Ilmiy-tadqiqot grafikasi - ilmiy izlanishlar uchun xizmat qiladi va geografik, fizik, biologik va boshqa jarayonlarni tadqiq qilishda qo‘llaniladi. Ilmiy grafikaning eng asosiy maqsadi ilmiy izlanishlarda hosil bo‘ladigan axborotlarni vizuallashtirish - ko‘zga ko‘rinarli shaklda ifodalashdir. Ayniqsa bu yo‘nalish atom energiyasi manbalarini tadqiq qilishda, kosmonavtika va samolyotsozlikda, geografiyada - xullas qamrovi katta bo‘lgan, tez kechadigan jarayonlarni o‘rganishda juda qo‘l keladi. SHuningdek, ilmiy izlanishlar natijalarini kerakli shakllarda-diagrammalar, kartalar, jadvallar va turli matematik formulalar shaklida tasvirlashda keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |