3. O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash va “Korrupsiyaga qarshi kurash to’g’risida qonun”
Prezident SHavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi va u 2017 yil 4 yanvardan boshlab kuchga kirdi. Mazkur Qonundan ko‘zlangan asosy maqsad korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘ldi. Unda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik” va “manfaatlar to‘qnashuvi” kabi tushunchalarga izohlar berildi.
Qonunning 3-moddasida korrupsiyaga doir asosiy tushunchalarga doir quyidagi ta’riflar ifodalandi:
korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
Do'stlaringiz bilan baham: |