Tadqiqot metodlari. Ushbu bitiruv malakaviy ishni bajarishda bir qancha
biofizikaviy hamda biokimyoviy tadqiqot metodlaridan foydalaniladi. Jumladan,
sentrifugalash, fotokalorimetriya, polyarografiya, biokimyoviy tahlil hamda
matematik tahlil usullari.
Tadqiqot natijalarining ilmiy-amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy
ishimizda sog‗lom hamda kasallantirilgan kalamushlar jigari mitoxondriyalari
membranalarining fiziologik holati qiyosiy o‗rganilgan, shuningdek, bu borada
keyingi yillarda olib borilgan tadqiqot natijalari tahlil qilingan hamda
umumlashtirilgan.
Ushbu bitiruv malakaviy ishda keltirilgan ma‘lumotlar fiziologiya va
biofizika darslarida ma‘ruza, laboratoriya va amaliy mashg‗ulotlar uchun manba
bo‗lib xizmat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |