O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi o’zbekiston davlat konservatoriyasi



Download 452,31 Kb.
bet2/6
Sana04.02.2022
Hajmi452,31 Kb.
#429669
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ijro mahoratini oshirishda gamma va mashqlarning ahamiyati (Автосохраненный)

Torli cholg’ularda

Tarixiy qo’lyozmalarda va adabiy asarlarda O’rta Osiyo xalqlari cholg’u ijrochiligi amaliyotida vujudga kelgan cholg’ularning nomlari o’z ifodasini topgan. Musiqiy risolalarda esa cholg’ularga tegishli (shakl, tuzilish, torlar nisbati, sozgarlik mezonlari, cholg’ular tayyorlashda ishlatiladigan daraxt va materiallar kabi) ma’lumotlar keltirilgan.
Ularda torli cholg’ulardan: borbad, ud, rud, qobiz, g’ijjak, navha, nuzxa, qonun, chang, rubob, tanbur, dutor.
XIX asr oxiri va XX asrning o’zida Chang va Qashqar rubobi shakllandi hamda cholg’u ijrochiligidan keng o’rin egalladi. Bugungi kunda ham torli tirnama cholg’ular anchayin takomillashgan. Ularning har birida ijro mahoratini oshirish uchun o’z uslublari hamda shakllari bor
Ijro mahorati xususida gapirishdan oldin torli mizrobli cholg’ular “постановка”si xususida to’xtalib o’tsak. Mizrobli cholg’ularning umumiy shaklga ega bo’lib asosan tovush rezanatori hisoblangan kosa xona, tovush pardalari joylashgan dasta va quloqlar turadigan bosh sohasidan iborat. Farqli tomonlari asosan shakl, tembr va torlarning soni va oylashuvlarida.
Rubob - birinchi juft tori birinchi oktava «1уа» tovushiga, ikkinchi juft tori birinchi oktava «mi» tovushiga, uchinchi tori kichik oktava «si» tovushiga sozlanadi. Bundan tashqari, qanday asar ijro etilishiga qarab, uchinchi tor kichik oktava «lуа» hamda ikkinchi tor birinchi oktava «re» tovushlariga ham sozlanishi mumkin.

Tanbur uch yoki to‘rt torli cholg‘u asbobi. Bu soz maqom ijrosi ancha an’anaviy bo'lgan O‘zbekiston va Tojikistonda dutorga nisbatan kengroq tarqalgan, asosan Buxoro, Samarqand va Toshkentda professional sozandalar orasida taomildadir.

Dutor — o‘zbek xalqining eng keng tarqalgan torli cholg'ularidan biri. Dutor — yakkanavoz, qo‘shiqchilarga jo‘r bo‘luvchi va ansambl cholg'u asbobi sifatida qo’llaniladi. Bugungi kunda qayta moderinizatsiya natijasida texnik ijro uchun mos tushadigan dutor alt soziga aylantirildi.
Dutor alt yozilganidan bir oktava past eshitiladi. Dutor alt, dutor prima orkestr jo‘rligida yirik asarlar (solo) chalishi mumkin. Dutor prima cholg’usida rus, chet el akademik musiqa asarlarining virtuoz qismlarini yorqin ijro etishmoqda.

Ushbu cholg’ular hozirda har biri o’z oilalariga ega cholg’ular sanaladi. Har birining o’z ijroviy imkoniyatlariga to’xtalib o’tsak
Masalan Rubob cholg’usi aslida texnik asarlarni bemalol ijro eta oladi. Bu uning tabiatiga xos. Ijrochi texnik imkoniyatini oshirish maqsadida bir qancha mashqlarni ijro etish lozim. Avvalo gamma barmoqlar uchun eng ma’qbul tanlov. Undan tashqari gamma cholg’uning aplikaturasini o’rganishdayam katta yordam beradi.

Gammadan tashqari mashqlar hamda har bir cholg’uning o’z shartli belgilari mavjud. Rubob cholg’usida shartli belgilar quydagicha:

Ijro mahoratida zarblar ham alohida o’rin tutadi. Rubobda yakka zarb, qo’sh zarb, zarbi parron, rez, bilakzarb, teskari zarb, ufor zarblar mavjud:
Yakka zarb. Bu zarb tovush chiqarishning eng oddiy usuli bo‘lib, noxunni rubob simiga yuqoridan pastga qarata dona-dona urish bilan bajariladi.

Qo'shzarb. Bu zarb usul noxun bilan rubob simini yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga bir tekisda urish bilan bajariladi.

Zarbi parron. Bunda asosiy tovushni uni oldida turgan qo‘shimcha qisqa tovush bilan qo‘shib (forshlag) chalish ko'zda tutiladi. Zarb qo‘shimcha tovushda yuqoriga qarata va asosiy tovushda pastga qarata uriladi.

Rez. Bu zarb noxun bilan simga oldinma-ketimlik bilan past va yuqoriga tez zarb berish (tirrillatish) orqali amalga oshiriladi.

Bilak zarb. Bunda noxunni simlar bo‘ylab yuqoridan pastga sirg‘atma bilan (arpedjato) yumshoq harakatlantirish nazarda tutiladi.

Teskari zarb. Bu zarb sinkopali ritm xarakteriga ega bo‘lib 1, 4, 7 — zarblar urg‘u (aksent) bilan chalinadi. 1, 3, 4, 6, 7 — zarblar pastga, 2, 5, 8 — zarblar esa yuqoriga uriladi.

Ufor zarb. ritm o‘zbek xalq raqslari uchun xarakterli bo'lgan ritmdir. Ufor zarb asosan ikki usul bilan ijro etiladi:

Gamma ijro etganda aynan mana shunday zarblar bilan alohida, alohida qilib turlicha variantlarda ijro qilgan ma’qul. Ayniqsa rez bilan ijro etish ikkala qo’l bilaklari uchun ancha foydali bo’ladi. Ritmik shakllar bilan ijro etganda asosan triolar orqali ijro etish ham ancha foydali mashq. Chunki triodan nafaqat qo’llar uchun balki quloq hamda miyya ham faol holatda bo’ladi.. Ritmni his qilish oshadi. Ayniqsa texnik ijro mahorati kuchayadi.
Ufori zarblar o’zbek milliy raqsimon ufori usulida ritmikasida bayon etiladi. Ushbu variantda gammalar ijro etish ijrochini o’zini ham charchatmaydi. Chunki quruq gamma ijrosi ko’proq energiyani sarf bo’lishiga olib kelib, ijrochini muddatidan oldin zeriktirib qo’yadi.
Dutorda ham xuddi rubobdagi kabi o’zini talablari va shartli belgilari mavjud bo’lib, bunda dutorni ushlash quyidagicha bo’ladi: stulning bir chekkasi, ya'ni uchdan biriga, cholg’uni tayanch nuqtalar yordamida ushlab o'tiriladi. Dutor-primaning kosasi kichik bo'lganligidan uni chalganda o'ng oyoqni, chap oyoq ustiga qo'yib o'tirib, qulaylik yaratiladi.
Bunda o'ng qo'lning harakatini quyidagicha zarblar bilan izohlash mumkin:
l. Bilak zarb.
2. Ko'rsatkich barmoq zarbi (tremolo).
3. Ko'rsatkich va bosh barmoq termasi.
4. Ko'rsatkich va bosh barn1oq bilan chimdib chalish (pitsisikato).
5. Terma zarb rezi.
6. Dutorga urib chalish.
7. Dutorga chertib chalish va hokazo.

Download 452,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish