O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ma’ruzalar matni



Download 382,59 Kb.
bet86/98
Sana01.07.2021
Hajmi382,59 Kb.
#106342
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   98
Bog'liq
O'zbekistonning yangi tarixi - Maruzalar matni 181020102837

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning yurtimizga amalga oshirgan davlat tashrifi (2018 yil 19–20 oktyabr) davomida o‘tkazilgan muhokamalar yakunlari bo‘yicha yadro energetikasi va kosmos sohalaridagi hamkorlikni o‘z ichiga olgan turli yo‘nalishlarda umumiy qiymati 26 milliard dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha 20 ta hukumatlararo hujjat imzolandi. Bu tashrif asosida tuzilgan shartnomalar asosida 79 ta O‘zbekiston–Rossiya qo‘shma korxonalari, 23 ta yangi savdo uylari, 20 ta ulgurji va chakana savdo markazlari ochilishi rejalashtirilgan. Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida (2018 yil 29 aprel – 1 may) oliy darajadagi O‘zbek–Turk strategik hamkorlik kengashi tashkil etildi. Tomonlar yaqin yillarda o‘zaro tovar ayraboshlash hajmini 5 milliard dollarga etkazish bo‘yicha aniq tadbirlar yuzasidan kelishib olishdi.

Prezidentimizning AQSHga rasmiy tashrifi (2018 yil 15–16 may) O‘zbekiston – Amerika strategik hamkorligini rivojlantirishga kuchli turtki berdi. Tarixiy tashrif davomida savdo, fan, qishloq xo‘jaligi, energetika va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi. Ikki mamlakat kompaniyalari qiymati 4,8 milliard dollarlik 20 dan ortiq yirik shartnomalarni imzolashdi. Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh Said Husayn Halil as-Sisi 2018 yil 4–5 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ldi.

Davlatlarimiz o‘rtasida yoshlar, sport, investtitsiya, qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik to‘g‘risida Anglashuv memorandumlari, ta’lim, turizm, arxeologiya, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga doir bitimlar, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2019–2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi va adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik memorandumi singari jami 12 ta hujjat imzolandi.1 Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida (2018 yil 12–14 sentyabr) 19 ta kelishuv va umumiy qiymati 263 million dollarlik 56 ta savdo shartnomasi imzolandi.2 Prezidentimizning Hindistonga davlat tashrifi davomida (2018 yil 30 sentyabr – 1 oktyabr) 20 dan ziyod hukumatlararo hujjatlar va qiymati 3 milliard 200 million dollarlik shartnomalar imzolandi. Prezidentimizning Fransiyaga rasmiy tashrifi (2018 yil 8–9 oktyabr) O‘zbekiston rahbari SHavkat Mirziyoev Evropa Ittifoqi davlatlariga qilgan birinchi safari bo‘ldi.

Tashrif yakunida 10 ta hukumatlararo shartnoma va umumiy qiymati 5 milliard evroga teng bo‘lgan investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha bitimlar imzolandi. Umuman olganda, 2018 yil mobaynida 30 dan ortiq davlatlararo va halqaro tuzilmalar rahbarlari bilan oliy darajadagi muzokaralar olib borildi, 180 ta ikki tomonlama shartnoma hamda kelishuvlar tuzildi.

SHuningdek, hukumat, vazirlik, idoralar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari darajasida 360 ta tashrif amalga oshirildi. O‘zbekiston diplomatiyasining yutuqlaridan biri o‘zbekistonlik taniqli diplomat Vladimir Norovning 2019 yil 1 yanvardan boshlab SHHT Bosh kotibi lavozimiga tasdiqlanganligi ham tarixiy voqea bo‘ldi. 3 yanvarda O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoev V. Norovni SHHT Bosh kotibi sifatida qabul qildi. O‘zbekiston tashqi siyosatidagi ijobiy o‘zgarish va natijalarni yana boshqa ma’lumotlar misolida ko‘rish mumkin.

Faol tashqi siyosat tufayli mamlakati mizning xalqar obro‘ -e’tibori 2018 yil – «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili» O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoev dunyoning turli mamlakatlariga 30 ga yaqin oliy darajadagi tashriflar bilan bordi hamda nufuzli tashkilotlarning sammitida qatnashdi. Keyingi ikki yil ichida xorijiy mamlakatlar prezidentlari mamlakatimizga 16 ta tashrifni amalga oshirdi. Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi. Unda bildirilgan takliflar xalqaro hamjamiyat tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi; Prezidentimiz tashabbusi bilan, ilk bor Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvi tashkil etildi; Afg‘oniston bo‘yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi yuqori darajadagi Toshkent konferensiyasi o‘tkazildi; Prezidentimiz Xitoyning Sindao shahrida SHHT Davlat rahbarlari Kengashining o‘n sakkizinchi majlisida ishtirok etdi; BMT shafeligida Orolbo‘yi mintaqasi uchun Trast fondi faoliyati yo‘lga qo‘yildi va hokazo.

2018 yil 22 sentyabr kuni Toshkent shahridagi «Miran International» mehmonxonasida xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirokida tashkil etilgan «O‘zbekistonning Harakatlar strategiyasi doirasidagi tashqi siyosiy faoliyati» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotchi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari bilan bir qatorda AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, SHvetsiya, Belgiya, Fransiya, Xitoy, YAponiya, Pokiston va Hindistondan tashrif buyurgan, jami 26 nafar ekspert ham ishtirok etdi.

O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoevning BMT minbarida so‘zlagan ilk nutqidan so‘ng tashkil etilishi ramziy ma’noga ega bo‘lib, O‘zbekistonning xalqaro maydonda ijobiy imijini oshirish, olib borilayotgan islohotlar bilan jahon hamjamiyatini xolisona tanishtirish kabi tashabbuslar kelgusida yanada qo‘payishi tabiiydir.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar, birinchi navbatda, Rossiya Federatsiyasi bilan, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi, Amerika Qo‘shma SHtatlari, Evropa Ittifoqi mamlakatlari, Koreya Respublikasi va YAponiya bilan munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan faol tashqi siyosat olib borishda muhim rol o‘ynadi. O‘zbekiston 2017 yildan boshlab Xitoy tashabbusi bilan tashkil qilingan “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumining ishtirokchisidir. Mazkur hamkorlik ikki yo‘nalish- quruqlik va dengiz orqali davlatlararo hamkorlikni musathkamlashga qaratilgan. U hozigi kunda Osiyo, Afrika va Evropadagi 65 mamlakatni qamarab olgan. 2019 yilda O‘zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoev mazkur forumda nutq so‘zlab, O‘zbekiston va Xitoy sheriklik aloqalarini yuksaltirishdan minnatdorligini qayd qilgan edi. Umuman, qayd qilingan malumotlarga tayanib, O‘zbekiston va Xitoy davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar jadal rivojlanayotganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin. Bu esa kelajakda har ikki davlat o‘rtasidagi sherikchilik aloqalarining strategik imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanishni taqoza etadi.

So‘nggi yillarda respublikamizda ta’lim sohasida ham xalqaro hamkorlikda sezilarli ijobiy siljishlarga erishildi. Agar raqamlarga murojaat qilinsa, 2019 yil 1 iyul holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 102 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritgan. Birgina 2018 yilda mamlakatimizda jami 13 ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan, Samarqandda «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti, Rossiya Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi «Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti»ning Olmaliq shahridagi filiali, Toshkent shahrida Janubiy Koreyaning Puchon universiteti filiali faoliyat boshladi. Davlatimiz rahbarining 2018 yil 25 sentyabrdagi Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida «El-yurt umidi» jamg‘armasi tashkil etildi. 2018 yilda ilk bor xalqaro tajribalar asosida oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingi yaratildi, ta’lim va ilmiy tadqiqot jarayonlari tahlil qilindi. Mamlakatimizda o‘nga yaqin oliy ta’lim muassasasi va ularning filiallari tashkil etildi. Masalan, Olmaliq shahrida Moskva po‘lat va qotishmalar institutining, Toshkent shahrida esa AQSHning Vebster universitetining filiali ochildi.



Download 382,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish