5.4. Favvora armaturasi jihozlari va uning ekspluatatsiyasi
Favvora va gazlift kо‗targichlar yerning ustki qismida favvora armaturasi
bilan biriktiriladi va quduqning tizma boshchasiga montaj qilinadi.
170
Favvora armaturasi bir nechta vazifalarni bajaradi: quduqqa tushirilgan
NKQning og‗irligini saqlab turadi, ikki qatorli kо‗targichlarda–ikki tizmali
quvurlar oralig‗idagi fazoning germetikligini ta‘minlaydi va ularni о‗zaro bekitadi,
quduqning ish rejimini berilgan chegaralarda rostlashni, uning tо‗xtovsiz ishlashini
va quduqning parametrlarni о‗zgarishini tadqiqot qilishda quduqning ichida va yer
ustida ishni olib borilishini ta‘minlaydi.
Favvora armaturasini buzilishi yoki ishlamay tо‗xtab qolishi ishlatish
quduqlarni buzilishga, avariyaga va ochiq favvoralanish sodir bо‗lishga olib keladi.
Qatlam suyuqligini yoki gazli konlarda bosim va debit yuqori bо‗lmaganda
armaturaning ishlashini yuqori ishonchligini ta‘minlashda. korroziyalovchi
komponentlar va abrazivlik bо‗lmaganda oddiy usullarda konstruksiyalashga va
armaturalarni tayyorlashga erishiladi.
Anomal qatlam bosimiga va bir necha yuzdan ming kubometr debitlarga yoki
kunlik million metr kub gazga, mahsulotning tarkibida katta miqdorda abraziv va
yemiruvchi komponentlar bо‗lgan sharoitlarga moslashtirilgan katta chuqurlikdagi
(5000-7000m) quduqlari uchun favvora armaturasi turkumli ishlab chiqariladi.
Kо‗p yillik konstruksiyalash ishlari va takomillashtirilgan favvora
armaturasining konstruksiyasi 5.2-rasmda keltirilgan.
Favvora armaturasida kо‗targichlarning qо‗llanilishini boshlanishdan,
suyuqlik yoki gazning sarfini boshqarish qurilmasini shtuserlar yordamida
drossellab boshqarish hamda suyuqlik yoki gazni kо‗targichlardagi bosimini quduq
ustidan nazorat qilish talabidan kelib chiqib ishlab chiqariladi. Buning uchun sodda
kо‗rinishdagi favvora armaturasi qо‗llanilgan, (5.2-rasm, b) uning tarkibiga uchlik,
tо‗sish qurilmalari, jо‗mrak, manometr, shtuser kiradi va tо‗sin qurilmasidan
shtuserlarni almashtirishda foydalaniladi. Quduqning ishini tо‗xtatmasdan shtuserni
almashtirish ikki otma chiziqlarni, torli armaturalarni paydo bо‗lishga olib keldi.
Bu armatura (5.2-rasm, d) uchta uchlikdan va uchta kesuvchi qurilmadan va
shtuserdan tashkil topgan va ularning birgalikda ishlashi favvora archasi deb
yuritiladi.
171
Hamma turdagi quduq usti jihozlari quvur orqa fazosini germetiklash,
quduqning mahsulotini olib chiqish hamda texnologik jarayonlarni, ta‘mirlash va
tadqiqot ishlarini amalga oshirishga mо‗ljallangan. U quduqlarni ishlatish
usullaridan kelib chiqib jamlanadi.
Favvora, kompressor va kompressorsiz usullarda neft qazib olishda
quduqning ustidagi jihozlar bir xil detallardan va bloklardan о‗xshash holda
jamlanadi.
Quvurlar oralig‗ida bosimni nazorat qilishning juda ham qulay va ishonchli
tizimi favvora kо‗targichning osmasi favvora armaturasiga qо‗shimcha tugun,
uchlik, tо‗sin qurilmasi, jо‗mrak va manometrni kiritishga majbur qiladi. U
kо‗taruvchi quvurlarni birikmasini saqlab turishga xizmat qiladi va quvur boshchasi
deb nomlanadi. Shu vaqtdan boshlab favvora armaturasi ikkita asosiy qismdan–
archa va quvur boshchasi bilan tayyorlandi.
Yuqori bosimli va katta debitli quduqlarning qatlam suyuqligining tarkibida
oz miqdorda mexanik aralashmalar mavjud bо‗lganda va quduqlardagi armatura
tugunlarini yemirilib ketishiga sabab bо‗ladi hamda armaturaning stvoliga
qо‗shimcha bekitish qurilmalarni о‗rnatishga tо‗g‗ri keldi. Ishlovchi quduqlarning
kо‗targichlariga о‗lchov asboblarni, parafinsizlashtirish asboblarini tushirish
kerakligi va almashtirishda yana bitta stvolni berkituvchi qurilmasini qо‗shimcha
о‗rnatishga olib keldi.
Quduqlarni juda murakkab sharoitlarda va yuqori debitda, bosimli
yemiruvchi muhitda, yuqori haroratda, abrazivlik miqdori kо‗p bо‗lgan
suyuqliklarni qazib olishda favvora armaturasiga rezerv elementlar о‗rnatiladi,
ayniqsa bekituvchi qurilmalar kо‗pincha ishlamay tо‗xtab qoladi yoki ishdan
chiqadi. Shuning uchun favvora armaturasini konstruksiyasi (5.4-rasm, e) yanada
murakkablashdi, о‗lchamlari yanada kattalashdi, quduqlarga xizmat kо‗rsatishni
qiyinlashtirdi. Favvora armaturasining gabarit о‗lchamlarini kichraytirish uchun
uchlik bilan qurilgan favvora armaturasi emas, balki chorbarmoq (krestovina)
о‗rnatiladi. U favvora armaturasini muvozanatlashni va xizmat qilishni
soddalashtirdi.
172
Quduqlarda favvora armaturasini tezkor boshqarish talablarini oshirish,
xizmat qilish qiyinchiliklarini pasaytirishda favvora armaturasining berkitish
qirilmalarini masofadan boshqarish, sarflarni telenazorat qilishni qо‗llash, bosimni
о‗lchashda masofadan boshqariladigan shtuserlardan foydalanildi[12,14].
Zamonaviy favvora armaturasini tayyorlashda katta hajmdagi metall
konstuksiyasidan, bir qator holatlarda yuqori ligerlangan pо‗latdan, katta
miqdordagi defitsit legirlangan elementlardan ya‘ni nikel, molibden, xrom va
nisbiydan foydalanildi.
Quvur boshchasining (5.3-rasm) favvora armaturasida foydalaniladigan
о‗lchamlari va standartga mos keladigan turi keltirilgan bо‗lib, u ikkita yon
tomondan chiqib ketish quvur yо‗li va flanetslarni mahkamlash, bekitish qurilmasi
va quvur ushlagichdan (4), NKQni osib qо‗yish uchun о‗zgartmadan (10),
grundbuksali (3) zichlamadan (2), vtulka (9) va tо‗xtatgichli vintlardan (6) tashkil
topgan. Chorbarmoq armaturasi (5.5-rasm, a) tarkibida abraziv bо‗lmagan
quduqlar uchun о‗tish teshigining diametri 500mm, 70 MPa ishchi bosimga
hisoblangan. Armaturaning archasiga ikkita almashtiriladigan shtuser о‗rnatilgan
bо‗lib, ularni tezkor almashtirish mumkin. Armatura bir yoki ikki qatorli
kо‗targichlar uchun hisoblangan eng sо‗nggi sharoitda esa boshqa quvurlar
boshchasidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |