O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/185
Sana11.04.2022
Hajmi4,77 Mb.
#542164
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   185
Bog'liq
dori vositalarining zamonaviy taxlil usullari fanidan oquv-uslubiy majmua

 
2-
 
MAVZU:
DORI VOSITALARI SIFAT STANDARTLARINI 
EKSPERTIZA QILISH VA RO‘YXATDAN O‘TKAZISH. DAVLAT 
FARMAKOPEYALARINING RIVOJLANISH KONSEPSIYALARI.
 
Reja: 
1.
Dori vositalari sifat standartlarini ekspertiza 
2.
Ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish 
3.
Standart namunalar 
Tayanch iboralar: 
me’yoriy texnik hujjatlar, farmakopeya, dori vositalarini ro‘yxatdan 
o‘tkazish, standart namunalar. 
 
Dori vositalarini sifat standartlarini ekspertizaga tavsiya etish va tasdiqlash 
Dori vositasi sifat standartini ishlab chiqqan korxona rahbari tomonidan imzolangan 
loyixasiga quyidagi hujjatlar qo‘shib topshiriladi:
-
dori vositalari va tibbiyot texnikasi sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasining boshligi 
nomiga ariza; 
-
aniqlashtirish xati; 
-
sifat standarti loixasida keltirilgan son ko‘rsatkichlarni tasdiqlovchi analitik jadvallar (dori 
vositasining kamida 5 ta seriyasida, immunobiologik preparatlar uchun esa namunaning 3ta 
seriyasida); 
-
dori vositasining ishlatilishi haqida yuriqnoma (yangi dori vositasi uchun); 
-
preparatning patent tozaligini tasdiqlovchi patent formo‘jyarlari yoki ushbu sifat 
standartining patent tozaligini tekshirish shart emasligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (yangi dori 
vositasi uchun); 
-
sifat standarti loixasida keltirilgan ko‘rsatkichlarni, Davlat farmakopeyasi va chet el 
farmakopeyalarida keltirilgan ko‘rsatkichlar bilan solishtirish jadvali; 
-
qadoqlangan va yorliqlangan dori preparatining namunalari. 
Dori vositasining sifat standarti loixasiga beriladigan aniqlashtirish xatida quyidagi 
ma’lumotlar bayon etiladi:
-
sifat standartini ishlab chiqqan korxonaning nomi; 
-
preparat sintezi yoki texnologiyasi haqida qisqacha ma’lumot; 


14 
-
dori vositasi yoki substansiyasi sifat standarti loixasida keltirilgan ko‘rsatgichlar va 
me’yorlarni aniqlash usullarining kengaytirilgan bayoni; 
-
sifat standartining loihasi qanday texnologik hujjatlar asosida namunaning nechta 
seriyasida ishlab chiqilganligi haqida ma’lumot; 
-
Davlat farmakopeyasining umumiy talablaridan chetlanish ko‘zatilgan taqdirda, bu xolat 
to‘la asoslanadi; 
-
Dori vositasining chet elda qo‘llaniladigan o‘xshashlari (analoglari) bo‘lsa, ularning 
sifatini solishtirib aniqlanganligi to‘g‘risida ma’lumot berilib, ushbu dori vositasi qaysi chet el 
farmakopeyasida yoki boshqa adabiy manbada keltirilganligi ko‘rsatiladi. 
Agar dori vositasi yangi bo‘lsa bu haqida ham ko‘rsatiladi. 
Aniqlashtirish xati va tahlil natijalarining jadvali sifat standartini loixasini ishlab chiqqan 
korxona rahbari tomonidan imzolanadi. 
Dori vositasining sifat standarti dori vositalari ekspertizasining Davlat markazi tomonidan 
tekshirilib, lozim bo‘lgan taqdirda boshqa ixtisoslik muassasalari ham jalb etiladi. 
Sifat standartining ekspertizasida loixaning ilmiy – texnik saviyasi, uning dori vositalari 
me’yoriy hujjatlariga qo‘yilgan zamonaviy talablarga mosligi tekshirilib quyidagilarga e’tibor 
qaratiladi: 
-
dori vositasining sifat me’yorlari va iste’molchi uchun qadoqlanishi DF va boshqa 
standartlarning talabiga mosligi; 
-
sifat me’yorlari qiymatlari, keltirilgan ko‘rsatkichlar va yaroqlilik muddatining 
asoslanganligi; 
-
kimyoviy nomenklatura, fizikaviy birliklarning qiymatlari, keltirilgan atamalarning 
aniqligi va bir xildaligi. 
Me’yoriy hujjatning ekspertizasida ishtirok etgan shaxslar ushbu ish jarayonida olingan 
ma’lumotlarning konfidensialligi uchun mas’uldirlar. UFM, FM va KFM farmakopeya qo‘mitasi 
tomonidan, Davlat farmakopeyasi esa O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni Saqlash Vaziri 
tomonidan tasdiqlanadi.


Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish