111
tushishi, qurib qolishi va so‘rilish xususiyatining yo‘qolishi, bir xilda aralashmaganligi, rang va
xidining o‘zgarishidir. Agar vizual tekshirishda falsifikat yoki soxta ekanligi aniqlanmasa unda
laborator tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Dorivor o‘simliklar
Dorivor o‘simliklar tabiiy droi vositalaridan xisoblanib, ular keng farmakologik faollik va
bezararlikga ega. Ammo bunday dori vositalarining qalbikilashtirilishi noxush oqibatlarga olib kelishi
mumkin. Qalbakilashtirilgan dorivor o‘simliklarni viziual usullar yordamida tekshirilganda ularning
o‘simlikning boshqa organlari, mineral va organik yot aralashmalar bilan ifloslanganligi, turli
zararkunandalar bilan zaralanganligi, rang va xidining o‘zgarishiga ahamiyat berish kerak.
Agar dori vositalarini organoleptik tahlil qilinganda ularning falsifikat yoki soxtaligini aniqlash
qiyin bo‘lsa unda tahlilning ikkinchi bosqichiga o‘tiladi. Ikkinchi bosqich “Dori-Darmon” OAJ
qoshidagi nazorat-analitik laboratoriyalar tomonidan dastlabki ekspress-tahlil usullari yordamida,
keyinchalik esa barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha MH ning talablariga mosligi tekshiriladi. Ikkinchi
bosqichda qalbakilashtirilgan yoki standartga mos kelmaydigan dori vositalarining asosiy miqdori
aniqlanadi. Lekin dori vositalarining MH to‘liq mos kelishi ularning qalbaki emasligini to‘liq
kafolatlab bera olmaydi.
Ikkinchi bosqichda olib borilgan tekshiruvlar natijasida aniq natija olish qiyin bo‘lganda
namunalar kerakli mutahassisga va asbob-uskunaga ega bo‘lgan laboratoriyaga, ya’ni O‘zR SSV
qoshidagi dori vositalari ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat Markazi laboratoriyasiga, shuningdek
regional laboratoriyalarga, ITI va OO‘YU laboratoriyalariga yuboriladi.Bu uchinchi bosqichda dori
vositasi zamonaviy yuqori sezgirlikka ega bo‘lgan usullarda maxsus tekshiruvlar yordamida
identifikatsiya qilinadi.
Qalbakilashtirish nafaqat dori vositalarining o‘ziga, balki ularning hujjatlariga ham kuzatiladi,
protokoldan boshlab to sertifikatigacha. Bunda sertifikat boshqa preparatga, boshqa dori shakliga va
butunlay boshqa protokol bilan kelgan doriga berilgan bo‘ladi. SHuning uchun dori vositasini
ishlatishdan avval ushbu dori vositasining barcha kerakli meyoriy hujjatlari talab etilishi kerak.
Hujjatlar tekshirilayotganda ularning sertifikat shtampiga, dori shakli nomi, seriyasi, shuningdek
sertifikatning MH talablariga mosligiga ahamiyat beriladi.
Qalbakilashtirish muammosini echishda dori vositasini ishlab chiqishdan boshlab to uni
istemolchiga etib kelguniga qadar bo‘lgan barcha bosqichlarida sifati kuchli nazorat etib turilishi talab
etiladi. Nazoratni olib borishda farm bozorga faqat sifatli, effektiv va bezarar dori vositasi kelishini
ta’minlovchi barcha mutasaddi tashkilotlar hamkorlikda olib borishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: