Mustaqil ta’lim
1
|
Ko‘z kasalliklari fani tarixi va uning maqsadi. Ko‘ruv organi anatomiyasi. Ko‘zning ko‘rish faoliyati.
|
Oftalmologiya fanining qisqacha tarixi. Uning maqsadi va vazifasi haqida tushuncha. Ko‘rish a’zosining anatomiyasi. Ko‘z soqqasi va uning qismlari. Ko‘ruv analizatori. Ko‘zning yordamchi qismlari. Ko‘rish a’zosining umumiy qon aylanish sistemasi va qon bilan ta’minlanishi. Ko‘z kasalliklari fanining anatomiya fani bilan bog‘liqligi.Ko‘zning yorug‘lik va ranglarni sezish faoliyati. Markaziy va periferik ko‘rish. Binokulyar ko‘rish.
|
6
|
N/A
4/6
|
2
|
2
|
Refraksiya va akkomadasiya.
|
Refraksiya, klinik refraksiyaning turlari: emmetropiya, miopiya, gipermetropiyalar xaqida tushuncha. Akkomadasiya va uning buzilishi: spazmi, falaji, presbiopiya. Astigmatizm. Refraksiyani tekshirish usullari:subyektiv, obyektiv. Ko‘zning ko‘rish o‘tkirligini aniqlashda qo‘llaniladigan jadvaldan foydalanish qoidalari va uni aniqlash usullari. Ko‘ruv maydonini (periferik ko‘rish) perimetr, sferoperimetrda tekshirish usullari. Uzoqdan va yaqindan ko‘ruvchilarga ko‘zoynak tanlash va resept yozish.
|
6
|
N/A
2/6
|
4
|
3
|
Shifoxona va ko‘z kabineti tuzilishi. Bemorlarni tekshirish usullari
|
Oilaviy poliklinikalarda ko‘z kabinetining tuzilishi. Ko‘z shifoxonasining boshqa shifoxonalardan farqi va unda qo‘llaniladigan apparat turlari. Oftalmoskopiya xaqida tushuncha. Ko‘z kabinetida ko‘rish o‘tkirligini tekshirish xususiyatlari. Yuqori qovoqni ag‘darib ko‘rishni o‘rganish. Qovoq ko‘targichlardan foydalanishni o‘rganish. Kon’yunktivadan surtma olish. Oftalmoskopdan foydalanish usuli bilan tanishtirish
|
6
|
N/A
2/4
|
4
|
4
|
Kon’yunktivitlar. Qovoqning va ko‘z yoshi yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklari.
|
Ko‘z shilliq pardasining yallig‘lanish patologiyasi. Bakterial, o‘tkir virusli, surunkali, allergik kon’yunktivitlar. Traxoma.Kon’yunktivitlarni davolash va oldini olishda o‘rta tibbiy xodimining tutgan o‘rni. Qovoqlarning yallig‘lanish patologiyasi. Qovoq abssessi, flegmona. Tashqi va ichki govmicha. Blefarit (oddiy, po‘stloqli, yarali), xalyazion. Qovoqlarning distrofik o‘zgarish: blefaroxalyazis, blefarofimoz. Ko‘z yoshi kasalliklari: ko‘z yoshi yo‘llarining yallig‘lanishi, ko‘z yoshi bezini yallig‘lanishi, ko‘z yoshi nuqtasining torayishi, ko‘z yoshi kanalining torayishi, ko‘z yoshi xaltasining yallig‘lanishi, ko‘z yoshi xaltasining flegmonasi. Bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazish.Davolash muolajalarini o‘tkazish. Qovoq orqasiga malham qo‘yish. Ko‘zga bog‘lam qo‘yish. Issiqlik muolajalarni o‘tkazish. Ko‘z yoshi yo‘llarini yuvish.
|
6
|
N/A
2/4
|
4
|
5
|
Shox pardaning yallig‘lanish kasalliklari.Sklera kasalliklari
|
Shox pardaning yallig‘lanish kasalliklari. Keratit turlari, klinikasi va davosi. Episkleritlar, skleritlar, skleraning distrofik patologiyasi va stafiloma haqida tushuncha berish.
Shox parda kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni ko‘rsatish. Keratitlarni tekshirish va davolash usullari. Shox pardani mahalliy og‘riqsizlantirish, unga yot jism tushganda, kuyganda, jarohatlanganda birinchi yordam ko‘rsatish.
|
6
|
N/A
2/4
|
2
|
6
|
Tomirli parda kasalliklari. To‘r parda va ko‘ruv nervining yallig‘lanish kasalliklari.
|
Irit va iridosiklitning endogen va ekzogen sabablari, klinikasi, davosi. Tomirli parda kasalliklarining sil, toksoplazmoz, revmatizm, brusellyoz va zahm bilan bog‘liqligi. O‘tkir xorioiditlar haqida tushuncha berish. To‘r parda kasalliklari, jarohatlari klinikasi, davosi va tekshirish usullari. Retinopatiya turlari. Gipertoniya, qandli diabet, buyrak kasalliklarida to‘r pardadagi o‘zgarishlar. To‘r parda ko‘chish sababi, klinik belgilari. Tomirli parda kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni ko‘rsatish. Iridosiklit o‘tkir xurujida yordam ko‘rsatish. Kon’yuktiva ostiga parabulbar, limfatrop inyeksiya qilish usullari bilan tanishtirish. To‘r parda kasalligi bilan og‘rigan bemorlani ko‘rsatish. To‘r pardaga qon quyilganda birinchi yordam choralari. To‘r parda jarohatlanganda yordam ko‘rsatish. Bemorlarda ko‘z tubini qorong‘i xonada tekshirish. Binokulyar bog‘lam qo‘yish texnikasi
|
6
|
N/A
2/4
|
4
|
7
|
Ko‘z gavhari va shishasimon tana kasalliklari
|
Kataraktalar: tug‘ma kataraktalarning klinik ko‘rinishi, hayotda orttirilgan kataraktalar, etiologiyasi, klinikasi va tekshirish usullari. Kataraktaning konservativ va jarrohlik davosi. Afakiya haqida tushuncha. Shishasimon tananing xiralanishi, distrofiyasi. Katarakta bilan kasallangan bemorlarni namoyish qilish. Kataraktaning turli davrlarida bemorlarni konservativ va jarrohlik usulida davolash va operasiyaga tayyorlash. Tomchi dorilarga resept yozish. Operasiyadan keyingi davrda bemorlarga bog‘lam qo‘yish, dori tomizish, ovqatlantirish va parvarish qilish.
|
6
|
N/A
2/4
|
2
|
8
|
Glaukoma (Nazla) G‘ilaylik. Ko‘ruv a’zosining o‘smalari
|
Ko‘z ichki suyuqligi almashinuvi va uning bosimi haqida qisqacha tushuncha. Glaukomani kelib chiqish sabablari, belgilari. Glaukoma tasnifi: tug‘ma glaukoma, birlamchi glaukoma, ikkilamchi glaukoma. Glaukomani tekshirish usullari. Glaukoma qattiq xurujining klinik belgilari. Glaukoma xurujining irit va iridosiklit bilan solishtirma tashxisi. Glaukomani davolash va oldini olish. Bemorlarni dispanser nazoratiga olish. G‘ilaylik turlari: yig‘iluvchi hamkor, yashirin g‘ilaylik, tarqaluvchi hamkor g‘ilaylik sababi, tekshirish usullari, klinikasi va davosi. Ambliopiya va falaj g‘ilaylik haqida tushuncha. Nistagm etiologiyasi va klinikasi. Xavfli va xavfsiz o‘smalar sababi, klinikasi. Bemorlarni davolash usullari. Bemorlarni davolashda o‘rta tibbiy xodimning roli.
|
6
|
N/A
2/4
|
2
|
9
|
Ko‘ruv a’zosining shikastlari va unda tez tibbiy yordam ko‘rsatish. Oftalmologik ekspertiza
|
Ko‘z yordamchi qismlari shikastlanishi, ko‘z soqqasini shikastlanishi. Ko‘zning mayda, o‘tkir va o‘tmas jismlardan shikastlanishi. Ko‘z soqqasi yordamchi qismlarining turli darajada, kislota, ishqor va nurlardan kuyishi, klinikasi, davosi va yordam ko‘rsatish. Oftalmologik ekspertiza. Ko‘zi shikastlangan bemorlarni ko‘rsatish. Ko‘ruv organi shikastlarida birinchi yordam ko‘rsatish. Ko‘zning kislota, ishqor va issiqlik natijasida kuyishida tez yordam ko‘rsatish. Ko‘zni teshib kirgan jarohatlarda birinchi yordam. Ko‘z shikastlarini oldini olishda o‘rta tibbiy xodimning roli. Oftalmologik ekspertiza va nogironlikka o‘tkazish sabablari. Nogironlik toifalari. Xujjatlarni to‘ldirish. Kriminal xolatlarda xujjatlarni tuldirish tartibini , kimga murojat etishni va unda kullaniladigan ehtiyot choralar.
|
6
|
N/A
2/4
|
3
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |