Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi
Turli metodlarning o‘zaro qo‘shib olib borilishi pedagogik tadqiqotlarning samaradorligi va sifatini oshirishga imkon beradi. Bunga matematika metodlar hamda hisoblash yechish qurilmalari yordamida eksperiment natijalarining pedagogikaga kirib kelishi ham yordamlashadi.
Pedagogika hodisalari va faktlarini tekshirishda maktab hujjatlarini mukammal va chuqur o‘rganmoq lozim. Maktab hujjatlarini tahlil qilishda ta’lim qonuniga amal qilinmog‘i lozim. Maktab hujjatlarini tahlil qilish o‘quvchilarning ijodiy faolligi va mustaqilligini, iqtidorliligini hamda ilg‘or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishini ko‘rsatgan taqdirdagina to‘liq qiymatga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |