O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi
|
Hamshiralik ishi, Valeologiya, Umumiy gigiyena va ekologiya, Farmakologiya va reseptura, Xirurgiya, Pediatriya, Teri v tanosil kasalliklari, Yuqumli kasalliklar. Profilaktik emlash.
|
O‘qitishning tashkiliy shakli
|
N – nazariy ta’lim;
A – amaliy ta’lim;
NA – birgalikda tashkil etilgan nazariy va amaliy
mashg‘ulotlar;
MX – maxsus xonalarda mashg‘ulot.
|
Dasturga qo‘yilgan talab
|
Majburiy
|
O‘qitish tili
|
Guruhga tayinlangan dars tili asosida
|
Baholash tartibi
|
Joriy baholash tartibiga asoslanib
|
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash
|
Yozma, og‘zaki, savol-javob, munozara, test, amaliy topshiriq
|
2. O‘quv dasturi mazmuni
№
|
Mavzuning nomi
|
Mavzuning qisqacha mazmuni
|
Jami
|
O‘qitishni tashkiliy shakli
|
Mustaqil ta’lim
|
1
|
Mikrobiologiya fani va uning vazifalari, rivojlanish tarixi. Mikroorga-nizmlar tasnifi, morfologiyasi, ultrastruktu-rasi, polimorfizmi.
|
Mikrobiologiya – mikroorganizmlar hayoti va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi umumiy biologiyaning bir qismi. Tibbiyot mikrobiologiyasining vazifasi, yuqumli kasalliklarni kelib chiqish sabablarini aniqlash, laboratoriya tashxisini va uni amalda qo‘llash, hamda kasallikning maxsus profilaktikasi va davolash usullarini ishlab chiqish. Mutaxasislikni o‘rganishda mikrobiologiyaning ahamiyati. Tibbiyot mikrobiologiyasining boshqa tibbiy fanlar bilan chambarchas bog‘liqligi. Mikrobiologiya fanining rivojlanishdagi assosiy davrlari. Tibbiyot mikrobiologiyasining yutuqari.Antoni van Levinguk, E.Djenner, D.I. Samoylovich, L.Paster, R.Kox, I.I.Mechnikov, D.I. Ivanovskiy, S.N. Vinogradskiy, R.N.Gabrichevskiy, G.N.Minx, A.A.Mochutkovskiy, N.F.Gamaleyalarning ishlari.
Vatanimiz olimlarining mikrobiologiya fanining rivojlanishidagi xizmatlari. I.K.Musoboyev, V.M.Majidov, S.S.Maksumov, R.M.Xaitov, A.A.Obidov, F.Sh.Garip, Sh.Nazarov, E.M.Muhamedov, E.Eshboyev va boshqalar. Hozirgi zamon Bergi tasnifi. Eukariotlar, prokariotlar. Bakteriyalar morfologiyasi, asosiy shakllari va kattaligi, bakteriopolimorfizmi. Bakteriya hujayrasini tuzilishi. Sitoplazmatik membrana, kapsula, xivchin va sporaning vazifasi. Mikroorganizmlar klassifikasiyasining asosiy prinsiplari. Shahar, tuman sanitariya — epidemiologik stansiyalar qoshidagi bakteriologik laboratoriyalarning tashkil etilishi bilan yaqindan tanishish. Uning asbob - uskunalari, jihozlarini o‘rganish. Mikrobiologik laboratoriyada ishlash qoidalari. Tayyor surtmalarni mikroskopda o‘rganish.
Zich va suyuq oziq muhitida o‘sgan mikrob kulturasidan va patologik materiallaridan surtmalar tayyorlash. Uy haroratida quritish, fiksasiya qilish. Oddiy va murakkab Gram usulida bo‘yash. Bakteriyalarni asosiy shakillarini o‘rganish va rasmini chizish.
|
2
|
N-2
|
2
|
2
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |