6-MAVZU
AXBOROTLARNI TAQDIMOTLAR KO‘RINISHIDA
SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
REJA:
1.Taqdimot texnologiyalari imkoniyatlarining sohaga samarali tatbiq etish yo’llari.
2. Konstruktorlar maketlar va shablonlardan taqdimotlar yaratishda optimal foydalanish.
3.Taqdimotda turli obektlarni joylashtirish.
Taqdimotlarda animatsiya masalalari.
Tayanch so’z va iboralar: taqdimot, dastur interfeysi, muloqot oynasi, slayd, avtomazmun ustasi, taqdimot ko’rinishi, shablon.
Taqdimot ishlari dasturlari: Masintosh va Windows muhitlarida ishlatiluvchi taqdimot dasturlar paketidan anchadan buyon mavjud dasturlar guruhini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bu guruhga Lotus firmasining Freelance Graphics, Software Publishing firmasining Harvard Graphics, Microsoft korporasiyasining Power Point dasturlari kiradi. Bu dasturlarni ishlab chiquvchilari xar bir yangi versiyasi(rusumi)da ishlatiladigan vositalarni ko‘paytirib imkoniyatlarini kengaytiradilar.
Masintosh va Windows muhitlaridagi yangi turdagi taqdimot dasturlari paketi mulьtimedia vositalarini yanada to‘liq ishlatishga mo‘ljallangan. Bu dasturlar video a tovushli fayllarni qulay o‘zatish (improt qilish), diagrammalarda annimasiya vositalaridan keng foydalanish imkonini beradi.
YAngi turdagi taqdimot dasturlar katoriga Makromedia firmasining Action hamda Gold Disk firmasining Astound dasturlar paketi (to‘plami) kiradi.
Power Point dasturi MS OFFICE dasturlar to‘plami tarkibiga kiradi. Undan foydalanish oson, qulay. Dasturda o‘rgatuvchi o‘quv dasturi, tayyor taqdimot namunalari, matn bilan ishlash vositalari, boshlovchilar uchun foydali yordam tizimi mavjud.
Power Point dasturida ichki multimedia vositalari mavjud, bu vositalarni OLE-2(Object Linking and Embedding) texnologiyasi yordamida kengaytirish va to‘ldirish mumkin.
Astound dasturi( paketi) yangi taqdimot dasturlari ichida eng yaxshilaridandir. U ishlatilishi soddaligi bilan ajralib turadi. Tovushli kliplar, harakatli tasvirlar va multimedianing boshqa elementlaridan bir vaqtning o‘zida baravar (sinxron) ishlatishga imkon beradi.
Raqamli videotasvirlarga ishlov berish dasturlari hamda ikki o‘lchovli va uch o‘lchovli grafikadan foydalangan holda ko‘pqatlamli kompozisiyalarni yaratish, murakkab(s’yomka) suratga olish jarayoni o‘rnini egallashi, kompyuter grafikasi yordamida suratga olingan materiallarga ishlov berish, suratga olingan materiallarni kompyuter animatsiyasi bilan qo‘shish, natijalarni kino va videotasmalarga chiqarish mumkin.
Windows va Macintosh muhitlarida ishlovchi videotasvirlarni tahrirlash dasturi Adobe Premier raqamlashtirilgan videoni, statik tasvirlarni va tovushli fayllarni montaj qilish imkonini beradi. Paketning eng oxirgi versiyasi (rusumi) turli usullar bilan bir nechta mustaqil videoroliklarga ishlov berish, ko‘pgina filtrlardan foydalanish, maxsus effekt va shriftlarni hosil qilish imkoniga ega.
Composer dasturi barcha kino va videoformatlarni hamda video bilan ishlovchi qurilmalarni qo‘llash imkonini beradi. Bu dasturlardan tashqari SGI muhitida videoga ishlov beruvchi Chiron firmasining Liberty, Integrated Research firmasining Harmony, Parallax firmasining Matador, Avid firmasining Media Suite Pro, Discreet Logic kompaniyasining Flint paketi, Flame, Interno, XAOS firmasining Pandemonium dasturlari mavjud.
Bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o‘zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Multimedia texnolologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan taqdimotlar tinglovchi va foydalanauvchilar uchun tushunarli va samaralidir.
Tasvirlash va animatsiya effektlariga ko‘ra ushbu dastur mudtimediaga moslashtirilgan ko‘plab dasturiy vositalardan kam emas.
Power Point dasturi har hil mavzularga oid juda ko’p tayyor taqdimotlar ko’rinishlarni tavsiya yetadi. Bunday ko’rinishlar har hil usulda bezatilgan slaydlarni o’z ichiga oladi. Slayd maydonida zarur bo’lsa o’zimizga kerakli mattnni, chizmani, zhadval va diogrammani joylashtirishimiz mumkin. SHuni taakidlash lozimki, ihtiyoriy tayyor ko’rinishning istalgan badiiy bezaklarni didga va davrga moslab o’zgartirishimiz mumkin. Bu holda, ko’rinish mazmuni o’zgarmasdan, taqdimotning tashqi ko’rinishigina o’zgaradi.
Power Point dasturi rang-barang visual va tovushli effektlar bilan boyitilgan electron taqdimotlar yaratishning imkonini beradi. Power Point dasturi taqdimotga video kliplar kiritish, giperhavola yordamida tarmoqlanuvchi ckfql-filmlar yaratish, Windoows OT ning boshqa ilovalari (masalan, Word xujjati yoki Excel sahifasi)da tayyorlangan obektlarni slaydlarga tatbiq etish imkonini beradi. Power Point dasturi slaydlarning turli animatsiyali effektlar bilan chiqishini, tayyorlangan slaydlar to’plami asosida turlicha davomiylikdagi bir nechta prezentatsiyalar tuzish, interfaol slayd-filmlar yaratishni ta’minlaydi. Microsoft Power Point dasturi ishga tushirilganda dasturning interfeysi va muloqat oynasi ochiladi. MS Word, MS Excel dasturlari interfeyslari kabi MS Power Point interfeysi ham sarlavhalar satri, menYular satri, uskunalar satri va ishchi maydoniga yega. MenYular satri Slaydlarni ko’rsatish (Показ слайдов) bo’limi bilan farqlanadi. MS Power Point dasturi interfeysning boshqa dasturlar interfeysidan yana bir farqi muloqat oynasining mavjudligidir.
M uloqat oynasi taqdimot ishlarida yordam beradigan maslahatlar berilgan. Power Point dasturi taqdimot tayyorlashning quyidagi yo’llaridan birini tavsiya yetadi: Avtomazmun ustasi (Maстер автосодержания) bo’limi,Taqdimot ko’rinishi (Шаблон презентации) bo’limi va Bo’sh taqdimot (Пустая презентация)
1-rasm. Power point dasturining ishhi oynasi ko’rinishibo’limi.
Bundan tashkari, mavjud Taqdimotni ochish (открыть prezentaciYu) imkoniyati ham bor.
Boshlovchilar uchun tanlov nuqtalaridan Avtotizim ustasi bo’limini tanlash maqsadga muofiqdir. Bu holda foydalanuvchiga taqdimodning asosiy hususiyatlarini yoritish uchun 5 ta muloqat oynasi taqdim yetiladi: a) boshlanish; b) taqdimot ko’rinishi ; v) taqdimod ko’rinishi shakli; g) taqdimot parametrlari; d) tugatish. Foydalanuvchi uchun matn, chizma, rasm va boshqa yelementlarni shu muloqat oynalari bo’limlariga moslashtirish kerak bo’lsa dizaynini o’zgartirish qoladi.
MS Power Point dastur mahsuloti asosan prezentatsiyalar hosil qilishda ishlatiladi. Prezentaciya - ma’ruza, biznes reja va hokazolar bo’lishi mumkin. Har bir prezentatsiya bir nechta slayddan tashkil topgan bo’lishi mumkin.
Microsoft Power Point yaratgan taqdimotlarni Office ning boshqa muharrirlariga, Web saqifa ko’rinishida, rasm ko’rinishida (*.bmp,*.jpg) va boshqa ko’rinishlarda yeksport qilish imkoni berilgan.
Prezentaciyalar tayyorlashda qulayliklari juda katta bo’lgan zamonaviy dasturlardan biri Microsoft Power Point da tayyorlanadigan Prezentatsiya slaydlarida rasm, formula, grafiklar, ovoz yozilgan fayllar, video-klipplar va hokazolarni zhoylashtirish imkoni berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |