O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston milliy universiteti “iqtisodiyot” fakulteti



Download 222,01 Kb.
bet3/5
Sana31.12.2021
Hajmi222,01 Kb.
#229331
1   2   3   4   5
Bog'liq
mintaqaviy referat

Bojxona to`lovlari davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish, aniqrog`i, eksport va importni cheklash yoki rag`batlantirishning muhim vositasi hisoblanadi. Ularning stavkalari ko`paysa, chegaradan o`tayotgan tovarlar miqdori kamayadi va aksincha, stavkalarning kamayishi tovarlar oqimining ko`payishiga olib keladi.

Yana shuni ham aytib o`tish joizki, davlat o`zining kredit siyosati orqali iqtisodiyot taraqqiyotiga ham o`zining ta`sirini o`tkazib turadi.

Davlatning iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmida jamiyatda siyosiy, ijtimoiy barqarorlikni ta`minlash maqsadida aholining iqtisodiy jihatdan nochor yashayotgan guruhlarini ijtimoiy himoyalash muhim o`rin tutadi. Aholining yordamga muhtoj qismini ijtimoiy himoyalash uchun jamiyat milliy iqtisodiyot tarmoqlarini, shu jumladan, qishloq xo`jaligini qo`llab-quvvatlash maqsadidagi daromadlar davlat tomonidan qayta taqsimlanadi. Daromadlarning qayta taqsimlash tizimida davlat muhim o`rin tutadi. Davlat tomonidan daromadlarning qayta taqsimlanishi iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmining muhim unsuri hisoblanadi.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmida makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari ham muhim o`rin tutadi. Ma`lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishbilarmonlik faolligi o`zgarib turadi, iqtisodiy o`sish uning pasayishi bilan almashinib turadi. Uning oqibatida firmalarning sinishi va ishsizlarning ko`payishi ortadi, aholi turmush darajasi pasayadi, ular ko`p qiyinchiliklarni boshdan kechiradilar. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlash mexanizmi yordamida iqtisodiy o`sish tsiklidan tanglikka (pasayishga) o`tishdagi salbiy oqibatlarni cheklash, shuningdek, tanglikdan iqtisodiy o`sish sari o`tish imkoniyatlari vujudga keladi.

Shunday qilib, iqtisodiyotni tartibga solishning davlat mexanizmi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ta`sir ko`rsatuvchi va ko`maklashuvchi chora-tadbirlar tizimidan iborat degan xulosa qilish mumkin.

Hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida

milliy iqtisodiyotda davlatning roli masalasi muhim ahamiyatga

ega. Аyniqsa, globallashuv sharoitida bozor tizimini davlatning

iqtisodiy jarayonlarga taʼsirisiz tasavvur qilib boʼlmaydi.

Lekin davlatning iqtisodiyotga taʼsir koʼrsatishi maʼlum bir

meʼyorda boʼlishi talab qilinadi, uning mazkur meʼyordan oshib

ketishi bozor jarayonlariga salbiy taʼsir koʼrsatishi, natijada

ishlab chiqarish samaradorligini pasaytirishi mumkin.

Davlat tomonidan bozor mexanizmini izdan

chiqaruvchi har qanday hatti-harakatlarga yoʼl

qoʼyib boʼlmaydi1

. Chunki ishlab chiqarish jarayonida davlat boshqaruvi usullari va bozor usullarini muvofiqlashtirish orqali iqtisodiy

taraqqiyotga erishiladi.

Davlatning iqtisodiyotni tartibga solish

masalasiga uzoq yillar davomida iqtisodchi

olimlar tomonidan eʼtibor qaratib kelingan.

Mazkur muammoga nisbatan turli ilmiy maktablar va yoʼnalishlar amaliyotchilarning oʼzaro

keskin, ziddiyatli qarashlari, yondashuvlarining

tadrijiy kurashi asosida shakllangan. Iqtisodiyot

rivojlanishida davlatning roli masalasida

hozirgi zamon iqtisodiyoti nazariyasi asoschilari

hisoblangan olimlar А.Smit (1723-1790) va

D.Rikardo (1772-1823)larning qarashlari davlatning har qanday aralashuvi natijada iqtisodiy taraqqiyotni sekinlashtiradi, degan fikrlar bilan izohlanadi. Masalan, А.Smit gʼoyasi

quyidagicha: «Bozor iqtisodiyoti oʼzini-oʼzi

boshqarishga moslashgan, uning asosida koʼproq

foyda olishga harakat qilish bilan bogʼliq

«koʼrinmas qoʼl», yaʼni shaxsiy manfaat yotadi».

А.Smit xulosasiga koʼra, iqtisodiyotni tartibga

solishda davlat aralashuvi kamaytirilsa, iqtisodiyot samarali amal qiladi va bozor butunlay

erkin boʼlishi zarur, deb taʼkidlaydi.

Ingliz iqtisodchisi J.M.Keyns (1883-1946)

taklif etgan kontseptsiya iqtisodiyotni tartibga

solishda davlatning roli haqidagi qarashlar

rivojlanishida yangi va muhim bosqich hisoblanadi. U tartibga solishning bozor mexanizmi

bilan muvofiqlashtirilgan iqtisodiyotda davlat

aralashuvisiz iqtisodiyot samarali rivojlana

olmasligini koʼrsatib beradi, bandlik darajasi

va iqtisodiy oʼsishni faqat davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi taʼminlay oladi, degan

gʼoyalarni ilgari suradi.

Keyns taʼlimoti iqtisodiyotga davlatning

faol aralashuvini zarur, deb hisoblaydi, neoliberalistlar (neoliberalizm (ingl. neoliberalism)

– iqtisodiy nazariyaning asosiy yoʼnalishi, 1930-

yillarda paydo boʼlgan va 1980-1990 yillarning

asosiy mafkurasi sifatida shakllangan yoʼnalish)

davlatning nisbatan nofaol tartibga solishini

qoʼllab-quvvatlaydilar.

Neoliberalistlar iqtisodiyotni liberallashtirish, erkin narx shakllanishi, iqtisodiyotda

xususiy mulk va nodavlat tuzilmalar yetakchi

boʼlishini qoʼllab-quvvatlaydilar. Davlatning

iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini «tungi

qorovul» yoki «sport hakami» qabilida boʼlishi

koʼzda tutiladi.

Neoklassik yoʼnalishdagi iqtisodchilar fikricha, bozorning narx mexanizmi, tartibga solishi

koʼp hollarda resurslarning optimal, samarali

ishlatilishini taʼminlaydi. Аmmo, baʼzi hollarda bozor ulardan samarali foydalanishga

erishishni taʼminlay olmaydi. Xuddi ana shunday

hollarda davlat taqsimlash mexanizmini yoʼlga

qoʼyishi, iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni taʼminlashda ijobiy rolь oʼynashi

mumkin ekan.

АQSh iqtisodchi olimi Pol Entoni Samuelьson

(1915-2009) esa koʼplab muammolarga bozor mexanizmi yechim topa olmaydi, deb hisoblagan.

Qoʼshimcha oqibatlar, sogʼliqni saqlash, taʼlim,

ekologik muammolarga talab va taklif qonuni

taʼsir etmaydi. Binobarin, davlat iqtisodiyot

uchun maqsadlarni aniqlashni oʼz zimmasiga olishi va bu maqsadlarga erishish uchun oʼz kuchidan foydalanishi zarur.

Yuqoridagi oʼzaro farqlanuvchi yondashuvlardan

shunday xulosaga kelish mumkinki, ayrim iqtisodchilar bozor avtomatik tarzda tartibga solinadi va davlat ishtiroki minimal boʼlishi zarur,

degan fikrni bildirsalar, ikkinchi guruh olimlar davlat tomonidan bozorning toʼliq monopoliya qilib olinishi iqtisodiy oʼsishning manbaidir, deb hisoblaganlar. 1

Taʼkidlash zarurki, Oʼzbekistonning Birinchi

Prezidenti Islom Karimov iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roliga alohida eʼtibor qaratib, «Iqtisodiyotimizda davlatning

ulushi va oʼrnini strategik hamda iqtisodiy asoslangan darajaga qadar qisqartirishimiz

darkor»2

, deb taʼkidlagan.

Iqtisodiyotda davlat rolini kamaytirish, eng

avvalo, xususiy mulk huquqini himoya qilish va

uning ustuvor mavqeini yanada oshirish, kichik

biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini

ragʼbatlantirishga qaratilgan institutsional va

tarkibiy islohotlarni davom ettirish maqsadida 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини

ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши

бўйича Ҳаракатлар стратегияси қабул қилинди.

«Ҳаракатлар стратегиясининг мақсади олиб борилаётган ислоҳотлар самарадорлигини тубдан

оширишдан, давлат ва жамиятнинг ҳар томонлама

ва жадал ривожланишини таъминлаш учун шартшароитлар яратишдан, мамлакатни модернизациялаш ва ҳаётнинг барча соҳаларини эркинлаштиришдан иборатдир»3

. Ушбу стратегик ҳаракатнинг учинчи устувор йўналиши бевосита

иқтисодиётни ривожлантириш ва либераллаштиришга бағишланган.

Мамлакатимиз Президенти Шавкат Мирзиёев

иқтисодиётни тартибга солишда давлатнинг роли

масаласига алоҳида эътибор қаратиб, «2017 йилда

иқтисодиёт соҳасида замон талабларига жавоб

берадиган, янгича маъно-мазмундаги ва самарали

ислоҳотларни амалга ошириш йўлида биринчи

қадамларни қўйдик. Иқтисодиётимизни мутлақо

янги асосда ташкил этиш ва янада эркинлаштириш, унинг ҳуқуқий асосларини такомиллаштириш, ишлаб чиқаришни модернизация ва диверсификация қилиш бўйича қатор қонунлар, фармон

ва қарорлар, пухта ўйланган дастурлар қабул qilindi va ular izchil amalga oshirilmoqda»,

deya taʼkidlagan1

.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga



solishning asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka erishish, mavjud tuzumni

mustahkamlash va takomillashtirish, oʼzgarib

boruvchi sharoitlarga moslashtirish hisoblanadi.

Demak, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiyotni davlat tomonidan

tartibga solish hozirgi zamon iqtisodiy tizimlarining asosiy xarakterli belgisi hisoblanadi.

Oʼzbekiston iqtisodiyotini isloh qilishning

hozirgi bosqichida YaIM tarkibida mulkchilik

shakllari boʼyicha iqtisodiyotning nodavlat sektoriga umumiy hajmining 81%i, davlat sektoriga

19%i toʼgʼri kelmoqda.

Davlat mulkini xususiylashtirishni yanada

kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning

ustav jamgʼarmalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan obʼektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish nati jasida davlat sektorining ulushi yildan-yilga

kamayib borayotganligini koʼrishimiz mumkin

(1-rasm).

Jahon iqtisodiyotida soʼnggi oʼn yilliklar,

ayniqsa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi

sharoitida davlatning iqtisodiyotni tartibga

solishdagi roli, iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda davlat ishtiroki borasidagi nazariy

qarashlar tubdan oʼzgarmoqda. Jahon amaliyotining koʼrsatishicha, odatda davlat sektori yetarli

darajada samarali faoliyat koʼrsatmaganligi

sababli iqtisodiyot pasayish tendentsiyasiga ega

boʼladi. Shu bilan birga, moliyaviy-iqtisodiy

inqiroz sharoitida xususiy sektor muammolarini hal etish uchun yetarli kuchga ega boʼlmaydi.

Shu sababli, davlat tomonidan bozor mexanizmini qoʼllab-quvvatlash yoʼnalishlarini takomillashtirish dolzarb masala hisoblanadi. Mamlakatda davlat va xususiy sektor oʼrtasida optimal

nisbatga erishish iqtisodiyotning barqaror

surʼatlarda rivojlanishini taʼminlaydi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi meʼyoriy darajasi shundan iboratki, davlatning faoliyati

bozor mexanizmining amal qilishiga halaqit

bermasligi, zarur boʼlganda bu mexanizmni toʼldirib turishi zarur. Chunki «faqat kapital, tovarlar, pullar va insonlarning erkin harakatlari» sharoitidagina jamiyat resurslaridan optimal

ravishda foydalanish mumkin.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga

solish quyidagi qoidalarga asoslanadi:

– davlat iqtisodiyotni tartiblaganda jamiyat

manfaatlarini koʼzlashi, umumiqtisodiy ahamiyatga ega boʼlgan chora-tadbirlarni qoʼllabquvvatlashi zarur;

– davlat iqtisodiyotni tartiblashda maʼmuriy

vositalardan emas, balki xilma-xil iqtisodiy

vositalar majmuidan foydalanishi zarur;

– davlat tadbirkorlarning erkin, oʼzaro

raqobat qilishlari uchun sharoit yaratishi talab

qilinadi, davlat raqobat kurashi ishtirokchisi

emas, balki uning oliy hakami vazifasini bajaradi; – davlat siyosati mamlakatda ijtimoiy barqarorlik, hamkorlik va hamjihatlikni taʼminlash orqali iqtisodiy oʼsish va ommaviy farovonlikni taʼminlashga qaratilishi zarur.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi

kunga kelib davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish zarurligi deyarli barcha iqtisodchi

olimlar va mutaxassislar tomonidan eʼtirof

etilmoqda. Milliy taraqqiyot modelimizning

asosiy tamoyillaridan biri – davlat bosh islohotchilik roli hisoblanib, mavjud iqtisodiy

salohiyatdan toʼliq foydalangan holda barcha kuchlarni yagona maqsad sari yoʼnaltirishda davlatning tartibga soluvchi vazifasidan samarali

foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida istiqbolni belgilash tizimi mahsulot ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy manfaatdorligiga asoslanadi. Katta tashkiliy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirishda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning o`zlari tashabbuskorlik qiladilar. Istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda davlatning aralashuvi kredit xizmati ko`rsatish, xomashyo, yoqilg`i resurslarini ajratish, oqilona soliq siyosatini o`tkazish va davlat ehtiyoji uchun mahsulotlar sotib olishdan iborat bo`ladi. Iqtisodiy rivojlanish istiqbolini belgilashda davlat resurslari va mablag`larining nodavlat sektorida xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning mablag`lari bilan birgalikda ishtirok etishini ta`minlash hamkorlikdagi dasturlar va loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutish katta ahamiyat kasb etadi.

Iqtisodiy taraqqiyotni belgilash tizimi quyidagi vazifa va masalalarni bajarishga qaratiladi:

-milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari hamda mintaqalarning yaqin va uzoq muddatdagi rivojlanishining asosiy ko`rsatkichlarini belgilash;

-ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish istiqbollarini belgilash.

Iqtisodiy taraqqiyotni bashorat qilishdan ko`zlangan maqsad ishlab chiqarishni boshqarish va tartibga solishni ta`minlash, mavjud resurslardan samarali va oqilona foydalanish uchun zarur sharoitlarni yaratish va pirovard natijada iste`mol bozori talablarini to`laroq qondirishdan iborat bo`lib, bu vazifalarni bajarish ko`p jihatdan bashoratlash usullariga bog`liq.

Jahon amaliyotida bashoratlashning bir necha usullari mavjud bo`lib, ular asosan quyidagilardan iboratdir:

-dasturiy-maqsadli usul;

-indikativ (tavsiyaviy) usul;

-ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zarur sarmoyalarning o`sish istiqbollarini belgilash usuli.

Dasturiy-maqsadli usul ko`proq mamlakat miqyosidagi yirik ijtimoiy- iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish uchun qo`llansa, indikativ (tavsiyaviy) usul ishlab chiqarish, ayniqsa, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining istiqbollarini belgilashda asqotadi. Sarmoyalarning o`sish istiqbollarini belgilash usuli mamlakat, uning hududlari va viloyatlari miqyosida ham, iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarish korxonalari darajasida ham qo`llanishi mumkin.

Iqtisodiy taraqqiyotni belgilashning eng nozik tomonlari, bu – bashoratlash ko`rsatkichlariga erishish uchun ishlab chiqarishni kafolatlangan moddiy va moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganidir. Bu muammo to`liq hal etilmaganligi ishlab chiqilgan dastur va loyihalarning ko`p hollarda qisman bajarilib yoki umuman bajarilmay qolishiga sabab bo`ladi.

Shunday qilib, bozor munosabatlari sharoitida davlatning iqtisodiyotga aralashuvi iqtisodiyot tarmoqlarini oqilona boshqarish, mamlakat va uning hududlari iqtisodiy taraqqiyotidagi nozik jihatlarni oldindan belgilab olish, taraqqiyotning ustivor yo`nalishlarini aniqlash va aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan davlat dasturlari va loyihalarini amalga oshirishdan iboratdir.

Milliy iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarish zarurati muayyan vazifalarni bajaruvchi va muayyan vakolatlarga ega bo`lgan boshqarish organlari faoliyatini taqozo etadi. Mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish respublika hukumati, ya`ni Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. U o`z vakolatlari doirasida nafaqat iqtisodiy jarayonlarni, balki ijtimoiy jarayonlarni ham boshqaradi.

Iqtisodiyotni boshqarish va uni umumdavlat manfaatlariga asoslangan holda tartibga solish, tabiiyki, oddiy vazifalar sirasiga kirmaydi. Buning uchun hukumat tomonidan bozor iqtisodiyotining huquqiy mexanizmini ro`yobga chiqarish asosida mulkchilik shakllarining tengligini ta`minlash, erkin tadbirkorlik uchun zarur sharoitlar yaratish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish siyosatini o`tkazish, kichik va o`rta biznesning rivojlanishiga ko`maklashish talab qilinadi. Shu maqsadda hukumat pul va kredit tizimini mustahkamlash siyosatini ishlab chiqadi, yagona narx siyosatini o`tkazadi, mehnat miqdori va ijtimoiy ta`minot darajasi borasida belgilangan kafolatlarni ta`minlash chora-tadbirlarini ko`radi. Vazirlar Mahkamasi o`ziga bo`ysinuvchi vazirliklar va idoralar ishini muvofiqlashtirib, ularning ijtimoiy siyosatni ro`yobga chiqarish borasidagi mas`uliyati darajasini va buning uchun zarur bo`lgan funktsiya va vakolatlarni belgilaydi, respublika byudjeti, shuningdek, respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning eng muhim dasturlarini ishlab chiqadi.

Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq mamlakat hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo`lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

Ma`lumki, iqtisodiy islohotlarning pirovard natijalari uni amalga oshirish ob`ektidan (respublika, tarmoq, korxona) qat`iy nazar, mujassamlashgan holda hududiy birlik (viloyat, tuman, shahar)lar darajasida namoyon bo`ladi. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat barpo etish oliy maqsad qilib belgilandi. Buning uchun ikkita muhim vazifani hal etish talab qilinadi. Bularning birinchisi, bozor munosabatlariga asoslangan va ijtimoiy yo`naltirilgan iqtisodiyotni barpo etish bo`lsa, ikkinchisi, davlat hokimiyatining vakillik va o`zini-o`zi boshqarish

organlarining yangi tizimini yaratishdir.

O`tgan davr ichida respublikamizda bozor islohotlari chuqurlashib, huquqiy- demokratik institutlar rivoj topdi va ayni vaqtda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining faoliyati ham takomillashib bordi.

Mahalliy davlat hokimiyati bir-biriga bo`ysunmagan davlat va vakillik organlaridan iborat bo`lib, ular o`z faoliyatlarini o`zaro hamkorlik asosida tashkil etadilar.

Viloyat, tuman, shahar hokimi viloyat, tuman va shaharning oliy mansabdor shaxsi bo`lib, ayni bir vaqtda tegishli hududdagi vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir hudud o`z iqtisodiy rivojlanishida ko`proq erkinlikka ega bo`lishi, ishlab chiqarish natijalaridan, avvalo, ushbu hudud

aholisi manfaatdor bo`lishi lozim. Ma`lumki, respublikamizda bozor munosabatlariga o`tish jarayoni yangi-yangi ijtimoiy munosabatlarning, ayniqsa, mulk munosabatlarining vujudga kelishiga sabab bo`ldi. O`zini-o`zi mablag` bilan ta`minlash tamoyili joriy etilib, xo`jalik yuritishning mutlaqo yangi usullari vujudga keldiki, bularga eskicha usul bilan, eski organlar bilan rahbarlik qilib bo`lmay qoldi. Shu munosabat bilan yangicha ishlash qobiliyatiga ega bo`lgan, ya`ni mas`uliyatni o`z zimmasiga olib, masalalarni tezkorlik bilan hal qila oladigan davlat organlari zarur bo`lib qoldi. Bu zarurat mahalliy boshqaruv amaliyotida mavjud bo`lgan organlarni vakillikka asoslangan va yakka boshchilik tamoyili asosida ish yurituvchi organlar bilan almashtirishni taqozo etdi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan mahalliy hokimiyat organlari vakolatiga quyidagilar kiradi:

-qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash;

-hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;

-mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig`imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg`armalarni hosil qilish;

-mahalliy kommunal xo`jalikka rahbarlik qilish;

-atrof-muhitni muhofaza qilish;

-fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta`minlash;

-normativ xujjatlarni qabul qilish hamda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

Yuqoridagilar mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlarining birgalikda amalga oshiradigan vazifalari bo`lib, ularning vakolati shu vazifalardan kelib chiqadi.

Bozor munosabatlarining rivojlanishi xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning moliya-xo`jalik mustaqilligini kengayib borishini taqozo etadi. Bu o`z navbatida ularning gorizontal xo`jalik aloqalarining rivojlanishiga olib keladi. Natijada markaziy boshqaruv organlarining vakolatlari torayib boradi.

Hozirga qadar saqlanib qolgan tarmoq boshqaruv organlari mamlakatimizning strategik iqtisodiy siyosatidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni hal etish bilan shug`ullanadi:

-tarmoq rivojlanishining umumiy yo`nalishlarini aniqlash;

-ilmiy-texnikaviy siyosatni o`tkazish;

-chet el investitsiyalarini jalb etish;

-ekologik muammolarni hal qilish.

Shuni ham aytib o`tish kerakki, mamlakat miqyosida makroiqtisodiy barqarorlik va rivojlanishga oid vazifalarni bajarishda O`zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Moliya vazirligi o`zlarining alohida o`rniga ega bo`lib, bozor munosabatlarining rivojlanishi ularning maqsadiga salbiy ta`sir ko`rsata olmaydi.

Respublikamiz milliy iqtisodiyotida o`nlab tarmoqlar, minglab korxonalar faoliyat ko`rsatadi. Ularni bir-biri bilan muvofiqlashtirish, mamlakatimiz hududida joylashtirish va mahsulot (xizmat)ga bo`lgan talabni aniqlash har bir tarmoq oldida turgan keng qamrovli masalalar hisoblanadi. Bularni samarali va oqilona hal qilish boshqarishning tarmoq organlari hisoblanuvchi vazirliklar, davlat qo`mitalari, kontsernlar, kontsortsiumlar, assotsiatsiyalar va xolding kompaniyalari zimmasiga yuklatilgan.


Download 222,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish