Kimyo va neftni qayta ishlash korxonalaridagi uskunalarda qо‗llaniladigan
metallarning xilma-xilligi bilan harakterlanadi. Kо‗pincha murakkab shaklli vallar
taranglikda vallarga mahkamlanadi. Vallar va о‗qlar pog‗onali qilib tayyorlanadi,
shunda detallar о‗q bо‗ylab siljishi chegaralanadi. Buning uchun tо‗xtatgichli
xalqalar va valning konussimon qismlaridan foydalaniladi. Valning barcha
pog‗onalarida silindrik yuzasi bilan ravon tutashmasi kо‗zda tutilishi shart. Valning
94
silindrik yuzasining mustahkamligi о‗zgaruvchan belgili yuklamalari tutashma
radiusi kattalashgani sayin о‗sib boradi[8,9].
Vallar sezilarli darajadagi issiqlik deformasiyasiga duch keladi. Shuning
uchun ular о‗q yо‗nalishi bо‗ylab bir joyda – vallarda joylashgan detallarning о‗q
bо‗ylab siljishiga yо‗l qо‗yilmaydigan joyda fiksasiya qilinadi.
Yuklamalar va ekspluatasiya sharoitlariga qarab, vallar va о‗qlarni St.30,
St.40 – uglerodli pо‗lat markalaridan va kо‗proq – St.45, shuningdek St.3, St.4, St.5
markalaridan va legirlangan pо‗latlardan tayyorlanadi.
Yemirilishga chidamlilikni oshirish maqsadida kо‗pgina vallarning ishchi
bо‗yinlariga termik ishlov (yuzani toblash, sementlash, azotlash va hokazolar)
beriladi.
О‗rnatish va tо‗g‗rilash. Yig‗ish vaqtida vallar va о‗qlarni shunday
joylashtirish kerakki, ular fazoda asosiy detal va boshqa vallar va о‗qlarga nisbatan
tо‗g‗ri joylashgan bо‗lsin. Odatda, bunga ular о‗rnatiladigan tayanchlarni tо‗g‗ri
yig‗ish orqali erishiladi.
‗ir vallarni tayanchlarga kо‗tarma mexanizmlar yordamida о‗rnatiladi. Bunga
vallar kanopdan qilingan arqon yoki pо‗lat tros bilan bog‗lanadi, lekin ularga
mahkamlangan val va detallar ishlov berilgan yuzasini shikastlanishdan saqlash
imkonini beradigan yog‗och taglik bо‗lishi shart.
Vallarni о‗rnatish va tо‗g‗rilash ularning holatini rostlashga, ba‘zan esa,
podshipniklarni mos ravishda ishlov berishga bog‗liqdir. Val о‗qining aniq holatini
saqlab qolish bilan bir vaqtda, val bilan podshipnikning shunday tutashuviga
erishiladiki, ular orasidagi mumkin bо‗lgan tirqishlar chegaralarida val о‗z о‗qi
atrofida oson va ravon aylana oladi. Val bо‗yinlari ularga mos ichki quymalarga
butun tayanch yuzasi bо‗ylab bir tekisda bir-biriga о‗tirishi kerak. Kontaktning bir
tekisliligini ichki quymadagi izdan tekshirilgani kabi, val yuzasidagi izlardan ham
tekshiriladi (bо‗yoqli tekshirish). Mashinalarni yig‗ishda vallarning о‗zaro
joylashishi muhim ahamiyatga ega.
Vallar parallelligi shtangensirkul yoki shtixmass bilan tekshiriladi. Ular
yordamida bir necha nuqtalarda hosil bо‗layotgan tekshirilayotgan vallar orasidagi
95
masofalar о‗lchanadi va о‗q holatini, ya‘ni podshipniklarni rostlash yо‗li bilan
о‗lchash natijalarini tenglashga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: