3.2
Xalqaro munosabatlarni bildiruvchi terminlarning kognitiv va
koseptual tahlili
Bugungi kunga kelib, til va madiyat uyg’unligi muammosi bir qancha
olimlar,tilshunozlar va tadqiqotchilar diqqat – e’tiborin qozonib ulgirdi. Ushbu
mavzuga doir turli xil yondoshuvlar tilshunoslikning lingvomadaniyat shunoslik,
psixolingvistika, etnolingvistika, satsiolingvistika, tarix, adabiyotshunoslik kabi
sohalarida o’rganib kelinmoqda. Olimlar tomonida olib borilayotga tadqiqot
ishlarida til va madaniyat munosabatlari masalalari yoritilib, ularning bir biriga
bog’liq doimiy birliklar yoki bir birini to’ldiruvchi muhum komponentlar ekanligi
to’laqonli isbotlanib kelmoqda.
Тilda madaniy qadriyatlar o’z ifodasini topadi va ularni xalqqa yetkazib
berishda til asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi. Til dunyoning milliy manzarasini,
xalqning o’ziga xosligi va milliy madaniyatini o’zida mujassam etadi. Til va
madaniyat o’rtasidagi o’zaro munosabat ayniqsa, chet tili o’qitish jarayonida
yaqqol nomoyon bo’ladi. O’z ana lilini o’rganish bilan bir qatorda inson o’z milliy
madaniyatini asta sekin singdirib boradi, an’ana va odatlarini idrok etadi. Lekin,
xorijiy tilni mukammal o’rganishda esa u boshqa xalqning, boshqa millatning
dunyoviy manzarasini anglab yetadi.
Orgatishning pirovard maqsadlaridan biri har bir til o’rganuvchida
kommunikative til ko’nikmalari va ularning ijtimoiy madaniy dunyoqarashini
boyitish, hamda madaniyat haqidagi muloqatlarda bayon qilinadigan fikr
mulohazalarning saviyasini oshirishdan iborat.
69
Madaniyatning til bilan o’zaro bog’liqligi murakkab psixolingvistik
jarayonlardan biri bo’lgan – tarjima muhum ahamiyat kasb etadi.Tarjima
ahborotning asl ma’nosini ifodalashda lingvistik birliklarni mosini topish va
ularning samarali qo’llanilishini o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. U o’z
madaniyatimizning xorijiy til madanyati til madaniyati bilan ozaro munosabati va
o’ziga hos tafovvutlarini hamda dunyoni anglash bilan bog’liq muayyan kognitive
jarayonalarni hamda dunyoni anglash bilan bog’liq muayyan kognitiv jarayonlarni
ustun qo’yadi.
Тil va madaniyat uyg’unlashuvida, shuningdek, tarjima jarayonida inson
beixtiyor, tilning muhumleksik tarkibini tashkil etuvchi birliklardan biri bo’lagan
xalqaro aloqalardagi siyosiy terminlarga duch keladi. Har bir xalq, har bir etnink
guruh har qaysi davrda o’z onomastikbirliklariga ya’ni siyosiy terminlar ro’yxatiga
ega bo’ladi. Xalqaro aloqalardagi siyosiy terminlar muayyan madaniyatning
muhum konseptlarini nomoyot etishda muhum ahamiyatga ega. Vaholanki, ko’p
xolatlarda atoqli otlarning og’zaki nutqda shakillanish hususiyatlari, ularni xorijiy
va ona tilida yetkazib berish tadqiqotchilar, til o’rganuvchilar va tarjimonlarning
diqqat markazidan chetga chiqib qoladi. Bundan tashqari, ularga doir mahsus
adabiyotlar xususan, lug’atlar, qo’llanmalar, darsliklarning yetishmasligi
mavzuning dolzarblik vazifasini oshiradi.
Yuqoridagi mavzuga muvofiq xalqaro aloqalardagi siyosiy terminlarning
atroflicha til madaniyatidagi ahamiyatini birma bir tahlil qilish jarayonini
batafsilroq jadval ososida bayon qilamiz. Masalan: inlgiz, rus va o’zbek tillaridagi
bir ma’noli terminni misol qilib olsak.
“ambassador”, “посол”, “elchi” - bir davlatning boshqa bir davlatdagi
elchixonasiga rahbarlik qiluvchi diplomatik vakil. Tarixiy manbalarda bir davlat
hukumati tomonidan ikkinchi davlat hukumatiga diplomatik vazifa bilan
yuboriladigan doimiy yoki muvaqqat vakil. Etimologik tariflar sifatida
quyidagilarni sanab o’tishimiz mumkun.
Embassador- termini o’rta asrlarda ingliz-fransuz tilidagi ambassador
so’zidan yasalgan bo’lib, asosi lotin tilidan “Ambaxus-Ambactus” olingan va bu
70
so’z xizmatkor elchi ma’nosini anglatadi. XIV asrda bu termin keng qo’llanila
boshlagan.[Entepretive dictionary]
Посол- termining asosi Belarus tilidagi “посылать” so’zidan olingan
bo’lib jo’natish yuborish ma’nosini anglatadi.[Vikipedia]
Elchi- atamasi ilk bor Uyuq daryosi vodiysidan topilgan qadimiy turkiy
Enasoy runik bitikida qayd etilgan undan avval yalavoch, yalafar, rasul atamalari
bilan ham ifodalangan. "Yalavoch" atamasi birinchi marta Oltinkoʻl yaqinidan
topilgan Enasoy yodnomasida koʻzga tashlanadi. Mazkur qadimiy turkiy bitigda
711 yilning avgust-sentabrda Tibetga Turk xoqonligidan kelgan diplomatik
vakilning tashrifi xususida gap boradi. [O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi]
Lingvomadiniy jihatdan esa elchi so’zi kontekstda nafaqat o’z manosida
balki ko’chma manoda aynan metafora ham bo’lib qo’llanilishi mumkun.
Masalan elchi so’zi ayrim badiy asarlarda metafra bo’lib kelganida sovchi,
Do'stlaringiz bilan baham: |