4.1-rasm. Klapanni rostlovchi titratishga qarshi moslama:
1-pnevmo yuritmali
membranli rostlovchi klapan; 2-drossel; 3-ajratuvchi idish; 4-komanda berish chizig‗i.
Titrashni
paydo
bo‗lish
ehtimolligini
kamaytirishda
rostlovchi
klapanlargacha va undan keyin va bosimni rostlagichlarda quvur uzatmaning
uzunligi bo‗yicha uchastkasida 10 diametri kattaligiga teng o‗lchamda to‗g‗ri
uchastka oldindan ko‗riladi. To‗g‗ri uchastkaning uzunligi 12-20 diametrga teng
olinadi. Gazning katta tezligida va to‗g‗ri uchastkaning uzunligi yetarli
bo‗lmaganda paydo bo‗ladigan titratishlar shtoklarni va rostlovchi klapanlarning
plunjerlarini sindiradi, membranni yoradi va boshqa turdagi nosozliklarni keltirib
chiqaradi.
Detallarni charchashdan parchalanishi qayerda kuchlanishlar to‗planganda
ko‗proq sodir bo‗ladi, masalan: flanetslarda, potrubkalarda va boshqa detallarda
kuchlanishlar konsenratsiyasi mavjud bo‗lganda.
Gidratlarni paydo bo‗lishini oldini olish uchun gazni taqsimlash
stansiyalarida gazni qizdirish qo‗llaniladi, bosim rostlagichlarni qizdirilishi va
metanolni kiritilish nuqsonlarni keltirib chiqaradi.
119
Armatura germetik hisoblanadi, agarda: yopiq to‗suvchi organda ishchi
muhit bir qismidan ikkinchi boshqa qismiga o‗tmaydi, armatura bilan ajratilgan
bo‗ladi; salnikli tugunlar, flanetslar va boshqa yechib olinadigan birikmalar orqali
oqish mavjud bo‗lmaydi; korpus detallarini metalli zichlamali tuzilmaga ega
bo‗ladi, g‗ovakli uchastka mavjud emas, chuqurchali joylar, yoriqlar orqali ishchi
muhit atrof muhit atmosferasiga sizib chiqishi mumkin.
Armaturaning berkitish organini germetikligi astoydil o‗rnatilishga va
zatvorni halqali zichlamasini qirishga va egarni yoki berkitish organida yumshoq
zichlashtirish halqasini qo‗llashga olib keladi. Salniklarni germetikligi shpindelni
salnikli uchastkasiga astoydil ishlov berishga, salnikli urilmani elastikligini
saqlashga va uni shpilka yoki boltlar bilan tortishga, manjetdan va rezinani aylanma
halqali kesimlaridan foydalanishga erishishga olib keldi. Flanetsli birikmalar
germetiklikni saqlashi uchun mos keladigan o‗lchamlarni va qistirma materiallarini
tanlash, doimiy va teng o‗lchamli flanetslarni tortmasini yaratish.
Armaturani qiyinchiliksiz ochishga tayyorgarligidan keyingi talablar uzoq
muddat yopiq holatda keltirilganda (teskarisi- yopishga) ko‗p holatlarda berkitish
va oldindan saqlash armaturalari kam ishlab ketishi mumkin va bunda zatvorning
va egarni bir-birga zichlashtirish yuzasida ―qaynatish ‖ uchun qulay sharoitlar aydo
bo‗ladi, ularni ajratish yoki ko‗chirish katta zo‗riqishni qo‗yishni talab qiladi.
Ularni rad etmaslik ishlarini ta‘minlash uchun texnik xizmati bo‗yicha ishlarni
hajmi ―ochish - yopish‖ sikllari davriy ravishda bajariladi, armaturaning ish
qobiliyatida bo‗lishiga ishonch hosil qilinadi. Ko‗p holatlarda berkitish
organlaridagi detallari kranlar va zulfinlar sirt yuzasida so‗rkovlari bilan
qo‗llaniladi.
Moylash sifatida moydan foydalanilganda uning qovushqoqligi qanchalik
darajada berkitish organini germetik talablarini pasaytirib yuboradi, moylash
xossalari esa-berkitish va salnik organida ishqalanish kuchlarini kamaytiradi,
armaturalarni ishlari uchun eng qoniqarlidir. Moyni metallga korroziyali ta‘siri
katta emas.
120
Neft mahsulotlarini bug‗larini aralashmasi yoki qaynoq gazlarni havo bilan
aniq porsiyadagi aralashmasi portlashga xavfli bo‗lgan tarkibni shakllantiradi
qaysiki, zarba yoki statik elektrta‘siri ostida uchqun paydo bo‗lganda portlaydi.
Benzin bug‗lari havo bilan aralashganda benzin bug‗larining tarkibi 0,8 –
5,5% hajmiga yetganda portlagich bo‗lib qoladi. Mazutlar rezervuarlarda
saqlanganda tarkibida vodorod sulfid,propan va boshqa uchuvchi uglevodorodlar
bo‗lganda mazutning yuzasi ustida to‗planadi va portlovchi moddani hosil qiladi.
Aralashmalarni portlanuvchaligi maxsus asboblarda portlashga sinalish asosida
foizlarda baholanadi. Aralashmani portlanuvchanligi unga inert gazlar
qo‗shilganda pasayishi mumkin.
Armaturani tanlashda uning tarkibiga elektrjihozlari kiradi, bu holda
neftmahsultlarini va gazlarni portlanuvchanlik xususiyatlari hisobga olinadi.
Muhim holatlarda armaturalarni yoki gilravlik yuritmalarni qo‗llanilishida tarkibida
elektrik qurilmalarning bo‗lmasligi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Gaz va neft uchun armaturalar qo‗ng‗ir cho‗yandan, bolg‗alangan
cho‗yandan, uglerodli va legirlangan po‗latdan rangli metallardan va ishchi
muhitning energetik parametrlariga bog‗liq holda (bosim, harorat) plastmassadan,
quvur uzatmalar va armaturalar tayyorlanadi. Armaturaning materiali imkoniyat
darajasida quvur uzatmaning materialiga mos kelishi, hamda payvandlanadigan
qalinliklari bir-biriga mos kelishi zarur. Bunday shart armaturalarni quvur uzatma
bilan biriktirganda doimo saqlab turiladi.
Asosiy ishchi parametrlari, yirik turkumli va massali ishlab chiqariladigan
armaturalarning konstruksiyasi hamda alohida elementlari standartlarda reglament
qilinadi.
Armatura asosiy belgilari bilan sinflanadi: tayinlanishi bo‗yicha; ishlarining
sharoiti – bosimi, harorati, agregat holatlari, tashiladigan muhitning kimyoviy
faolligi va zararligi, harorat va muhim xossalari (masalan, atrof muhitning
porlashga xavfliligi); shartli o‗tish diametri bo‗yicha (armaturaning nominal
o‗lchami).
121
Mo‗ljallanishi bo‗yicha armatura asosiy sinflarga ajratiladi: 1
) berkitish -
muhit oqimini to„liq berkitish uchun mo„ljallangan; 2) oldindan saqlovchi –
bosimning qiymati oshib ketganda, tizimning chidamliligiga xavf solganda hamda
texnologik mulohazalarga muvofiq muhitni teskari oqimida yo‗l qo‗yilmaydigan
holatlarni oldini olish, ishchi muhitni qisman chiqarib yuborish yoki qo‗yirishga
mo‗ljallanadi;
3)rostlovchi
– muhitning ishchi parametrlarini 4)
nazorat qiluvchi
-
ishchi muhit oqimi ko‗rsatgichlarini (bosimini, sarfini, haroratini) o‗tish kesimini
o‗zgartirish orqali; 5) har xil ishlarga mo‗ljallangan – har xil aniq operatsiyalar
uchun (kondensatni olib ketish, quvur uzatmadan havoni chiqarish va unga havoni
kiritish, qabul qilish va tarqatish operatsiyalari, tovar osti suvlarini rezervuardan
chiqarish va boshqalar).
Armaturalarni talab qilingan mustahkamligi ishchi bosim va haroratga
muvofiq aniqlanadi. Ishchi bosim va harorat amaliyotda aniq ishlab chiqarish
texnologiyaga bog‗liq holda ixtiyoriy keng oraliqdagi har qanday qiymatga ega
bo‗ladi. Shuing uchun armaturalarni standartlashtirish va takomillashtirish
maqsadida quyidagi shartli bosimlar tizimi qabul qilingan.
Armaturani shartli bosimini kattaligi bo‗yicha uchta asosiy guruhlarga
ajratiladi: past bosimli - 10 kgs/sm
2
gacha;o‗rtacha bosimli - 16 dan 64
kgs/sm
2
gacha; yuqori bosimli - 100 dan 1000 kgs/sm
2
gacha. Bundan tashqari
vakuumli armaturaga va juda yuqori bosimli armaturalarga (1000 kgs/sm
2
)
bo‗linadi hamda maxsus texnik shartlar bo‗yicha ―ishchi bosim yoki vakuum‖li
holda tayyorlanadi.
Tayyorlanadigan armaturalar uchun shartli bosim Р
shart
asosiy parametri
hisoblanadi, uning chidamliligini, ishchi bosimini va ishchi haroratini hisobga
oladi. Ruxsat etilgan shartli bosimiga yoki meyoriy haroratda shu buyumning
ishchi bosimiga mos keladi.
Armaturaning ikkinchi asosiy parametriga shartli o‗tish diametri D
shart
kiradi.
Bu quvur uzatmaning nominal diametriga muvofiq shu belgilangan armaturaning
diametri o‗rnatiladi. Har xil turdagi armaturalar bir xil shartli o‗tishda har xil o‗tish
kesimiga ega bo‗ladi. Shartli diametrning o‗lchamlari bo‗yicha armatura kichik
122
diametrli (D
shart
< 40 mm), o‗rtacha diametrli (D
shart
= 50 -g- 250 mm) va katta
diametrli (D
shart
> 250 mm) bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |