BITIRUV OLDI AMALIYОTI
IV semestr
|
|
|
|
7.
|
Tez yordam shaxobchasida ishlash. Akusherlik (stasionar)
|
|
144
|
144
|
72
|
7.1
|
Homiladorlik-ning birinchi va ikkinchi yarmida parvarish qilish, qon ketishida feldsherning vazifalari va shoshilinch yordami.
Xomila tug‘ilishi va ilk chilla davri patologiyasida feldsher akusherning vazifalari
|
Amaliy mashg‘ulot akusherlik majmualarining tug‘ruq bo‘limlarida, ginekologiya bo‘limlarida o‘tkaziladi. O‘qituvchi bola tashlashda ayolga shoshilinch yordam berishda, abortga qarshi chora-tadbirlar o‘tkazish ishlarida feldsherning vazifalari bilan o‘quvchilarni tanishtiradi. Xotin-qizlar maslahatxonalari, tug‘ruq majmualarining homiladorlik patologiyasi bo‘limlarida mustaqil ishlash, muolajalarni mustaqil bajarish, bo‘lim hujjatlarini rasmiylashtirishni o‘rganish, shoshilinch xolatlarda tez tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rganadi Amaliy mashg‘ulot tug‘ruq bo‘limlarida o‘tkaziladi. O‘quvchilar tug‘ruq yo‘llarining turli xil shikastlanishlariga sabab bo‘lgan tug‘ruq tarixi bilan tanishadilar va muammoli vaziyatdan masalalarni yechadilar.
Yo‘ldoshning oldinda joylashganligini va barvaqt ko‘chishi asorati bilan kechgan tug‘ruq tarixlarini klinik taxlil qiladilar. Homilador ayollardan qon ketganda shoshilinch yordam berishda va ularni parvarishlashda ishtirok etadilar. Oilaviy poliklinikalarida qon ketishga xavfi yuqori bo‘lgan guruhlar bilan ishlab, profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va patronaj ishlari bilan shug‘ullanishadi.
O‘quvchilar homiladorlik patologiyasi bo‘limida homila tushish xavfi bo‘lgan ayollarni kuzatishadi va uni saqlash rejasi bilan tanishadilar. Chala tug‘ilgan bolalarni kyuvezda parvarish qilish qoidalari bilan tanishadilar va parvarish qilishda hamshiralarga yordam beradilar. Akusherlik postida ishlaydi, «Abortning zarari», «Alkogol, tamaki va dori-darmonlarning homiladorlikka ta’siri» mavzularida suhbatlar o‘tkazadi. Homilador ayolni ko‘rikdan o‘tkazadi, homiladorlik muddatini aniqlaydi, muddatidan o‘tgan homiladorlik belgilarini aniqlaydi. Homiladorlikning muddatidan o‘tganligi belgilarini plasenta, kindik va qog‘onoq suvlarining xarakterga qarab aniqlashni o‘rganadilar. Chala va kechikib tug‘ilgan bolalarni parvarishlashda qatnashadilar.
O‘quvchilar tug‘ruq bo‘limida tuqqan ayollarning bachadon bo‘ynini va qin devorlarini asbob-anjomlar yordamida ko‘zdan kechirishda, chot sohasiga chok qo‘yishda katnashadilar.
Bachadonni ichki-tashqi uqalash, qorin aortasini bosish kabi muolaja texnikasini o‘zlashtirish. O‘quvchilar mavzu bo‘yicha tug‘ruq tarixini tahlil qiladilar. Tug‘ruq majmuasining tug‘ruq blokida mustaqil ishlash, muolajalarni mustaqil bajarish va tegishli hujjatlarini rasmiylashtirish.
|
16
|
16
|
8
|
7.2
|
Chilla davri bo‘limidagi ish.
|
Mashg‘ulot tug‘ruq majmuada chilla davri bo‘limida o‘tkaziladi: o‘quvchilar chilla davri bo‘limi, palatalarning tartib-qoidalari bilan tanishadilar. Tuqqan ayolarni parvarishlashda qatnashadilar. Ko‘krakni ketma ket tutishni ahamiyati to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazishadi. Sut bezlarini parvarish qilish, sutni sog‘ib olishni o‘rganishadi. Ko‘krak uchi yoriqlarini va mastitni davolashda hamda chilla davri gimnastikasini o‘tkazishda ishtirok etishadi. Mashg‘ulot septik kasalliklarini davolashga ixtisoslashtirilgan alohida maxsus palatalarida o‘tkaziladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga umumiy parvarish va maxsus bokslarning ish qoidalari bilan tanishtiradi. Bunda asosiy e’tiborni tug‘ruq majmuai sharoitida chilla davri kasalliklari, profilaktikasi, tug‘ruq majmuai sanitariya tartibini bajarishga qaratish lozimgini uqtiradi. O‘quvchilar chilla davri yuqumli kasalliklariga chalingan ayollar va ularning tug‘ruq tarixini taxlil qilishda, ularni parvarish qilish va davolashni tashkil etishda qatnashadilar.
|
16
|
16
|
8
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |