1.7. Montaj ishlarini tashkil etish
Yirik obyektlarni qurishdagi montaj ishlari maxsus ixtisoslashgan korxonalar
tomonidan bajariladi. Obyektda shuningdek boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar
ishtirok etadi. Ular qurilish, sanitariya-texnika va elektr montaj ishlari, uskunalarni
kimyoviy himoyalash bо‗yicha ishlar, nazorat-о‗lchov asboblari montaji bо‗yicha
va avtomatlashtirish vositalari va hokazolar bо‗yicha ishlarini bajaradilar.
Inshoot obyekti qurilishida ishtirokchi tashkilotlar bosh pudratchi deb
ataluvchi ulardan bittasida muvofiqlashadi. Obyektda hammadan avval qurilish
tashkiloti (qurilish boshqarmasi yoki qurilish tresti) ishga tushadi, shuning uchun
ham odatda u bosh pudratchi hisoblanadi. Buyurtmachi u bilan smeta-moliya
hisoblarida kо‗rib chiqilgan barcha ish hajmiga shartnoma tuzadi. Obyekt
inshootiga jalb qilingan boshqa tashkilotlar qо‗sh pudratli tashkilotlar deyiladi; ular
pudratchi bilan tegishli ish hajmini ishlab chiqishga shartnoma tuzadi [9].
Uskunalarni montaj qilishga qabul qilingan poydevorlarga va qurilish
konstruksiyalariga qо‗yiladigan talablar. Montaj ishlarini boshlashdan oldin montaj
qilayotgan tashkilot, qurilish tashkilotidan uskunalar yoki metall konstruksiyalarni
о‗rnatish uchun mо‗ljallangan poydevorlar va boshqa qurilish konstruksiyalarini
qabul qiladi. «Qabul qilish - topshirish» dalolatnomalari belgilangan shaklda
rasmiylashtiriladi va buyurtmachi vakili shuningdek, qurilish va montaj
tashkilotlari tomonidan imzolanadi.
Poydevor tayyorlash uchun belgilangan dopusklarga rioya qilish о‗ta
muhimdir. Boshqa inshootlarga nisbatan montaj qilinayotgan uskunalarni
muvofiqlashtiruvchi asosiy о‗qlarni aniq bо‗lib chiqish va loyiha о‗lchamlarining
о‗zigina emas, balki barcha balandlik belgilari ham qat‘iy aniq bо‗lishi shart.
Balandlik belgilari nivelir bilan tekshiriladi. Poydevorning loyihalanadigan
kattaliklardan maksimal ruxsat etilgan chetlanishlari deb quyidagilar qabul qilingan
(mm):
Loyihadagi asosiy о‗lchamlar (uzunlik, kenglik)……..……+30
42
Balandlik belgisi:………………………………………….….
uskunalar о‗rnatiladigan fundamentlar yuzalari……............-30
anker boltlarning chiziq yon yuzasi………….……….....….+20
Anker boltlar ostidagi quduqlar о‗lchovlari……………......+20
Anker boltlar va fundament о‗qi uchun quduqlar markazi
orasidagi masofa……………………………………….............….+10
Anker boltlar о‗qlaridan chetlanish (1m uzunlikka) …..….+1
Poydevor yuzasi balandligi belgilarining 30mm ga pasayishi vaqtida
uskunaning tayanch yuzasi ostiga pо‗lat tagliklar tо‗shaladi (plankalar va ponalar)
va uskuna о‗rnatib bо‗lingandan keyin, bir tekis qilib beton quyiladi.
Temir-beton asosi uchun quyidagi loyihaviy о‗lchamlardan ruxsat etilgan
chekinishlar belgilangan (mm. da):
- Tayanch balkalarini belgilash balandligi…………………..20
- Balka о‗qi loyihasi joylashuvi……………….…………….25
- Yopmalarga uskunani mahkamlash uchun bolt ostidagi
teshik о‗qi loyihasi joylashuvi……………………………..10
- Taxminan shunday chetlanishlar metall konstruksiyalardagi uskuna osti
asoslari uchun ham qо‗llaniladi.
Montaj maydonchasini tayyorlash loyihalash tashkiloti tomonidan tuzilgan
montaj maydonchasini tayyorlash loyihasi, montaj ishlarini olib borish loyihasining
bir qismini tashkil etadi. Bu loyihaga binoan, barcha mashina va uskunalar,
quvurlar, yer osti va yer usti kommunikasiyalari, shuningdek, doimiy va
vaqtinchalik yо‗llar, og‗ir, yirik о‗lchamli uskunalarni tashish yо‗llari, vaqtinchalik
bino va inshootlar (omborxonalar, idoralar va boshqalar), yirik uskunalarni va
metall konstruksiyalarni yig‗ish maydonchalari montaj qilinadi.
Montaj maydonchalarida avvaldan yer osti kommunikasiyalarni yotqizish va
vertikal loyihalashni bajarish kerak.
Yig‗ma holda kо‗chirish mumkin bо‗lmagan yirik qurilmalarni yig‗ish va
poydevorga kо‗tarishga tayyorlab bevosita о‗rnatish joyining о‗zida bajariladi.
Montaj о‗tkazish usullari. Montaj о‗tkazish usullarini tanlash bir qator
omillarga bog‗liqdir. Ular ichida asosiylari: montaj qilinadigan uskunaning chekka
о‗lchamlari, og‗irligi va konstruktiv xossalari; montaj о‗tkaziladigan maydoncha va
montaj о‗tkazish vaqtida va undan keyin bu maydonchada yuzaga keladigan ahvol;
uskunaning fazoviy holati va uni joylashuvidagi geometrik belgilar: montaj
mexanizmlari va moslamalar bilan jihozlanganlik; montaj texnikasi erishgan
43
darajasi va hokazolar. Montaj ishlari 3 turda olib boriladi: sanoat, yirik bloklar
bilan va joyida.
Sanoat usuli – montajning ilg‗or usullaridan bо‗lib, montaj ishlari olib borish
vaqtini keskin va unga sarf bо‗ladigan mehnat sarfini kamaytiradi. Uning mohiyati
shundaki, uskunalar loyihadagi holatda poydevorga ekspluatasiyaga maksimal
tayyor holda keltiriladi (uskunaning butunlay yig‗ilganligi, uning metall
konstruksiyasi xizmatining, sinovlarning, issiqlik qoplamasini qayd qilish,
shuningdek, yuzasini futerovkalash, yopib-ochiladigan armaturasini о‗rnatish va
bog‗lovchi truba quvurlarini montaj qilish nazarda tutilyapti).
Agar u yoki bu sabablarga kо‗ra industrial usuldan foydalanib bо‗lmasa
montajni yirik bloklarda amalga oshiriladi. Bu montaj ishlari kо‗lamini, har bir
blokni bir-biriga bog‗liq bо‗lmaganligi hisobiga, kengaytirishga imkon beradi.
Bloklarni yig‗ish muddati va ketma-ketligi, ularning bevosita poydevorda
birlashishi texnologiyalariga bо‗ysunadi. Uskunalar shunday bloklarga ajratiladiki,
keyinchalik ularni birlashtirish mumkin bо‗lsin. Har bir blok og‗irligi, qо‗l ostida
bor bо‗lgan kо‗tarish mexanizmlari va moslamalarning, yuk kо‗tarish imkoniyatlari
darajasida bо‗lishi kerak.
Joyida montaj qilish – ish unumi past, oddiy va sodda usullardan hisoblanadi.
Bunda uskunalar, metall konstruksiyalar va truba quvurlar alohida detal va
qismlardan bevosita о‗rnatiladigan joylarining о‗zida yig‗iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |