va ularni tо‗xtatishda vtulkalarning yonbosh yuzalarining mustahkam kontaktini
ta‘minlashi kerak. Prujinalarni о‗rnatishdan avval ularda yoriqlar va tirnalgan joylar
yо‗qligiga ularning о‗lchamlari chizmalarga qat‘iy tо‗g‗ri kelishini va ular kerakli
darajada egiluvchanligini ta‘minlashiga amin bо‗lgandan sо‗nggina ularni
yaxshilab tekshirishga yuboriladi. Prujina о‗lchamlarini 0,05 mm gacha aniqlikdagi
tayyorlangan kalibrlarda tekshiriladi. Prujina о‗rami yon yuzalariga alohida
ahamiyat beriladi; ular parallel bо‗lishi kerak, aks holda bunga ularni shliflash
Zichlovchi elastik halqalar zichlagichning eng muhim detallari hisoblanadi,
shuning uchun ularni nafaqat о‗sha muhitga chidamli materialllardan, balki yetarli
darajada egiluvchanlikka ega bо‗lgan va ishqalanish sharoitida uzoq muddat
ishlaydigan materiallardan tayyorlanadi. Bunday material sifatida tegishli
106
markadagi rezina, shuningdek ftoroplast qо‗llaniladi. Rezina halqalari
tayyorlanadigan press formalar yuqori aniqlikka ega bо‗lishi kerak va formadan
chiqarib olingandan sо‗ng rezinani kirishini hisobga olish zarur. Yig‗ish vaqtida
halqalar uyalarda zich о‗rnashishlarini, talab etilayotgan amortizatsiya darajasini
ta‘minlashlari va valdagi qо‗zg‗aluvchan halqalarni aylanmay qolishligini kuzatib
turish kerak.
Shponkalar yoki shtiflarni valga (gilzaga) zich о‗rnatiladi, ularni о‗lchamlari
aniq ushlab turilishi zarur. Ularga tushayotgan kuch unchalik katta emas, shuning
uchun agar ularni yuzalarini va ular bilan tutashadigan zichlovchi halqalarni
qо‗zg‗aluvchan pazlarini silliqlansa, uzoq vaqt davomida yemirilish sodir
bо‗lmaydi va qо‗zg‗aluvchan detallarni aylanmay qolishining oldi olingan bо‗ladi.
Yig‗ish oldida zichlanish detallarini barchasini kerosin bilan yuvilib, quritilib va
toza mashina moyi bilan moylanadi. Qismlarga ajratish va yig‗ish zichlanish
konstruksiyasidan aniqlanadi yoki tayyorlovchi – zavod tomonidan texnik
yо‗riqnomada kо‗rsatiladi.
Yig‗ilgan toresli zichlagichlarni maxsus stendlarda yoki uskuna bilan
birgalikda tekshirish mumkin. Yuklama ostidagi zichlanish ishlari sifati zichlovchi
moyni sizib chiqishi kattaligi bilan xarakterlanadi, bu kattalik pasportda
kо‗rsatilgan chegaralardan oshmasligi kerak. Toresli zichlanishdan oldin moyning
bosimi muhit bosimidan 0,05 – 0,15 MPa ga ortiq bо‗lishi kerak. Moy toza va
sovitilgan bо‗lishi kerak. Buning uchun uni maxsus muzlatgichdan va filtrdan
о‗tkaziladi. Zichlagich kamerasini suvli g‗ilofga tushiriladi, kamerani muntazam
ravishda chо‗kmalardan tozalab turiladi. Toresli zichlamalarni ishga tushirish
sistemaga moy sirkulyasiyasini yо‗lga qо‗yilgandan keyingina mumkin bо‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: