U s t o z l i к
Shogirdlaringizdan ranjimang. Payg‘ambarlar
shogirdlarining oyog‘ini yuvgan, lekin ularni ham shogirdlari
sotgan.
T a r b i ya
Birovlarga ustozlik yukini zimmangga olsang, bilginki, ulardan ham tarbiya olasan. Aslida odamning butun umr
yo‘li tarbiyadan iborat.
X a t o l i к
Xato qilish ayb emas. Undan saboq olmaslik, uni tuzatmaslik yoki birovga to‘nkash ayb.
А А Т Т*
Л u h va n a f s
Odam bir tomondan ruhga, ikkinchi tomondan nafsga bog‘langan. Agar ruhga bog‘langan ip uzilsa, u faqat bitta
narsaga bog‘lanib qoladi.
•4M a n s a b va b o y l i к
Mansab va boylik bilan orttirilgan obro‘ hamda do‘stlik ular bilan bir vaqtda ketadi. Ilm, hunar va mehnat bilan orttirilgani esa butun umr, hatto dunyodan o‘tgandan so‘ng
ham qoladi.
4* 4“
M u j a s s a m l i к
Bir odamda ham insoniylik, ham olimlik, ham rahbarlik mujassam bo‘lishi juda noyob hodisadir.
Agar sizga ilm nuri tushib, rahbarlikka layoqatsiz bolsangiz hech qachon mansabga intilmang.
Agar rahbarlik, yetakchi (lider)lik qobiliyatingiz bo‘lib, ilmga rag‘bat va sabringz bo‘lmasa, soxta olimlikka intilmang.
Har ikkalasi ha,m buyurilmagan bo‘lsa, yaxshi INSON bo‘lib qolishga harakat qiling.
M u r a к к a b l i к
O‘qitayotgan fanlarim bo‘yicha savol-javobda qiynalmadim,
lekin bir talabamga «yashashdan maqsad pul topish
emas, pul maqsad emas, balki maqsadga erishish
vositasi» ekanligini tushuntirish ancha qiyin bo‘lgan.
K a s b
Hisob-kitob va moliya fanlari bilan shug‘ullanib, pul haqida
juda ko‘p bilimga ega bo‘lasiz, lekinpulga yolchimaysiz.
T a s к i n
«Oqishning kechi yo‘q» deb, koproq ko‘ngilga taskin berish
uchun aytiladi. Aslida hamma narsaning o‘z vaqti bor.
о
Mushohada uchun savollar
Ilmda ahloq-odob me’yorlari deganda nimani tushunasiz?
Ilm bilan shug‘ullanuvchilarda qanday ijobiy xislatlar bo‘lishi va qanday salbiy hislatlar bo‘lmasligi lozim?
Ko‘chirmachilik (plagiat) va ko‘chirmachi (plagiator) so‘zlarining mazmuni nimadan iborat?
Ko‘chirmachilik (plagiat) qanday qonuniy oqibatlarga olib kelishi mumkin?
Iqtibos (sitata) so‘zining mazmuni nimadan iborat?
Ilmiy ishda iqtiboslar keltirishda qanday qoidalarga rioya qilish zarur?
Ilmiy faoliyatda mukammallikka erishishda kitob o‘qishning ahamiyati qanday?
Ustoz kim? Shogird kim? Ustoz-shogirdlik qanday taomillarga asoslanadi?
Ustozning shogird oldidagi va shogirdning ustozi oldidagi burchlari nimalardan iborat?
XULOSA O‘RNIDA
MuailiffUcriashdan bezor bo-^iganuia xulosa yozishgakirishadu
M.Mafsa
Kitobning boshlanishida unga «So‘zboshi» yozishga jur’at qila olmaganimizdek, uni yakunlashda ham «Xulosa» emas, «Xulosa o‘rnida» baholi qudrat umumlashtirgan flkr-mulohazalarimizni bayon qilamiz. Chunki bunday hamisha dolzarb, o‘ta murakkab, keng qamrovli va teran masalaga oid muammolarni faqat biz ko‘tarayotganimiz yo‘q va xulosasini ham biz qila olmaymiz. Ularga bundan keyin ham ko‘p marotaba qaytilishi aniq.
Ilmiy faoliyatga kirishdan oldin umumilmiy atamalar(ilm, fan, ta’lim, ilmiy faoliyat, innovatsiya faoliyati va b.) mazmunini chuqur tushunish zarur. Shuningdek, ilm-fan va ilmiy faoliyatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini aniq bilish lozim.
Ilmiy faoliyat - bu tabiat evolyutsiyasi va jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlarini kashf etib, insonning biologik va ijtimoiy ehtiyojlarini ta’minlash, insoniyatning tafakkur xazinasi - fanga ulush qo‘shadigan ongli faoliyat hisoblanadi. Shunday ekan, bu faoliyatning, aniqrog‘i ilmiy faoliyatining o‘zini oqilona tashkil etish natijasida insoniyat hayot kechiradigan tabiiy muhitni asrab avaylash, ijtimoiy makonni taraqqiy ettirish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish va hayot sifatini yaxshilashni hamda ma’naviyatni yuksaltirishni ta’minlaydigan bilimlar olinadi.
Innovatsiya - bu ijodiy-intellektual faoliyatning yakuniy natijasi bo‘lib, yangi yoki takomillashgan mahsulot ko‘rinishida mujassamlashadi va bozorda sotishga mo‘ljallanadi yohud amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki takomillashgan texnologik jarayon hisoblanadi.Innovatsiyaning muhim xususiyatlari, mezonlari - g‘oyaning yangiligi va amalga oshishi, amaliy faoliyatga, yangi mahsulot yoki jarayonlarga safarbar qilinishi, bozorda o‘z o‘rnini topishidan iborat.
Ilmiy faoliyatda fanning falsafiy masalalarini, falsafani (barcha fanlarning umummetodologik asosi sifatida!) va ilmiy-tadqiqot metodologiyasini chuqur o‘zlashtirish zarur. Shu o‘rinda ozgina «lirik chekinish» qiladigan bo‘lsak, falsafa bu keng ma’noda hayot haqidagi fan, hayot esa uzluksiz va bardavomdir. Shunday ekan bu yo‘lda yangi bilimlarni barpo qilish barobarida fan ham o‘zgarib boradi va ayni vaqtda uning o‘zida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida yangi bilimlar barpo bo‘ladigan ob’ekt sifatida ham e’tiborga loyiqdir. Iqtisodiy fanlar sohasidagi tadqiqotchilar «Iqtisodiyot nazariyasi» fanini, tegishli tarmoq iqtisodiy fanlarning nazariy, normativ-huquqiy va uslubiy asoslarini mukammal bilishlari hamda amaliy tajribaga ega bo‘lishlari kerak.
Nazariya - ilmiy bilimning eng mukammal shakli, amaliyotda sinalgan, haqiqatda yaxlit rivojlanayotgan tizimi, real olamdagi predmetlar va hodisalarning muqarrar, muhim xususiyatlari, aloqadorliklari, munosabatlaridir.
Ilmiy ishning «nazariy ahamiyati» tadqiqot natijasida «ilm imorati» uchun yangi «g‘isht» yaratilganligini bildirsa, «amaliy ahamiyati» ushbu «g‘isht»ni imoratning qaysi joyiga qo‘yish mumkinligini bildiradi.
Tadqiqot mavzusini shakllantirishda uning dolzarbligi, qay darajada o‘rganilganligi, maqsadi, vazifalari, ob’ekti, metodlari, gipotezasi bitta nuqtaga, ya’ni tadqiqot predmetiga, aniqrog‘iga ilmiy yechimi izlanayotgan muammoga qaratilishi lozim. Tadqiqotning har bir bosqichida olingan natijalar ilmiy jamoada ochiq, xolis muhokama qilinib, keyin e’lon etilishi zarur. Ilmga yot boshqacha soxta yondashuvlar g‘ayriilmiy xulosalarga va natijada fanni hamda olimlarni obro‘sizlantirishga olib keladi.
Ishlab chiqarish vujudga keltirayotgan muammolarni fan tadqiq qilib, yangi bilimlar (yangi uslublar, texnologiyalar, navlar va h.) barpo qiladi va yana amaliyotga beradi. Bu bilimlarning haqiqiy ekanligi amaliyotda sinovdan o‘ta olishi, samara keltirishi, kenroq ma’noda hayot sifatini yaxshilay olishi bilan belgilanadi. Shu bilan birga, fanda barpo qilingan yangi bilimlar tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim jarayoniga ham tatbiq qilib borilishi tayyorlanayotgan kadrlarning malakali va raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlaydi.
Yuqoridagi xulosaning mantiqiy va uzviy davomi-ta’lim jarayonining sifatli o‘quv-uslubiy, dasturiy va kadr ta’minoti. Birinchi navbatda, o‘zining aniq predmeti va metodi, funktsiyalari, printsiplari, qo‘llash ob’ektiga ega bo‘lmagan, sun’iy ravishda kiritilgan, bir-birini takrorlaydigan fanlarni qisqartirish, fanlarning ichki tuzulmasi va fanlararo uzviy aloqadorlik va izchillik ta’minlanishi lozim. Har bir fan bo‘yicha mazmuni teran, mantiqiy izchil va «tili» ravon darsliklar ta’minoti zarur. Yaqin kelajakda ta’lim jarayoni pedagogik, texnologik va boshqaruv innovatsiyalariga asoslangan universitet modeli yaratiladi.
«Ilm-fan, ta’lim va amaliyot integratsiyalashuvi» jozibador jumla sifatida ishlatilmasdan, ular o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlaydigan normativ-huquqiy, ilmiy-uslubiy va moliyaviy-iqtisodiy ta’minot masalalari hal etilishi hamda tashkiliy tadbirlar amalga oshirilishi talab etiladi. Ta’bir joiz bo‘lsa, ular «et bilan tirnoqday» bo‘lishi lozim. Ilm-fan amaliyot va ta’limda vujudga kelayotgan muammolarning yechimini topishi kerak, aks holda u «soxta ilmkashlik» hisoblanadi.
9.Ilmiy ishni yozish jarayonida iqtiboslar keltirish Siz tadqiq qilayotgan masalaga boshqa olimlarning yondashuvlarini chuqur o‘rganib, o‘z munosabatingizni bildirish, mualliflik yondashuvlaringizni shakllantirishingiz uchun zarur. Shuningdek, iqtiboslar Siz bayon qilayotgan fikrni, sohaning mumtoz maktabiga asos solgan, taniqli olimlarning fikrlari bilan quvvatlantirish uchun ham qo‘llaniladi. Lekin, sayoz, xom fikrni boshqalar fikri bilan xas-po‘shlash uchun emas.
Ilm egallash asnosida chuqur nazariy bilim, puxta uslubiy ta’minot va katta amaliy tajriba bilan birgairodali, sabr-qanoatli bo‘lish va axloqiy me’yorlarga rioya qilish ham lozim.
«Ruhing mahkam bo ‘lsin, bu yerda faqat;
Yengmasintahlika, bo ‘Ibutkulogoh»127 Kitobni shu joyigacha diqqat bilan o‘qib, keyingi ilmiy faoliyatingiz uchun ma’lum darajada madad olgan bo‘lsangiz, demak, ruhingiz va irodangiz mustahkam! Sizga ilm egallashdek sermashaqqat, xayrlik va ezgulik yo‘lidagi ishlaringizda yana bir bora omad tilayman. Ilmingiz ziyoda bo‘lsin, aziz o‘quvchim. «Kimki ilm olgan bo'lsa, payg‘ambar(as)dan to'liq meros olibdi»128.
FOYDALANILGAN ADABIY OTLAR RO‘YXATI
Узбекистон Республикасининг Жиноят Кодекси: - Т.: «Адолат», 2015 й. - 480 б.
о
Узбекистон Республикаси ^онуни «Илм-фан ва илмий фаолият
о
тугрисида», 2019 йил 29 октябрь, № УР^, - 576. www. lex.uz.
о
Узбекистон Республикаси ^онуни «Давлат-хусусий шериклиги
о
тугрисида», 2019 йил 10 май, № УР^, - 537. www. lex.uz.
о
Узбекистон Республикаси ^онуни «Муаллифлик хукуки ва
о
турдош хукук-лар тугрисида», 2006 йил 20 июль, № УР^, - 42. www. lex.uz.
о
Узбекистон Республикасининг аграр конунчилиги: кулланма/тузувчилар: М.Тешабоев, Т.Фармонов, И.Холмирзаев ва б. - Тошкент: Baktriya press, 2013. - 480 б.
о
Узбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7
VJ
февралдаги «Узбекистон Республикасини янада ривожлантириш буйича Хдракатлар стратегияси тугрисида» ПФ-4947-сонли Фармони. www. lex.uz.
о
Узбекистон Республикаси Президентининг2017 йил 16- февралдаги «Олий укув юртидан кейинги таълим тизимини янада такомиллаштириш тугрисида» ПФ-4958-сонли Фармони. www. lex.uz.
о
Узбекистон Республикаси Президентининг2017 йил 20 апрелдаги
2909-сонли ^арори «Олий таълим тизимини янада
ривожлантириш чора-тадбирлари тугрисида», Халк сузи, 2017 йил 21 апрель, № 79 (6773)
о
Узбекистон Республикаси Президентининг2017 йил 27 июлдаги 3151-сонли ^арори «Олий маълумотли мутахассислар тайёрлаш сифатини оширишда иктисодиёт соуалари ва тармокларининг иштирокини янада кенгайтириш чора-тадбирлари тугрисида». www. lex.uz.
Ризк-рузимиз бунёдкори булган кишлок хужалиги ходимлари мехнатини улуглаш, соха ривожини янги боскичга кутариш-асосий
о
вазифамиздир. Узбекистан Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг ^ишлок хужалиги ходимлари кунига багишланган тантанали маросимдаги нутки, Халк сузи, 10 декабрь 2017 й. №248(6942), 1-3 б.
о
Узбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси, Халк сузи, 23 декабрь 2017 й. №258 (6952), 1-5 б.
Узбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг 2017 йил
22 майдаги 304-сон «Олий укув юртидан кейинги таълим тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари
тугрисида»ги ^арори. www. lex.uz.
Узбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг 2018 йил 7 майдаги 3698-сон «Иктисодиёт тармоклари ва сохаларига инновацияларни жорий этиш механизмларини такомиллаштириш буйича кушимча чора-тадбирлар тугрисида»ги ^арори. www. lex.uz.
о
Узбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 21 сентябридаги «2019-2021 йилларда Узбекистон Узбекистон Республикасини инновацион ривожлантириш стратегиясини тасдкилаш тугрисида» ПФ-5544-сонли Фармони www. lex.uz.
Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч.-Т.: «Маънавият», 2009. -176 б.
Ш.Мирзиёев. Танкидий тахлил, катъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - хар бир рахбар фаолиятининг кундалик коидаси булиши керак. Тошкент, «Узбекистон», - 2017 й. - 104 б.
Фан доктори илмий даражасини олиш учун белгиланган асосий мезонлар. Диссертация ва авторефератни
о
расмийлаштириш коидалари.Услубий курсатмалар. -Т.: УзР ОАК, 2013. - 84 бет.
VJ
Узбекистон Республикаси Вазирлар Махкамаси хузуридаги
VJ
Олий аттестация комиссиясининг низомлари / Узбекистон Республикаси Вазирлар Махкамаси хузуридаги Олий аттестация комиссияси. - Тошкент: Specturum Media Group 2016 -144 б.
Ал-Бухорий, Абу Абдуллох Мухаммад ибн Исмоил. Сахихи
о
Бухорий: Ал-жомиъ ас-сахих: 2 китоб. -Т.: «Узбекистон Миллий энциклопедияси», 2008, - 624 б..
Дусмуратов Р.Д. Илм-фан, таълим ва амалиёт интеграциялашувининг муаммолари. -Т.: «Fan va texnologiya», 2014, - 60 бет.
Дусмуратов Р.Д. Мен бормен илм толиби. -Т.: «Fan va texnologiya», 2016, - 64 бет.
Дусмуратов Р.Д. Махола ёзиш хахида махола (ёки илмий
махола хандай ёзилади ва расмийлаштирилади?). Talim, fan va innovatsiya Маънавий-маърифий, илмий-услубий журнал,
2017/3-сон. 3-8 б.
Dodgson M. Themanagament of technological innovation: An international and strategic approach -Oxford University Press, 2000, 248 p.
Jo’rayev T.,Tojiboyeva D. Iqtisodiyot nazariyasi (ko’rgazmali va tarqatma materiallar). 2011, 332 bet.
Зиёмухаммадов Б. Комилликка элтувчи китоб. -Тошкент: «TURON-IQBOL» нашриёти, 2006 й. -345 б.
Инновационный менежмент: Учебник для вузов / Абрамешин А.Е., Воронина Т.П., Молчанова О.П., Тихонова Е.А., Шленов Ю.В., Под редакцией д-ра экон. наук, проф, О.П.Молчановой. - М. :Вита-Пресс, 2001. - 272 с.: ил.
Cooke Ian, Mayers P. Introduction to Innovation and Technology Transfer Boston Artech House, Inc., 1996, 235 p.
Медынский В.Г., Ильдеменов С.В. Реинжиниринг
инновационного предпринимательства.-М.: ЮНИТИ, 1999,
413с.
Н.А.Шермухаммедова. Илмий тадхихот методологияси.
Дарслик. - Т.: «Fan va texnologiya», 2014, 512 бет
N. Gregory Mankiw. Principles of Economics, 7th Edition. Amazon, USA 2014.
Razzoqov A., Toshmatov Sh., O’rmonov N. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik (lotin yozuvida). - T. «Iqtisod-moliya», 2007. -320 b.
Сaмуэлсoн Шл Э., Нoрдхaус Вилям Д. Экoнoмикa. Учебник. 18е изд. Пер. С aнг.-М.: OOO «ИД. Вилямс», 2009.- 1360 с.
Твисс Б. Управление научно-техническими нововедениями.- М.:Экономика,1989.
Тошболтаев М. Олим, илм, кашфиёт ва тараккиёт. - Тошкент: «Фан», 2012. - 152 б.
Тошболтаев М. Илмий тадкикот: туркумлари, хусусиятлари, индикаторлари. - Т.: «Fan va texnologiya», 2017. - 208 бет.
Худокормов А.Г. Экономическая теория: Новейшие течения Запада.- М.: ИНФРА-М, 2009. - 416 с.
о
Улмасов А., Вауобов А.В. Иктисодиёт назарияси. Дарслик. - Т.: «IQTISOD-MOLIYA», 2014. - 480 б.
Do'stlaringiz bilan baham: |