a –tashqi ko‗rinishi; b – sharli kranning asosiy elementlari: 1 - korpus; 2 - shar; 3 –burilish
teng. Boshqarish uchun talab qilingan kuchlanishning barqaroremaslik holati bu
130
yerda sezilarlisiz ifodalangan. Kran har qanday holatda boshqariladi. Egarning
kontakt maydoni shar bilan katta emas, hamda kontakt bosimi ham past, kranni
meyoriy ishlatishda germetiklikdan foydalanilmaydi, egar doimiy ravishda sharga
qisilgan, gidratlarni paydo bo‗lishi uchun joy mavjud emas. Amalda tayanchlardagi
tiqinli kranni validagi kichiklashtirilgan qarshilik momentini sizuvchi tiqinli kran
validagi qarshilik momenti bilan taqqoslash bo‗yicha quvvati bo‗yicha katta
zaxiraga ega bo‗lgan birinchi kranlarni yuritmalar bilan jamlashning imkoniyati
mavjud.
Sanoatda kranlar ikki xil turdagi korpuslar ko‗rinishida tayyorlanadi:
qismlarga ajratiladigan va qismlarga ajratilmaydigan (payvandli). U yoki bu turdagi
kranlarni parallel ishlab chiqarishda qismlarga yechib olinadigan kranni tayyorlash
qimmat turadi, lekin ko‗tarish vositalarini va asboblarini minimal miqdorda
ta‘mirlashga yaroqli hisoblanadi. Shu bilan birgalikda qismlarga yechiladigan
kranlar va elementlari (flanetsli yoki flanetssiz) katta massaga ega, gazni ishchi
parametrlari oshgan sayin uning ishlarining ishonchliligi pasayadi. Payvandli
kranlar tayyorlash materiallarini, tashish va montaj qilish xarajatlarning pastligi,
ishonchliligini oshirish (yechib olinadigan birikmalarini mavjud emasligi),
tayyorlash uchun sarflanadigan mehnatning hisobiga iqtisodiy jihatdan foydali
hisoblanadi. Ammo ularni ta‘mirlash ishlari maxsus jihozlangan ishlab chiqarishda
olib boriladi. Shuning uchun qismlarga ajratilmaydigan kranlar qayerda ishlarning
rejimi katta kuchlanishga ega bo‗lmagan, texnik resursi yetarlicha yuqori bo‗lgan
joylarda qo‗llash afzal hisoblanadi. Agar kranlardan rostlovchi qurilmalar sifatida
foydalanilmaganda, qator holatlarda yiliga 2 – 3 siklni tugallaydi.
Qismlarga ajratiladigan kranlardan katta siklli yuklanmalar yoki katta
bosimlar farqida foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Har xil kranlarning korpusini konstruksiyasi har xil bo‗ladi. Ularni qismlarga
ajratish bir yoki ikki tomonlama, tik tekislik bo‗yicha, kalta quvurlarni o‗qiga
perpendikulyar, qiya tekislik bo‗yicha, quvur uzatmaning o‗qiga nisbatan burchak
ostida. Kranlarni korpusi ikkita yarimtalikdan tashkil topiladi. Kranlar butun
131
korpusli va olinadigan qopqoqli bo‗ladi. Qopqoqli korpusni birikmalari yechib
olinadigan konstruksiyasi flanetsli va flanetssiz tayyorlanadi.
Kranlarni ta‘mirlash uchun olinadigan qopqoqli butun korpuslisi ta‘mirlash
uchun eng qulay hisoblanadi. Ularni ta‘mirlashda kranni quvur uzatmadan kesib
olinmaydi. Ta‘mirlash nuqtai nazardan olib qaraydigan bo‗lsak, ikki tomondan
yechib olinadigan qilib tayyorlangan kranlar afzallikka ega bo‗ladi. Kranning o‗rta
qismi o‗zining joyidan olinishi vaquvurchalarni kesmasdan ehtiyot qism bilan
almashtirishi mumkin. Bunda moslamalar yordamida kranga keltiriladigan quvurlar
siljitiladi.
Qismlarga ajratilmaydigan kranlarning korpusini konstruksiyasi har xil bo‗ladi.
Korpusning o‗rta qismi ikkita yarim sferadan payvandlab tayyorlanadi, ular tiklik
bo‗yicha yoki 45 ° burchak ostida biriktiriladi. Foydalanish jarayonida har xil
turdagi qismlarga ajratilmaydigan korpusli konstruksiyadagi kranlar bir-biridan
farq qiladigan afzalliklarga ega emas. Kranni shari butunlay qo‗yma holatda
(agarda mumkin bo‗lsa, cho‗yandan qo‗yiladi) tayyorlanadi. Katta o‗lchamdagi
kranlarni massasini kamaytirish va sharning metallini tejash maqsadida u
chuqurlikchali qilib tayyorlanadi. Unda tayyorlashda mehnatning hajmini
kamaytirish va galvanli qoplamasini yengillashtirish uchun u fugurali qilinadi.
Bunday holatda korpusda zichlashtirish halqasi bilan kontaktlashish ishida faqat
halqali yuzasiga ishlov beriladi va xromlanadi. Ba‘zida bu kontaktli yuzalari
shardan alohida halqalarni tashkil qiladi ya‘ni unga payvandlanadi. Har xil
konstruksiyadagi sharli kranlardan foydalanish sifati teng baholidir.
Do'stlaringiz bilan baham: