3.10-rasm.Tebratma-dastgoh:
1-muvozanatlagich boshchasi; 2-kallakni tо‗xtatgich qurilma; 3-muvozanatlagich tayanch
podshipnik; 4-muvozanatlagich; 5-teskari og‗irlik; 6-osma traversning sferik podshipniki; 7-
88
shatun; 8-krivoshipni teskari og‗irligi; 9-krivoship; 10-reduktor; 11-elektrdvigatel; 12-tormozli
qо‗l dastak; 13-rama; 14-ustun; 15-ponasimon tasma; 16-poydevor
.
Ponasimon remenli uzatmaning uzatishlar sonining о‗zgarishi 2,5 dan 5
gacha etganda, elektr dvigatel valining shkivlari almashtiriladi.
Hamma turdagi tebratma dastgohda polirovkali shtokning yurish uzunligini
о‗zgartirish maqsadida shatunni mahkamlash uchun krivoshipda teshiklar
ochiladi.
Polirovkali shtokning yurish yо‗lining uzunligi shatunning ostki barmog‗ini
krivoshipning teshigiga qayta о‗rnatish bilan о‗zgartiriladi, bunda krishipning
radiusi о‗zgaradi. Polirovkali shtokning yurish uzunligini quyidagicha aniqlash
mumkin:
Muvozanatlagichning tebranishlari soniga mos keladigan tavsifga ega
bо‗lgan elektrdvigatelni tanlash yoki elektrdvigatel validagi shkiv diametrini
о‗zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Tebratma dastgohning uzoq muddat ishlashi va avariya holatiga duchor
bо‗lmasligi, uning muvozanatlanganligiga bog‗liq. Nomuvozanatli tebratma
dastgohda plunjerni yuqoriga yurishida, qurilmaga quvurlardagi suyuqlik
ustunining og‗irligi va shtanganing og‗irligi ta‘sir qiladi.
Plunjer pastga harakatlanganda elektrdvigatel yuksizlanadi va ishlatishda
qatnashmaydi, bunda plunjer pastga shtanganing xususiy og‗irligi ta‘sirida siljiydi.
Bunday yukning ishorasini о‗zgaruvchanligi, qurilmaning uzoq muddat xizmat
qilishiga va ayniqsa elektrdvigatelning ishiga salbiy tasir qiladi. Shuning uchun
elektrdvigatelning о‗z muddatidan oldin yeyilishga ta‘sir etuvchi noqulay ta‘sirlarni
bartaraf etish uchun plunjerning har bir qо‗shaloq yurishdagi yuklamasi
muvozanatlanadi. Bunday tebratma dastgohning muvozanatlanishini amalga
oshirish uchun, muvozanatlagichning orqa uchiga qarshi og‗irlik osiladi yoki
krivoshipga о‗rnatib tenglashtiriladi.
Nazorat yuki shunday hisoblanadiki, u suyuqlik ustuni va shtanganing
og‗irligiga teng bо‗ladi. Plunjerning harakati pastga yoki yuqoriga
yо‗naltirilganda, yuk elektrdvigatelga va tebratma reduktorga teng о‗lchamda ta‘sir
89
qiladi. Nazorat yukining og‗irlik kuchi quyidagi tartibda aniqlanadi. Nazorat
yukning og‗irlik kuchi suyuqlik va shtanganing og‗irlik kuchiga teng bо‗lganda,
plunjer yuqoriga yurganda, tebratma dastgoh tо‗liq muvozanatlashgan bо‗ladi,
lekin plunjer pastga yurganda muvozanatlagich boshchasiga shtanga tomonidan
beriladigan zо‗riqish tasir qiladi hamda suyuqlikning og‗irlik kuchiga teng
bо‗lgan nazorat yukining ortiqcha og‗irlik kuchi, qurilmaga qо‗shimcha
yuklanmani hosil qiladi. Plunjer yuqoriga yurganda suyuqlik ustuni
nomuvozanatlashgan bо‗lsa, faqat shtangani muvozanatlashtirish mumkin emas.
Tebratma dastgoh shtangasini bir tekis yuklantirib, tо‗liq
muvozanatlashtirish kerak, tebratma-dastgohning muvozanatlashtirishni uchta usuli
amalda mavjud: muvozanatlagichli, rotorli va murakkab.
Muvozanatlagichli muvozanatlashda, nazorat yuk muvozanatlagichning orqa
uchiga
о‗rnatiladi,
rotorli
muvozanatlashda
krivoshipga
murakkab
muvozanatlashda bir vaqtning о‗zida yuk krivoshipga va muvozanatlagichga
о‗rnatiladi. Muvozanatlagichni muvozanatlashda yuk kо‗taruvchanligi uncha katta
bо‗lmagan tebratma dastgohlarda, rotorni muvozanatlashda esa yuk
kо‗taruvchanligi
katta
bо‗lgan
tebratma-dastgohlarda,
murakkab
muvozanatlashtirishda о‗rtacha yuk kо‗taruvchanlik tebratma-dastgohlarda
qо‗llaniladi. Rotorli usulda muvozanatlashda, yukni notekis taqsimlanishi nazorat
yukining krivoship bо‗ylab siljishi hisobiga erishiladi, muvozanatlagichli usulda
muvozanatlashtirish nazorat yukini о‗zgartirish hisobiga erishiladi. Har-bir
tebratma-dastgohning muvozanatlashtirish bо‗yicha zavod-tayyorlovchi tomonidan
berilgan instruksiya mavjuddir. Kon sharoitida tebratma-dastgoh elektrdvigatel
tomonidan beriladigan yuklama bо‗yicha ton о‗lchovchi asboblar yordamida
doimiy ravishda tekshirib turiladi. Tebratma-dastgohlarning uzoq muddatli va
tо‗xtovsiz ishlatishning eng muhim sharti, doimiy ravishda tugun va detallarni
moylab turish hisoblanadi.
Doimiy ravishda reduktorning shotun va muvozanatlagich boshchasini,
travers, sharnir va ishqalanadigan qismlarni moylab turish talab qilinadi.
90
Tebratma-dastgohning reduktoriga, yuqori zulfinni chegarasigacha mashina yog‗i
tо‗ldiriladi. Reduktorga qish davrida qishki, yoz davrida yozgi yog‗lar qо‗yiladi.
Tebratma-dastgohning boshqa detallari konsistentni surtmalar bilan suriladi.
Tebratma-dastgohlarning konstruksiyasi doimo takomillashtirilib borilmoqda.
SK-6 va SKD-8 tebratma dastgoh bazasida «Ijneftlash» zavodida PNSH 60-2,1-25
va PNSh 80-3-40 uzatmalari ishlangan va ishlab chiqarilmoqda.
Bu yerda : 60 va 80 –shtokdagi zо‗riqish, kN;
Polirovkali shtokning maksimal yurish uzunligi: 2.1m va 3.0m.
Reduktor valini chiqishdagi nominal burash momenti 25 va 40 kN.m;.
PNSh.60-2.1-25 uzatmasi pastgina poydevorga о‗rnatiladi. PNSh-80-3-90,
PNShT 80-3-90 (63,37) uzatmalari baland poydevorga о‗rnatiladi, bu yerda T-asos
tо‗mbasimon tayyorlanadi. Bundan tashqari shtangali nasoslarning uzatmasi bir
yelkali ishlab chiqariladi: OPNSh-30-1.5, OPNSh 80-3-90 va OPNSh 80-3-50.
bu yerda : polirovkali shtokdagi zо‗riqish 30 va 80 kN;
polirovkali shtokni maksimal yurish uzunligi, 1.5 va 3 m;
reduktorni nominal uzatma soni, 90 va 50.
PNShT-60 va PNShT-80 uzatmalar quyidagilarga ega:
tebratish sonining va о‗rnatiladigan dvigatellarning quvvatini tanlash oralig‗ini
kengligi, minimal elektr energiya sarfida neft qazib olish sharoitida, optimal
ishlatishning ta‘minlashni imkoniyatini beradi;
PNSh-80 uzatmalarining ishonchli ikki va uch bosqichli reduktorlarning
RP-450 va T 500 turi bilan jihozlash imkoniyati;
bir yelkali muvozanatlagichlarning OPNSh uzatmalari;
amaldagi tebratma dastgoh muvozanatlagichlariga nisbatan OPNSh
uzatmalarning yuqori (20% gacha) elektr energiyasini tejamkorligi bilan farqlanadi;
eng og‗ir holatda yuqori yuklarni pasaytirish uchun qulay dinamikaga ega ekanligi,
shtanglarning, kuchlar tugunining va uzatma detallarning xizmat muddatlarini
uzaytiradi;
91
uzatmalarning yuqori qismi (muvozanatlagich, stoyka, travers, shatunlar)ni
sharnirli yig‗ma kompakt tashish paketi mavjudligi tufayli, tezda montaj va
demontaj qilish imkoniyatiga ega,
dvigatelni mexanik montaj va demontaj qilish uchun, erkin kirishning
taminlanganligi hamda reduktorlarga xizmat kо‗rsatish va yog‗ qо‗yish uzatma
tugunlarining hamma podshipniklarning moylash imkoniyatining qulayligi;
-ta‘sir qiluvchi tormoz diski, tezlanuvchi pastki tayanch bilan jihozlangan
avtokrandan foydalanmasdan, qо‗l domkrat qurilmasi yordamida, polirovkali
shtokning yо‗li uzunligini qayta о‗rnatish mumkinligi. Keyingi yillarda ikki
pog‗onali RP va uch pog‗onali T reduktorlar qо‗llanilmoqda.
RP turidagi ikki pog‗onali reduktorlarda: tez yuruvchi va sekin yuruvchi
pog‗onalar. Novikovning issiqlikka kо‗chaytirilgan shevronli uzatmalarini
mavjudligi.
T turidagi uch pog‗onali reduktorlar :
- novikovning issiqlikka chidamli uzatmasini yirik modulli tirkama bilan
jihozlangan;
- sekin yuruvchi pog‗ona-tirgak halqali silindrik uzatma bilan patentlangan;
- bir xil yuklamali tavsiflarda T-turidagi reduktorlar shevron uzatmali
reduktorlarga nisbatan 25-30% yengil.
Do'stlaringiz bilan baham: |