PEDAGOGIKANING ASOSIY KATEGORIYALARI VA TUSHUNCHALARI
Pedagogika fanining predmeti, o‘qitishning, ta’lim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni qurollantirishdir. Uning metodologik asoslari maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg‘unligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi.
Pedagogika fanida bir biriga uzviy bog‘langan quyidagi tushunchalar mavjud: Tarbiya, ta’lim, ma'lumot. Tarbiya ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan hodisadir. U jismoniy barkamollik, yaxshini yomondan farqlash, yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish qudratiga egadir. Tarbiya kishilik jamiyatining hamma boshqichlarida rivojlanib, o‘sib avloddan avlodga vorislik vazifasini bajargan, lekin maqsadi, vazifasi, mazmuni o‘ziga xosligi bilan farq qiladi.
Pedagogika metodologiyasi o‘zida pedagogik nazariya asoslari va tuzilmasi haqidagi bilimlar tizimini, pedagogik hodisa va jarayonlarni tadqiq qilishning yondashuvlarini, pedagogik voqelikni haqqoniy ifoda etadigan axborotlarni olish usullarini, shuningdek, bu bilimlar tizimini qo‘lga kiritish boyicha faoliyat tizimini mujassamlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |