Biotransformatsiya
(metabolizm
) dori moddalarning fizik-kimyoviy va biokimyoviy o‘zgarishlarining yig‘indisidir.
Moddalar biotransformatsiyasida polyar suvda eriydigan birikmalar ( metabolitlar) xosil bo‘ladi.
Ko‘pincha metabolitlar boshlang‘ich dori moddalariga qaraganda kam faollikka va zaxarlilikka
egadirlar. Masalan, lidokainni og‘izdan qabo‘l qilinganda uning metabolitlari zaxarlilik xususiyatini
namayon qilib sudorgi chaqirgan.
Ammo ba’zi dori moddalarning biotransformatsiyasi nisbatan faol metabolitlarning xosil
bo‘lishiga olib keladi. Masalan,novokainamidning metaboliti xuddi o‘ziga o‘xshash ta’sirga ega,
verapamil metobolitining faolligi esa preparatning faolligiga qaraganda yuqori bo‘lgan.
Dori moddalar metabrolizmi asosan jigarda, shuningdek, buyrak (imipenem), qon plazmasi va
boshqa to‘qimalarda ham sodir bo‘ladi.. Ba’zan esa ichakda ichak bakteriyalarning ta’siri ostida
(metotreksat, levodopa). Buning natijasida moddalarning absorbsiyasi pasayadi (aminazin).
Dori moddalarning biotransformatsiyasida ko‘pgina fermentlar ishtirok etadilar. Ular orasida
jigarning mikrosomal fermentlari aloxida o‘rin tutadi. Ular organizm uchun yot bo‘lgan (turli
kimyoviy tuzulishga ega bo‘lgan) lipofil birikmalarni gidrofil xolatgacha metabolizmga uchratadi.
Ularda substrat xususiyligi yo‘q. Dori moddalar, ayniqsa gidrofil birikmalar biotransformatsiyasida
turli mikrosomal bo‘lmagan fermentlar (jigar, ichak, boshqa to‘qimalar, shuningdek plazma) muhim
rol o‘ynaydi.
Organizmida dori moddalar ikki xil kimyoviy o‘zgarishga uchraydi:
14-
-
British Pharmacopoeia 2009, Volume I & II.
127
1.
Metabolik transformatsiya (sintetik bo‘lmagan o‘zgarishlar- endoplazmatik fermentlar
ishtirokida boradigan mikrosomal reaksiyalar).
2.
konyugatsiya (sintetik reaksiyalar – dori moddasining endogen substratlar yoki kimyoviy
guruxlar bilan boradigan reaksiyalar).
Dori modda biotransformatsiyalanishidagi o‘zgarishlarning turiga qarab ketabolizm va
anabolizmga bo‘linadi.
Anabolizm – dori moddadan murakkab moddalar hosil bo‘lishi.
Ketabolizm – degidratatsiya, parchalanish reaksiyalari natijasida turli fragmentlarning hosil
bo‘lishidir.
Metabolik transformatsiya – bu dori moddalarning oksidlanishi, qaytarilishi va gidrolizi hisobiga
bo‘ladigan o‘zgarishidir.
Masalan imizin, efedrin, aminazin, gistamin, kodein oksidlanish jarayoniga uchraydi. Oksidlanish
jarayoni mikrosomal oksidazalar hisobiga NADF, kislorod va sitoxrom R-450 ishtirokida jigarda ro‘y
beradi va natijada organizmga yot bo‘lgan ksenobiotiklar hosil bo‘ladi (grek. Xenos –yot, bios-
hayot).
Qaytarilish bilan boradigan biotransformatsiya NAD-N va NADF-N kofermentlari ishtirokida
amalga oshadi.
NAD-nikotinamid - adenin-dinukleotid
NADF - nikotinamid - adenin-dinukleotid-fosfat
128
O
H
H
H
H
O
H
H
H
H
СН
2
О
Р
О
О
О
N
P
O
HO
O
СН
2
OH
OH
CONH
2
OH
OH
N
N
N
N
NH2
Qaytirilish jarayoniga xlogralgidrat, levomitsetin, nitrozepam va b. Kabilar uchraydi. Bu jarayon
nitro- va azoreduktaza va boshqa fermentlar ta’sirida sodir bo‘ladi.
Murakkab efirlar novokain, atropin, atsetilsalitsil kislotasi va b.) va amidlar (novokainamid)
esteraza,
karboksileteraza,
amidaza,
fosfotaza
fermentlari
ishtirokida
gidrolizlanadilar.
Konyugatsiya – bu biosintetik jarayon bo‘lib, dori modda yoki uning metabolitlariga kimyoviy
gurux yoki endogen birikmalar molekulalarining birikishi hisobiga amalga oshadi. Masalan,
metillanish (gistamin, katexolamin), glyukuron kislotasi (morfin, oksazepam), sulfatlar (levomitsetin,
fenol), glyutation bilan birikish reaksiyalari va b. Konyugatsiyalanish orqali organizmdan estrogenlar,
progesteron, opiy alkaloidlari, barbituratlar, antibiotiklar va b moddalar chiqib ketadi.
129
Morfinning asosiy metabolitlanish yo‘li konyugirlanish bo‘lib morfin-3-glyukuronid, morfin-6-
glyukuronid va morfin-6- va morfin-3-sulfatlar hosil qiladi. Bundan tashqari N-demetillanish
natijasida - normorfin, 3-o-metillanish natijasida - kodein, N-oksidlanish natijasida N-oksid morfin
hosil bo‘ladi.
130
O
N
CH
3
O
N
O
CH
3
O
N
O
CH
3
O
3
СH
HO
O
HO
N
CH
3
HO
HO
Кодеин
Морфин
конъюгатлар
HO
глюкурон кислота
глюкурон кислота -
глюкурон кислота -О
Сульфат кислота билан коньюгатлар
O
N-CH
O
NH
HO
HO
3
O
HO
Норморфин
Морфин-N-оксид
коньюгатлар
Geroin – Diatsetilmorfin - organizmda tez parchalanuvchi va tez ta’sir etuvchi analgetik.
Qonda geroin tez gidrolizlanib 6-o-monoatsetilmorfinga, so‘ngra morfinga o‘tadi.
Uning yarim chiqib ketish davri - 3 minut. Qabul qilingan geroinning 80% i 24 soat ichida
peshob bilan chiqib ketadi.
Metabolitik transformatsiya va konyugatsiya jarayonlari natijasida dori moddalar yanada polyar
va eruvchan metabalitlar va konyugatlarga aylanadilar , bu o‘zgarishlar natijasida moddalarni
keyinchalik organizmdan chiqib ketishiga imkon yaratadi. Ma’lumki buyraklar orqali asosan gidrofil
moddalar chiqib ketadi, lipofil birikmalar esa buyrak kanalchalarida sezilarli darajada qayta so‘riladi
(reabsorbsiya).
Metabolitik transformatsiya va konyugatsiya jarayonlari natijasida dori moddalar o‘z biologik
faolligini yo‘qotadi.
131
Metabolitik transformatsiya va konyugatsiya jarayonlariga ba’zi omillar ta’sir etadi. Masalan,
agar jigarda patologik o‘zgarishlar bo‘lsa mikrosomal fermentlarning faolligi kamayadi va natijada
qator dori moddalarning ta’sir muddati uzayadi.
Mikrosomal fermentlarning faolligiga ta’sir etishiga qarab dori moddalar 2 guruxga bo‘linadi:
•
ingibitorlar - mikrosomal fermentlarning faolligini susaytiruvchi moddalar ; bo‘larga
indometatsin, levomitsetin, tetratsiklin, eritromitsin va b.
•
Induktorlar - mikrosomal fermentlarning faolligini kuchaytiruvchi moddalar; bo‘larga
antidepressantlar, barbituratlar, neyroleptiklar, butadion va b. Induktorlar na faqat metabolizmni
tezlashtiradi balki moddalarni va induktorlarning o‘zlarini ham safro bilan chiqib ketishiga yordam
beradi.
Dori moddalar bitransformatsiyasiga shuningdek organizmning yoshi, jinsi, atrof-muxit,
ovqatlanish sharoiti, kasalliklari kabi.
Dori moddalar metobolitlarini o‘rganishda hozirgi kunda zamonaviy tahlil usullaridan biri
bo‘lgan YUSSX.GSX, GX, xromatografiya usulining turli xil uslublari, Mass spektromeriya, xromato-
mass-spektrometriya usullari keng qo‘llanilmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |