Vazirlik – o`ziga tegishli tarmoqning xo`jalik tizimida boshqarishning eng oliy bo`g`ini hisoblanadi. U tarmoqning ahvoli, rivojlantirish istiqbollari, fan- texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish (xizmat)ning texnologik darajasi, mahsulotning sifati va uning raqobatbardoshligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo`lgan talabni qondirish uchun mas`uldir. Vazirlikka O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlangan vazir rahbarlik qiladi.
Davlat qo`mitalari – vazirlik va idoralarning faoliyatini tartibga solish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish yo`li bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga rahbarlik qilishga mo`ljallangan markaziy tarmoq boshqaruv organlaridir. Kontsern – ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi (o`zgarishi, xilma- xilligining ko`payishi) asosida tarkib topadigan ko`p tarmoqli korporatsiyadir.
Uning tarkibiga turli tarmoqlar (sanoat, transport, savdo, bank sohasi)ga tegishli korxona va muassasalar ixtiyoriylik asosida kiradi.
Korporatsiya - bu rivojlangan yirik aktsionerlik jamiyatlari va trestlar birlashmasidir. Korporatsiyalarning negizi bo`lib aktsionerlik jamiyatlari hisoblanadi. Ular muayyan mahsulotlarning asosiy ishlab chiqaruvchilarini birlashtiradi. Korporatsiyalar sarmoyalar kapitalining markazlashuviga yordam beradi, ilmiy-texnika taraqqiyotiga turtki bo`ladi, mahsulotning raqobatbardoshligi va hayotiy tsiklini uzoq davom etishini ta`minlaydi.
Konsortsium - aniq vazifalarni, ya`ni fan-texnika, qurilish, tabiatni muhofaza qilish bo`yicha va boshqa yirik dasturlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan birlashmadir. U mustaqil firmalarning vaqtinchalik ittifoqi yoki moliyaviy muammolarni hamkorlikda hal qilish maqsadida tuzilgan banklararo va sanoat korxonalariaro bitim ko`rinishida bo`lishi mumkin. Konsortsium ko`pincha aviatsiya, kosmos, kompyuterlar, aloqa kabi yuksak texnologik va katta sarmoyali sohalar bo`yicha tashkil qilinadi. Dastur bajarilgandan so`ng konsortsium o`z faoliyatini to`xtatadi yoki boshqa turdagi birlashmaga aylantiriladi.
Assotsiatsiya – korxonalarning paychilik asosidagi ixtiyoriy birlashmasidir. U bir yoki bir necha ishlab chiqarish-xo`jalik vazifalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida korxonalarning shartnoma asosida birlashishi natijasida tashkil topadi. Assotsiatsiyalar tarkibiga, odatda, muayyan hududda joylashgan va turdosh kasbga ixtisoslashgan korxonalar kiradi.
Xolding kompaniyasi – bu, eng avvalo, moliyaviy jamg`arma bo`lib, korxonalarni emas, balki sarmoyalarni birlashtiradi. Xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aktsionerlik jamiyatlari aktsiyalarining nazorat paketi kompaniyaning ixtiyorida bo`ladi. Bundan maqsad aktsionerlik jamiyatlari faoliyatlari ustidan nazorat o`rnatish va dividentlar ko`rinishida foyda olishdir.
Har qanday iqtisodiy tizimda iqtisodiyotning birlamchi va asosiy bo`g`ini korxona va firmalar hisoblanadi. Shuning uchun iqtisodiyotni boshqarish deganda, eng avval shu korxona va firmalar faoliyatini boshqarish tushuniladi. Bozor munosabatlari sharoitida boshqarish tushunchasi xo`jalik sub`ektlari faoliyatini faqat yuqori tashkilot va organlar tomonidan tartibga solishni qamrab olmaydi. Bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi bozordagi talab va taklif asosida ularning o`zini-o`zi boshqarishidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, korxona va firmalar boshqaruv tizimida shunchaki ijrochigina emas, balki shu tizimning faol ishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi.
Korxona yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan xo`jalik sub`ekti bo`lib, o`ziga tegishli mulk asosida mahsulot ishlab chiqaradi, sotadi yoki almashadi, ishlar bajaradi, xizmat ko`rsatadi.
Firma - korxonadan farqli o`laroq, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi turli-tuman tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi. Bunday nomni sanoat korxonasi yoki davlat muassasasi uchun ham, savdo-vositachilik faoliyati uchun ham, sayyohlik va boshqa tashkilotlarga nisbatan ham qo`llash mumkin.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda iqtisodiyotni Davlat tomonidan tartibga solish juda muhim vazifa hisoblanar ekan. Jumladan, bozor munosabatlariga asoslangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solish borasida davlat muhim vazifalarni bajaradi. Chunki, Davlat iqtisodiyotga faol aralashib, bozor mexanizmining amal qilishiga ko’maklashadi.
Bozor munosabatlarini tartibga solishdan ko’zlangan asosiy maqsad bozor munosabatlarni muayyan va ma’lum yo’nalishlar asosida rivojlantirib, aholining turmush darajasini oshirish choralarini ko’rishdan iboratdir. Shunday ekan, iqtisodiyot qancha rivojlansa, kamol topsa aholi turmush darajasi ham shuncha rivojlanadi va yaxshilanadi.
O’ylaymanki, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish Davlat uchun hozirgi kunda asosiy vazifalardan biriga aylangan.
Iqtisodiyotni tartibga solishning Davlat mexanizmi taqozo etuvchi sabablardan biri ahilini inson salomatligiga va tabiatga ziyon yetkazuvchi omillardan himoya qilish zaruratidir. Shunday ekan bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday xo’jalik yurituvchi tadbirkor avvalo, o’zini o’ylaydi, o’z manfaati yo’lida faoliyat ko’rsatadi. Bu faoliyat ayrim hollarda tabiatga yoki inson salomatligiga ziyon etkazishi, davlat manfaatlariga zid kelishi mumkin.
Shu bilan birgalikda davlat ixtiyorida bir qator moliyaviy, ya`ni iqtisodiy vositalar ham mavjudki, ular yordamida davlat xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning manfaatlariga bevosita ta`sir ko`rsata oladi. Soliqlar, sanatsiya va subsidiyalar ana shunday vositalarga kiradi.
Soliqlar davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning eng kuchli va ta`sirchan vositasi hisoblanadi. Ular har qanday ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
Shunday ekan, Davlat iqtisodiyotni rivojlantirish uchun harqanday chora va usullarni qo’llashi kerak.
Hozirda mustaqil ta’limga alohida e’tibor berilmoqda. Shuning uchun ayrim mavzularni talabalar mustaqil tarzda o’rganishlari lozim. Buning uchun mavjud adabiyotlar, qo’llanmalar, ilmiy maqolalar, Prezident asarlari, jumladan gazeta va jurnal materiallaridan foydalanish kerak. Biroq u yoki bu boradagi fakt va raqamlardan foydalanilganda ularni chuqur tahlil qilish va tegishli xulosalar chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Shundagina biz talabal yetuk mutaxassis bo’lib yetishamiz va bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida o’ylaymanki mamlakatimizning iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirishda yetarlicha hissa qo’sha olamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги ПФ-4947-сон
фармони.
2. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. // «Халқ сўзи», 2017 йил 23 декабрь.
3. Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш – энг
олий саодатдир. – Т.: «Ўзбекистон», 2015.
Do'stlaringiz bilan baham: |