O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti


Dori vositalarining sifat standartlarini belgilash va ro‘yxatga olish



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/185
Sana11.04.2022
Hajmi4,77 Mb.
#542164
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   185
Bog'liq
dori vositalarining zamonaviy taxlil usullari fanidan oquv-uslubiy majmua

Dori vositalarining sifat standartlarini belgilash va ro‘yxatga olish 
FM, VFM va KFM tasdiqlangach, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash 
vazirligining Farmakopeya qo‘mitasi tomonidan tegishli belgi berilib, ro‘yxatga olinadi. 
Ularga belgi berilganida, dastlab O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 
indeksi, so‘ng hujjatga berilgan tartib soni va tasdiqlangan yili ko‘rsatiladi. 
Masalan: 
UFM (OFS), VFM (VFS), FM (FS) 
42Uz-0985-2001, bunda 
42-standartlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 
belgilangan indeks; 0985-hujjatning reestrdagi soni, 2001-hujjat tasdiqlangan yil. 
KFM belgilanganda, korxonaning kodi ham ko‘rsatiladi. 
Masalan:
KFM (FSP)-42Uz-14346847-0183-2000 
Bu belgida 14346847-korxonaning kodi. 
Dori vositalari sifat standartlariga o‘zgartirishlar kiritish tartibi. 
Ilm va texnologiya yutuqlaridan dori vositasining sifatini yaxshilash maqsadida foydalanish 
imkoniyati yuzaga kelganida yoki sifat ko‘rsatkichlariga aniqlik kiritish lozim bo‘lgan xollarda 
sifat standartlariga o‘zgartirish kiritiladi. 
Lekin bu o‘zgartirish mahsulot sifatining yomonlashishiga olib kelmasligi kerak. 
Sifat standartiga o‘zgartirishning birinchi beti tegishli shaklda rasmiylashtiriladi. 
Bo‘limlarning eski va yangi redaksiyadagi matnlari to‘laligicha keltiriladi. Sifat standartiga 
kiritiladigan o‘zgartirishning ekspertizasi standartlar uchun belgilangan tarzda amalga oshiriladi. 
Standart namunalar 
Standart namunalar dori moddasi fizikaviy-kimyoviy va biologik usullar yordamida tahlil 
kiliganda solishtirish uchun foydalaniladigan moddalardir. Standart namunalar shartli ravishda 
kimyoviy va biologik namunalarga bo‘linadi. Bir xil standart namuna biologik va fizikaviy-
kimyoviy tahlil uchun ishltilishi mumkin.


15 
2- Ashutosh Kar. Pharmaceutical Drug Analysis. New Delhi, 2005 y. 
Standart namunalar Davlat standart namunalari (GSO-DSN), ishchi standart namunalari 
(RSO-ISN) va guvox moddalarning standart namunalari (standartn
ыe obrazsы veщestv – 
svideteley SOVS-GMSN) ga bo‘linadi. 
Davlat standart namunalari farmakopeya maqolasi bilan tasdiqlanib, DSNning katalogiga 
kiritiladi. Ular dori vositasi uchun sifat standarti ishlab chiqqan korxona tomonidan tuziladi. 
Ishchi standart namuna sifatida odatda MX talabiga javob beradigan dori moddasidan 
foydalaniladi. Guvox moddaning standart namunasi uchun DSNni yoki ISNdan olish mumkin. 
Davlat standart namunasining yorligida uning faolligi yoki foiz miqdori ko‘rsatiladi. Agar bu 
qiymatlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, DSNsi 100%li deb hisoblanadi. 
Guvox moddaning standart namunasidan dori vositasi tarkibidagi yot aralashmalarni 
aniqlash maqsadida foydalaniladi. Davlat standart namunalari uchun me’yoriy texnik hujjatlar 
Dunyo Sog‘liqni saqlash tashkilotining Xalqaro standart namunalar uchun qo‘ygan talablarini 
e’tiborga olgan xolda ishlab chiqiladi. 
Britaniya farmakopeyasiga 500 ga yaqin, AKSH farmakopeyasida 1300 ta, Dunyo bo‘yicha 
esa 3700 dan ortiq dori vositalari va ularning aralashmalari uchun standart namunalar mavjud. 
Standart namunalarni yaratish va ishlab chiqarish jarayoni juda mashaqqatli va qimmat jarayon 
bo‘lib, ularning narxi dori vositalarning narxiga nisbatan bir necha marta yuqori bo‘ladi. Rossiya 
federatsiyasida 70 ga yaqin standart namunalar ro‘yxatga olingan. 
Har bir davlat standart namunasi uzining qo‘llanilishi soxasiga ega bo‘lib, ularni boshqa 
maqsadlarda, shu jumladan dori vositasi sifatida ham qo‘llash mumkin emas. Dunyo Sog‘liqni 
saqlash tashkilotining standart namunalar uchun qo‘ygan talablariga ko‘ra dori moddasining 
chinligini aniqlash maqsadida ishlab chiqarilgan SNdan uning miqdorini aniqlash uchun 
foydalanib bo‘lmaydi. DSST tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan «Dori vositalari sifatini nazorat 
qilish uchun qo‘llaniladigan Davlat standart namunalarini qayta ishlash, ishlab chiqarish va 
taqimlash bo‘yicha umumiy tavsiyalar»da DSNlarini baxolashning quyidagi tasnifi keltirilgan: 
1.
DSNlarning chinigini aniqlash uchun qo‘llaniladigan usullar. 
1.1.
IK-spektrometrik usul (standart spektr yoki DSNning attestatsiyalangan spektri 
bilan taqqoslash).
1.2.
YAdro magnit rezonansi spektrometrik usuli. 
1.3.
Mass-spektrometrik usuli. 
1.4.
Rentgen difraksion kristallografik usul. 
1.5.
Element tahlili. 
1.6.
UB-spektrometrik usul. 
1.7.
Boshqa usullar (masalan, titrimetrik usullar). 
2.
DSNlarning tozaligini aniqlashda qo‘llaniladigan usullar. 
2.1.
Xromatografik usullar. 
2.2.
Kapillyar elektrofarez usul. 
2.3.
Differensial skanirlovchi kolorimetrik usul. 
2.4.
Fazali eruvchanlik tahlili. 
2.5.
Spektroskopik usullar (UB-, IK-, YAMR-). 
2.6.
Titrimetrik usullar. 
2.7.
Optik burilishni o‘lchashga asoslangan usullar (polyarimetrik, xiral, xromatografik 
usullar). 
2.8.
Karl Fisher usuli bidan DSNsi tarkibidagi suvni aniqlash. 
DSNlarning tozaligini aniqlash qiymatlaridan foydalanib, SNning miqdori hisoblanadi. 
Davlat standart namunalarini qadoqlashda JMR talablariga rioya qilish kerak. 
Ularning turg‘unligi nuqtai i eng yaxshi konteyner payvandlangan shisha ampulalar 
hisoblanadi, lekin ular bir qator kamchiliklarga ega bo‘lish, ularga ampulani ochayotganda 
substansiyaning shisha bo‘laklari bilan ifloslanish xavfi va ampulani qayta yopishning 
murakkabligi kabilar kiradi. Ba’zi DSNlarni qadoqlash inert gaz oqimida yoki boshqariladigan 


16 
namli sharoitda o‘tkaziladi bu ish himoya kamerasida yoki maxsus byukslarda bajariladi. 
Ko‘pchilik DSNlari va yoruglikdan himoyalangan xolda +5
0
S haroratda saqlanadi. 
Davlat standart namunalarining stabilligi monitoringi DSSTning talabiga ko‘ra standart 
namunaning (sifati buzilib qolgan) aniq seriyasidan foydalanmaslik uchun kaytarib olish vaktini 
aniqlash uchun qo‘llaniladi. SNlar uchun «yaroqlilik muddati» degan tushuncha qo‘llanilmaydi. 
Tayyorlangandan so‘ng SNning seriyasi ikki teng bo‘lmagan qismlarga bo‘linib, bir qismi 
stabillik monitoringini amalga oshirish uchun qoldiriladi. SN sifatini biroz o‘zgarishi aniqlanishi 
bilan uning qo‘llanilishi tuxtatilib, ushbu seriyadagi ishlatilmagan standart namunalar o‘ramlarini 
yig‘ishtirib olish haqida xabar tarqatiladi. 

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish