qonuniyatli aloqalarni topish qobiliyatida namoyon bo„ladi.
Xodimning tafakkuri
murakkab tezkor xizmat vazifalarini bajarish, amaliy muammolarni hal etishning
yangi yo„llarini topish qobiliyati.
Kasbiy tafakkurni faollashtirishning asosiy usullari quyidagilardan iborat
10
.
Kasbiy vazifani tushunish usuli.
Dastlab umumiy vazifani oddiy vazifalarga
bo„lish zarur.
Ishning tafsilotlari, ikir-chikirlariga e‟tibor berish, hech narsani
nazardan qochirmaslik, vazifani bajarishning bir necha variantlariga ega bo„lishga
harakat qilish kerak.
Masalaning yechimini topish usuli.
Avvalo, izlanishning dastlabki nuqtasi
ajratib olinadi, bunda izlash chegaralari aniqlanadi va tartibga solinadi. Izlash
yo„nalishlari tanlanadi, uyg„unlashtiriladi va qayta ko„rib chiqiladi.
Tekshirilayotgan hodisaning manzarasini fikran shakllantirish usuli.
Xodimdan umumiy manzara va undagi elementlarning
obrazli ishlovini amalga
oshirish hamda shu asosda tekshirilayotgan hodisaning qolipi (sxemasi)ni
shakllantirish talab etiladi (bu tezkor yoki taxminlar (tusmollar) shaklida amalga
oshirilishi mumkin). Hodisaning elementlari o„rtasidagi aloqalarni ko„rib chiqish
va ishlash, ularni bir butun ko„rinishga birlashtirish hamda asosiy bo„g„inni topish
zarur.
Tafakkurni yo‘naltirish usuli
tadqiq etilayotgan vaziyatda ruhiy yo„nalish
olish (masalan, gumon qilinuvchining xatti-harakatlari motiv- larini tushunishga
harakat qilish), shuningdek psixologik tahlil o„tkazish
va uning asosida
vaziyatning bundan keyingi rivojlanishini bashorat qilishdan iborat. Ba‟zi
murakkab vaziyatlarda refleksiya usulidan, ya‟ni raqib nuqtai nazaridan mulohaza
qilishdan foydalaniladi.
Tafakkur jarayonida nazoratni kuchaytirish usuli.
Xodim o„zini nazorat
qilishning so„zda ifodalangan formulalaridan («Men buni qanday qilib bajara
oldimq», «Nima uchun men bunday xulosaga keldimq» va h.k.) foydalangan holda
tekshirib turishi zarur. O„z xulosalari va baholarida subyektivlikka yo„l
qo„ymaslikka, shaxsiy moyillik va xusumatni yo„q qilishga harakat qilishi kerak.
Tafakkurni shakllantirish usullari:
1)
mustaqil fikr yuritish, javobgarlik hissini
anglash kabi shaxsiy
xususiyatlarni rivojlantirish;
2)
kasbiy masalalarni hal qilishda talab etiladigan bilim, ko„nikma va
tajribani egallashga harakat qilish;
3)
kasbiy masalalarni hal qilishda talab etiladigan bilim, ko„nikma va tajriba
egallashga harakat qilish;
4)
bir-biriga qarama-qarshi fikrlar chigalini yechish, qiyin, mavhum
vaziyatlarda yechim topish mashqlarini mukammallashtirish;
5)
mantiqiy
fikrlash, tafakkur operatsiyalar mohiyatini anglash, masalani
yechishdagi g„ayritabiiy usullar bilan tanishish;
Kishining butun hayoti uning oldiga hamisha jiddiy va kechiktirib
bo‟lmaydigan vazifalar va muammolarni qo‟yadi.
Bunday muammolarning,
qiyinchiliklarning, tasodiflarning yuzaga kelishi atrofimizdagi voqelikda hali juda
ko‟p noma‟lum, tushunib bo‟lmaydigan, kutilmagan, yashirin narsalar borligidan
dalolat beradi. Demak, olamni chuqurroq o‟rganib, unda odamlar va narsalarning
tobora yangi-yangi jarayonlarini, xususiyatlarini va o‟zaro munosabatlarini ochish
lozim. Tafakkur shuning uchun ham zarurki, hayot va
faoliyat davomida har bir
individ narsalarning qandaydir yangi, ilgari ma‟lum bo‟lmagan xususiyatlariga
duch keladi. O‟tmishdagi bilimlarimizning kamligi bilinib qoladi. Koinot cheksiz
bo‟lganidek, uni bilish jarayoni ham cheksizdir.
Tafakkur hamisha hali bilib
olinmagan, yangilikning ana shunday cheksiz chuqur jihatlariga qaratilgan bo‟ladi.
Tafakkur-jiddiy ravishda yangilikni qidirish va ochishga bog’liq, aloqador
psixik jarayondir, uning tahlili va sintezi jarayonida voqelikni bavosita va
umumlashtirib aks ettirish jarayonidir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida hissiy
bilishlardan paydo bo’ladi va hissiy bilish chegarasidan ancha tashqariga chiqib
ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: