O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti



Download 118,14 Kb.
Sana14.02.2022
Hajmi118,14 Kb.
#448467
Bog'liq
CHAQALOQLARNI OVQATLANTIRISH

l


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI FARG'ONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INSTITUTI OLIY HAMSHIRALIK ISHI KAFEDRASI NEONTALOGIYA VA PEDIATRIYADA FANIDAN 15/19-GURUH TALABASI ROBIDDINOVA SHAHRIZODANING CHAQALOQLARNI OVQATLANTIRISH MAVZUSIDA TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
Bolaga navbatdagi profilaktik emlash kunidan avvalgi 1 haftada va yana keyingi 1 hafta ichida yangi ovqat mahsulotlarini berish ta’qiqlanadi.
Bir martalik oziqning umumiy miqdorini 50-200 grammgacha oshirishga erishilsa, ta’m qo‘shimchalari sifatida ratsionga o‘simlik moyi, saryog‘ hamda meva va uning sharbatlarini qo‘shish tavsiya etiladi.
Har doim yangi oziq-ovqat mahsulotini berishdan avval uni kam miqdorda, ya’ni 5-10 gr. berish zarur. Shundan so‘ng go‘dak ushbu mahsulotni qanday o‘zlashtirishini biroz kuzatib, hech qanday allergik reaksiya belgilari kuzatilmasa, berilgan mahsulot miqdorini oshirish mumkin. Sun’iy ovqat chaqaloqqa faqatgina qoshiqcha yordamida beriladi. Yangi ovqatni avvalgi berilgan mahsulotdan 3-4 hafta o‘tgach, bola ratsioniga qo‘shish talab etiladi.
Sun’iy ovqatlantirishni korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan bolalar ovqatlari bilan boshlash tavsiya etiladi. Sababi ular ekologik toza mahsulot bo‘lishi bilan bir qatorda vitamin va minerallar bilan boyitilgan. Agar ona chaqaloqni korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan sun’iy ozuqa vositalari bilan emas, balki uy sharoitida tayyorlangan ovqatlar bilan boqishni xohlasa, u holda sanitariya-gigiyena talablariga qa’tiy rioya etish talab qilinadi.
Bir vaqtda mittivoyga ikki xil yangi oziq-ovqat mahsulotlarini berish tavsiya etilmaydi. Sababi unda allergik reaksiya kuzatilsa, qaysi mahsulot tufayli bu holat yuzaga kelganini aniqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun ikkinchi yangi mahsulotni 10-14 kundan so‘ng berish lozim.
Chaqaloqqa 6-7 oyligidan boshlab asosiy oziq sifatida emas, balki desert sifatida meva va undan tayyorlangan sharbatlarni berish tavsiya etiladi.
Go‘dak ratsionidagi uchta asosiy sun’iy ovqatni (bo‘tqa, sabzavotlar, go‘sht) berishdan oldin qaysi mahsulot bilan qay mahal uni oziqlantirish borasida pediatr bilan maslahatlashib, ovqatlanish tartibini rejalashtirib olish zarur.
Bola bir yoshga kirgunicha ovqat tarkibiga shakar va osh tuzini qo‘shish tavsiya etilmaydi. U ovqatlangandan so‘ng oddiy qaynagan ichimlik suvini iliq holda berish tavsiya etiladi. Kompot, choy va boshqa mittivoyning ta’m bilish hissiga begona bo‘lgan ichimliklarni unga berish ta’qiqlanadi.
Uni 9-10 oyligidan boshlab mustaqil ovqatlanishga o‘rgating. Buning uchun kichkintoyga ikkita qoshiqcha va alohida likopcha ajrating (qoshiqning birida o‘zingiz bolani ovqatlantiring, ikkinchisida uning o‘zi ovqatlansin). Agar go‘dak kasal bo‘lib qolsa, uni vaqtinchalik ko‘krak suti yoki o‘zi yoqtiradigan biror mahsulot bilan ovqatlantiring. Sun’iy ovqatlarni faqatgina kasallikning o‘tkir shakli ortda qolgandan so‘ng berish mumkin.
Emizikli go‘dakda oila bilan birgalikda nonushta, tushlik va kechki ovqatlanish odati shakllanadi. Farzandingiz 3 yoshga to‘lmaguncha unga bulonlar berish ta’qiqlanadi. Bola yoshiga to‘lmasidan turib, unga suyuq sut mahsulotlari (sigir suti), berilmasligi kerak. Unga faqat o‘zi iste’mol qilib odatlangan oziq-ovqat mahsulotlaridan berish talab etiladi. Shuningdek, chaqaloq 1 yoshga to‘lmaguncha narine, biolakt, yogurt kabi mahsulotlarni ham berish mumkin emas.
Sun’iy ovqatlarni bolaga quyidagi holatlarda berish man etiladi: bola kasal bo‘lsa, issiq ob-havoda, profilaktik emlash davrida, mahsulotning yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa yoki uni tayyorlash va saqlashda talab etilgan qoidalarga amal qilinmasa.
Chaqaloq 6 oylik bo‘lmaguncha unga sun’iy ovqat bermaslik lozim. Ammo ba’zi hollarda tibbiy ko‘rsatmaga binoan go‘dak 6 oylik bo‘lguncha sun’iy ovqatlantirish mumkin. Shunday bo‘lsada, ushbu holatda ham mittivoyni bunday ovqatlantirish 4 oylikdan so‘ng amalga oshiriladi. Agar chaqaloq sog‘lom bo‘lsa, unga 6 oyligida sabzavotli pyure yoki glyutensiz sutsiz bo‘tqa berish mumkin. Tvorogni bola bir yoshga kirish arafasida berish lozim. Chunki, bu mahsulot unchalik ozuqaviy quvvatga ega emas. Shu bilan bir qatorda yuqori allergenlik xususiyatga ham ega. Go‘dakka 9 oyligidan boshlab nordon sut mahsulotlari, xususan, yog‘siz kefir va uning o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni berish tavsiya etiladi. Agar berilgan nordon sut mahsulotlari bolaga yoqmasa, uni ratsiondan olib tashlash zarur.
Farzandingiz bir yoshligida uni uch xil usulda ovqatlantirish darkor: tabiiy, sun’iy va aralash. Onada ko‘krak sutini kerakli miqdorda saqlab turish uchun har gal go‘dakni emizgach, undan so‘ng aralash ovqatlantirish ham tavsiya etiladi. Eng muhimi, bolani olti oygacha ona ko‘krak suti bilan emizib boqishi zarur.
Qo‘shimcha ovqatlantirish
Bola 5-6 oylik bo‘lganida qo‘shimcha ovqatlantirish tavsiya etiladi. Bunda bir qator minerallar (temir tuzlari, mis, kobalt, kalsiy, fosfor, magniy, marganes va boshqalar) hamda vitaminlarga boy mahsulotlar berish talab etiladi. Asosan o‘simlik mahsulotlari – sabzavotlar, mevalar, yormalar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari sun’iy oziqlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qo‘shimcha ovqat tarkibidagi klechatka jajji erkatoyning ichak faoliyatini yaxshilaydi. Bu esa asta-sekin bolani ko‘krak sutidan chiqarishda qo‘l keladi.
Tavsiyalar
Qo‘shimcha ovqatlar chaqaloqqa ko‘krak suti bilan emizishdan avval kam miqdorda 7-10 kun mobaynida (dastlab 2-3 choy qoshiqda, keyinchalik asta-sekin oshirib boriladi) tavsiya etiladi. Ovqatni qoshiqchada berish kerak. Doimo bolaning axlatini nazorat qilib borish lozim.
Download 118,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish