O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ma’ruzalar matni


Mashinasozlik va avtomobilsozlik sanoati



Download 382,59 Kb.
bet50/98
Sana01.07.2021
Hajmi382,59 Kb.
#106342
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   98
Bog'liq
O'zbekistonning yangi tarixi - Maruzalar matni 181020102837

Mashinasozlik va avtomobilsozlik sanoati
o‘ngi yillarda joylarda kichik korxonalar ochish va fermer xo‘jaliklarida ish bilan band aholi soni ham yil sayin ortib, 2007 yildagi 2094,2 ming kishidan 2011 yilda 2338,4 ming kishiga yoki 11,6 foizga ko‘paygan. Respublikada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani bois, bu sohada ish bilan band bo‘lgan aholi soni yil sayin ortib bormoqda. 2007-2011 yillarda respublika bo‘yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, lekin litsenziyaga ega tadbirkorlikda band bo‘lganlar soni 140,8 ming kishidan 698,4 ming kishiga yoki 4,96 marta ko‘paygan.

Mustaqillik yillarida mashinasozlik sanoa­ti jadal rivojlandi. 1994-yilda barpo etilgan O‘zbekiston—Isroil «O‘zIsmash» qo‘shma korxonasida paxta terish mashinalarining go- rizontal shpindelli yangi xili yaratildi. Bu agregat jahon mashinasoz- ligining eng yangi yutug‘i, deb e’tirof etildi.

1992-yilda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi korxona barpo etishga kelishib olin­di. 1993—1996-yillarda Asaka shahrida «Uz-DAEWOOavto» zavo­di barpo etildi va «Damas», «Tico», «Nexia» rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 1996-yilda 25,3 ming, 1997-yilda 64.9 ming, 1998-yilda 54,4 ming, 1999-yilda 58,4 ming, 2004-yilda 70 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. «Uz-DAEWOO» zavodida 1999—2003-yillarda «Matiz», «Lacetti» rusumli avtomo­billar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston dunyoda avtomo­bil ishlab chiqaruvchi 28-mamlakatga aylandi. «Uz-DAEWOOavto» zavodi 10 yil (1996—2006-yil iyun) davomida 571 580 ta avtomobil tayyorladi, ularning 198 609 tasi xorijga eksport qilindi.

Samarqandda avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixti- soslashgan «SamKochavto» zavodi qurildi va 1999-yilda ishga tushirildi. 2000-yilda «SamKochavto» zavodi 483 ta avtobus, 102 ta yuk avtomobili ishlab chiqardi.

Respublikamizda avtomobillarga butlovchi qismlar ishlab chiqa- ruvchi o‘nlab yangi korxonalar bunyod etildi. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida avtomobillarga butlovchi qismlar tayyorlaydigan 61 ta qo‘shma korxonalar qurilib ishga tushirildi. Hozirgi paytda «Uz-DAEWOO» zavodi uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlarning 60 foizi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda.

2007-yilda «O‘zavtosanoat» uyushmasi bilan AQSHning General Motors kompaniyasi o‘rtasida GM—Uzbekistan qo‘shma korxonasi tashkil etildi. 2012-yilning 20-mart kuni «GM—Uzbekistan» qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan «Chevrolet Malibu» avtomobilla- rining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

2009-yildan Germaniyaning «MAN Nutzfahrzeuge AG» konserni hamkorligida «MAN Avto—Uzbekistan» qo‘shma korxonasi tash­kil etilib, «MAN» yuk mashinalari ishlab chiqilmoqda. Samarqandda barpo etilgan va ishga tushirilgan «SamKochavto» zavodida avtobus va yuk avtomobillari ishlab chiqarilmoqda.

Mashinasozlik sanoatining yirik korxonalari — Toshkent traktor zavodi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, Toshkent va Chirchiq qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, Toshkent agregat zavo- di va boshqa korxonalar mustaqillikning dastlabki yillarida uchragan qiyinchiliklarni yengib o‘tdi. Birgina Toshkent traktor zavodida

2000-yilda 954 ta, 2001-yilda 1002 ta traktor ishlab chiqarilgan bo‘l- sa, hozirgi paytda yiliga 3,5—4 ming donagacha traktor, minglab tir- kamalar ishlab chiqarilmoqda.



1

Download 382,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish