O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston xalqaro islom akademiyasi


Axborotlarni himoyalashning texnik va dasturiy vositalari. Axborotlarni himoyalash usullari



Download 3,5 Mb.
bet165/205
Sana05.09.2021
Hajmi3,5 Mb.
#165035
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   205
Bog'liq
Axb.tex.JMM 9.05.ўқув.қўл.

Axborotlarni himoyalashning texnik va dasturiy vositalari. Axborotlarni himoyalash usullari.

Tarmoqlarda ma’lumotlarni himoya qilish muammolarini muhokama qilishda, eng avvalo, ma’lumotlarning yo‘q qilib yuborilishi yoki nomaqbul tarzda o‘zgartirilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklar va ma’lumotdan foydalanish huquqini buzish holatlarini tasniflash masalasi ko‘ndalang bo‘ladi.

Bunday potentsial «xavflar» orasida quyidagilarni qayd etish mumkin:

- uskunadagi nosozliklar;

- kabel tizimidagi nosozliklar;

- elektr ta’minotining uzilishi;

- disk sistemalarining ishdan chiqishi;

- ma’lumotlarni arxivlashtirish sistemalarining ishdan chiqishi;

- serverlar, ishchi stantsiyalari, tarmoq kartalari va h.k.ning ishdan chiqishi.

Dasturiy ta’minlash vositasi noto‘g‘ri ishlashi natijasida axborotning yo‘qolishi:

- dasturiy ta’minlash vositasining xatolari natijasida ma’lumotlarning yo‘qolishi yoki o‘zgarishi;

- sistemaning kompyuter viruslari bilan zararlanishi.

Sistemaga g‘ayriqonuniy kirish bilan bog‘liq yo‘qotishlar:

- axborotdan g‘ayriqonuniy tarzda nusxa ko‘chirish, uni yo‘q qilib yuborish yoki soxtalashtirish;

- begona shaxslarning sirini tashkil etuvchi mahfiy axborot bilan tanishish.

Arxiv ma’lumotlari noto‘g‘ri saqlanishi natijasida axborotning yo‘qotilishi.

Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va foydalanuvchilarning xatolari:

- ma’lumotlar tasodifan yo‘q qilib yuborilishi yoki o‘zgartirilishi;

- dasturiy ta’minlash vositasidan noto‘g‘ri foydalanish.

Tarmoq ishining buzilishi turlariga qarab, axborotni himoya qilish vositalarining ko‘p sonli turlari uch asosiy turkumga birlashtiriladi:

- fizik himoyaya vositalari (kabel sistemasi, elektr ta’minot sistemasi, arxivlashtirish vositalari, disk to‘plamlari va h.k.ni himoya qilish vositalari);

- dasturiy ta’minlash vositalari, shu jumladan: virusga qarshi dasturlar, vakolatlarni ajratish sistemalari, sistemaga kirishni nazorat qilish dasturiy vositalari;

- ma’muriy himoya vositalari, shu jumladan: binoga yoki xonaga kirishni nazorat qilish, firmaning xavfsizlik strategiyasini, favqulodda holatlardagi harakatlar rejasini ishlab chiqish va b.

Mazkur tasnif ancha shartli, chunki zamonaviy texnologiyalar himoya dasturiy va apparat vositalarini uyg‘unlashtirish yo‘nalishida rivojlanmoqda. Bunday dasturiy - apparat vositalari xususan sistemaga kirish, viruslardan himoya qilish sohalarida keng tarqalgan.




Download 3,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish