
tebratma-dastgoh tо‗xtab turganda........................................14
stvolniki..................................................................................65
bog‗lanmasiniki........................................................................50
Nasos- kompressor quvurning osmasi.................................konussimon
Osma quvurning diametri.....................................................................73
Biriktiruvchi rez‘balar..........................................................NKQ rez‘basi
Gabarit о‗lchamlar,mm........................................................3452x770x1220
Massasi,kg.............................................................................................160
chuqurlik nasosi va yuqorisida sal‘nikli qurilmali NKQlar uchun asosiy ishonchli
84
zveno hisoblanadi. Quvur boshchasining korpusida tadqiqot ishlarini amalga
oshirish uchun teshik о‗rnatilgan.
Nasos quvurlarini osib qо‗yish uchun, mahsulotlarni quduqdan otma chiziqqa
yо‗naltirish, quduq ustunini germetiklash, quvur orqa fazasidagi gazni olishni
ta‘minlash va hokazo ishlarni amalga oshirishda, quduq ustiga maxsus jihozlar
о‗rnatiladi. Quduq usti jihozi shtangali chuqurlik qurilmasi, planshaybadan va
uchlik sal‘nikdan tuzilgan. 3.8-rasmda bu jihozlarning umumiy kо‗rinishi
tasvirlangan.
Tizma flanetsiga (1) planshayba (2) va unga osilgan quvur (3) о‗rnatiladi.
Planshaybada (2) quvur orqa fazosidagi gazni chiqarib yuborishda va quduqdagi
suyuqlik sathini о‗lchash uchun teshik о‗rnatilgan. Yuqori muftaga (4) uchlik burab
(5) о‗rnatilgan bо‗ladi, u orqali neft otma chiziqqa uzatiladi. Uchlikning
germetikligini ta‘minlash uchun hamda sal‘nikli shtokni (7) tushirish uchun
uchlikning yuqori qismiga sal‘nik (6) о‗rnatiladi, bunda u yuqoridan qopqoq (8)
bilan mahkamlanadi.
3.9-rasmda arqonli ilgich NQAI (normal qatorli arqonli ilgich) shtangali
aylantirgich bilan tasvirlangan. Shtangali aylantirgichlar smolali va parafinli
neftlarni qazib olishda qо‗llaniladi.
Neft (suyuqlik) quduqdagi suyuqlik shtangali nasos orqali uchlikning yon
ostidagi otma chiziqqa va undan keyin GО‗K (guruhli о‗lchash qurilmasi) ga
uzatiladi. Quduqqa manometr, harorat о‗lchagich asbobi, olgichni yoki boshqa
asboblarning quvur oralig‗i fazasi, ya‘ni quvurchani burash uchun teshik
markazdan ma‘lum masofaga siljitiladi va quduq asboblari undagi maxsus
teshiklar orqali tushiriladi. Plunjerni yoki suqma nasoslarni yer ustiga chiqarib
olish uchun, birikmadan va uchlikdan uni demontaj qilinmasdan, о‗zini alohida
zichlovchi quduq usti (8) jihozlari orqali chiqarib olinadi.
Uchlikning rez‘basini tushirish kо‗tarish jarayonlarida himoyalash uchun
unga maxsus flanets burab о‗rnatiladi, ya‘ni u bir vaqtning о‗zida shtangali
elevatorning tayanchi sifatida xizmat qiladi. Sal‘nik shtoki arqonli osilma
85
yordamida kallakning muvozanatlagichiga ilinadi. Arqonli osilma ikkita saqlab
turgichdan, traversli ponadan iborat bо‗ladi, arqon va sal‘nik shtoklar uchun
mо‗ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: