Internet saytlari:
www.med.uz
www.wikipedia.uz
www.medicum.ru
www.medtext.ru
www.doctor.ru
www.mirmed.ru
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, PROFESSIONAL TA’LIMI BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI
OSHIRISH INSTITUTI
O‘RTA PROFESSIONAL TA’LIMNING
40910201- Feldsherlik ishi
kasbi bo‘yicha
KASB KASALLIKLARI fanidan
NAMUNAVIY O‘QUV DASTURI
Kvalifikasiyalar raqami va nomi:
|
40910201-.
1. Shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‘rsatish stansiya (bo‘limi) feldsheri.
2. Oilaviy poliklinika feldsher akusheri
|
O‘quv rejadagi tartib raqami:
|
2.2.10
|
Ajratilgan auditoriya soat:
|
40
|
Toshkent 2022 yil
O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Sog’liqni saqlash yo’nalishi bo’yicha O‘quv metodik birlashmasining 2022 yil 23-avgustdagi 4-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
.
Tuzuvchi:
D. A. Jabborova
|
2 – Respublika tibbiyot kolleji “Gigiyena” kafedrasi mudiri
|
Taqrizchilar:
T.J. Kamolov
|
Yunusobod tumani Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi saqlash xizmati bosh shifokori
|
F.I. Salomova
|
TTA “Atrof-muhit gigiyenasi” kafedrasi mudiri
|
O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
|
Kasb kasalliklari
|
Ajratilgan soat
|
40
|
Mavzular soni
|
9
|
Dasturning maqsadi
|
Kasb kasalliklari fanini o‘qitishdan maqsad – o‘quvchilardan kasb kasalliklari fani bo‘yicha mutaxassislik amaliyotida kerak bo‘ladigan bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va kasb kasalliklarini oldini olish bo‘yicha profilaktik usullarni egallagan yuqori malakali – sanitar vrach va epidemiolog yordamchisi tayyorlashdan iborat.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
Ish joyida zararli omillarning ta’sirida ishlovchilar orasida yuzaga keladgan kasb kasalliklarini aniqlash, oldini olish usullarini, sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalari tuman va tarmoq Sanitariya- epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligini saqlash xizmati markazlarida shlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish obyektlarini sanitariya holatini o‘rganish, gigiyenik baholash va profilaktik tavsiyalar ishlab chiqish faoliyatini olib borish kabi bilimlari shakllanadi.
|
Bilimlar
|
kasb kasallklarining nazariy etio-patogenetik asoslar kasb kasalliklarining barvaqt ko‘rinishlarini aniqlash usullari va dagnostikasi;
ko‘p uchraydigan kasb kasalliklarining tasnifi asosiy ko‘rinishlari;
kasb kasalliklarida etiotrop, antidot va boshqa davolash usullari;
kasb kasalliklarida bemorlarning mehnat layoqati ekspertizasi;
kasb kasalliklarini oldini olishga qaratilgan texnologik, sanitar-gigiyenik va tibbiy profilaktik chora-tadbirlar;
bemorning kerakli hujjatlar to‘plami, davolash rejasini belgilash va mehnat layoqatini to‘g‘ri ekspertiza qilish, olingan ma’lumotlarni sanitar vrach bilan birgalikda taxlil qilish.
|
Ko‘nikmalar
|
kasb kasalliklarining umumiy diagnostik usullari;
kasb kasalliklarini oldini olishda profilaktik tibbiy ko‘riklar, normativ hujjatlarni to‘ldirish;
kasbiy kasallik varaqasini to‘ldirilish qoidalari;
nogironlik guruhlarini aniqlash;
kasb kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni sog‘aytirish chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
pnevmokonioz, bronxitlar, bronxial astma, ishlab chiqarish angio-, tayanch-harakat apparati, vibrasiya (tebranish), koxlear nevrit, terining kasbiy kasaliklari, simob, qo‘rg‘oshin va uning birikmalaridan, organik eritmalaridan, pestisidlardan o‘tkir va surunkali zaharlanish ta’sirida yuzaga keladigan kasalliklarda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish, tashxisi, mehnat ekspertizasi;
kasb kasalliklarini oldini olish chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
dastlabki va davriy profilaktik tibbiy ko‘riklarni tashkil qilish va nazoratini o‘tkazish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |