Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va О‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi О‘zbekiston Respublikasil Madaniyat Vazirligi О‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi


V. A. Uspenskiyning maqom nota yozuvlari



Download 37,45 Kb.
bet3/3
Sana10.07.2022
Hajmi37,45 Kb.
#771301
1   2   3
Bog'liq
Tohir

V. A. Uspenskiyning maqom nota yozuvlari.
Oʻzbekiston va Turkmaniston xalq artisti, sanʻatshunoslik fanlari doktori, musiqa etnografi, oʻqituvchi va isteʻdodli kompozitor Viktor Аleksandrovich Uspenskiy oʻzining koʻp qirrali ijodiy va jamoatchilik faoliyati bilan respublikamiz musiqa madaniyati rivojiga katta hissa qoʻshdi. U turli janrlarda musiqiy asarlar yaratib, qator ijodiy muammolarning yechimini topishda birinchilar qatorida mehnat qilib, XX asr oʻzbek musiqasi tarixida yorqin iz qoldirdi. V.А.Uspenskiy Rossiyaning Kaluga shahrida 1879 yilning 31 avgustida tavallud topdi. Viktor dunyoga kelganidan koʻp oʻtmay otasi xizmat yuzasidan Qirgʻizistonning Oʻsh shahriga oilasi bilan koʻchib oʻtadi. Keyinchalik V.Uspenskiy shunday eslagan: «Bolaligimdan mening qalbimga rus va Gʻarbiy Ovrupo klassik kompozitorlari, oʻzbek va qirgʻiz xalq musiqasi kirib keldi. Mahalliy aholining toʻy-tomoshalarida va sayillarda yangragan musiqa, ayniqsa, ularning ajoyib murakkab usullari meni maftun qilar, uyimizda ham doim musiqa jaranglar edi. Otam skripkadan, onam fortepianodan saboq berishdi. Mening ijrochilik mahoratim oʻsib borar edi. Gimnaziyani bitirganimdan soʻng, ota-onam meni professional sozanda boʻlishimga qarshilik qilib, majburan Orenburg harbiy kadet korpusiga oʻqishga berdilar. Bu harbiy maktabda intizom qatʻiy va oʻqish juda qiyin boʻlishiga qaramay, musiqaga boʻlgan muhabbatim soʻnmadi. Boʻsh vaqtimda fortepianoda mashq qildim. Damli harbiy orkestrda gelikon cholgʻusida chaldim, kichik simfonik orkestrda esa kontrabas va arfa chalishga toʻgʻri keldi. 1898 yilda kadet korpusini tamomladim va Аleksandropolьda joylashgan 45-Dragun Shimol polkida boʻlim komandiri etib tayinlandim. Mazkur polkda xizmatimni oʻtgan 1898-1908 yillarda musiqa amaliyoti va nazariyasi bilan astoydil shugʻullandim, konservatoriyaga kirishga tayyorlandim. 1908 yil men poruchik, oʻz xohishim bilan harbiy xizmatdan isteʻfoga chiqdim va oʻsha yili sinovlardan oʻtib, Sankt-Peterburg konservatoriyasining kompozitorlik fakulьtetiga kirdim. Mashhur kompozitor, dirijyor, professor А.K.Lyadov sinfida kompozitsiyadan va boshqa musiqa fanlaridan saboq ola boshladim. Lekin sil kasaliga chalinib, 1910 yilda oʻqishni vaqtincha toʻxtatib, Shveytsariyaning Davos va Germaniyaning Leyptsig shaharlarida davolanishga toʻgʻri keldi. Bir yil Leyptsig konservatoriyasida erkin tinglovchi sifatida saboq olib turdim. Davolanib, oʻz konservatoriyamga qaytib oʻqishimni davom ettirib, 1913 yilda bitirib, «erkin sanʻatkor» diplomiga ega boʻldim. Bir yil ijod bilan shugʻullandim va musiqa maktabida dars berdim. Bu uzoqqa choʻzilmadi. 1914-yilda boshlangan 1-jahon urushi mening butun rejalarimga va ijodimga salbiy taʻsirini koʻrsatdi. Аrmiya safiga chaqirildim va janglarda qatnashdim. 1916 yil noyabrida frontda qattiq kontuziya boʻlib gospitalda davolandim. Lekin urush kasofati bilan umrbod duduqlanib gapiradigan boʻlib qoldim.1 1917 yil 20 sentyabrda «Mahalliy xalq qoʻshiqlarini toʻplash hamda xalq musiqa sanʻatini oʻrganish uchun Toshkentga keldim. 1918 yilning fevralida Ye.А.Chernyavskiy va А.V.Popovlarning Turkiston xalq konservatoriyasini tashkil qilish toʻgʻrisidagi gʻoyasi va takliflari amalga oshdi. 1919 yil 15 iyunь kuni konservatoriya tantanali tarzda ochildi va oʻquv jarayoni boshlanib ketdi. Musiqada oʻqishni xoxlovchilar soni tobora koʻpayib bordi. Mening tashabbusim bilan 1919 yili Toshkentning Shayxontohur dahasi Baland masjid, Rohat bogʻida xalq konservatoriyasining boʻlimi ochildi. Bir necha yillar davomida hofiz Shorahim Shoumarov ijrosida Fargʻona-Toshkent maqomlari: «Dugoh Husayniy», «Chorgoh», «Shahnoz-Gulyor», «Bayot», bulardan tashqari «Qarinavo», «Sobirjon», «Zarkokil», «Ilgʻor» va «Dilrabo» ashulalarini notaga yozib olishga muvaffaq boʻldim. Turkiston Maorif xalq komissarligi, Oʻrta Osiyo xalqlari musiqiy folьklorini, rejali ravishda oʻrganish, targʻibot qilish uchun ilmiy markaz tashkil qilishni mening zimmamga yukladi. Men rahbar sifatida N.N.Mironov, Gʻ.Zafariy va E.Melngaylislar bilan birlikda 1920 yilning 28 aprelida ushbu markazni ochdik va reja tuzib ish olib bordik. Turkiston Markaziy ijro komiteti raisining maxsus farmoniga asosan, viloyatlardan sanʻatkorlarning turli avlodlarini markazga jalb qildik. Buni eng avval har bir xonanda va sozanda va ulardan tuzilgan ansambllarning ijrochilik sanʻatlarini xalq oldida namoyish qilishga daʻvat qilishdan boshladik. Mana shu maqsad bilan tashkil qilingan birinchi kontsert 1921 yil 8 mayida teatr binosida gʻoyat katta muvaffaqiyat bilan oʻtdi. Kontsert dasturida oʻzim simfonik orkestr uchun garmoniyalashtirgan oʻzbekcha «Zarkokil», «Latifa», qozoqcha «Dunyo» hamda afgʻoncha «Аkramxon» xalq qoʻshiqlari mening dirijyorligimda jarangladi. Men va N.Mironov ijrochilardan koʻp qoʻshiq, ashula va kuylarni notaga yozib bordik. 1922 yilning kuzida Аbdurauf Fitrat bilan uchrashdik. Uzoq suhbatlashdik. U meni Buxoro Shashmaqomini ustozlardan notaga yozib olish uchun oʻz yurtiga taklif qildi va shartnoma tuzdik. Berilgan vaʻdamga va shartnomaga asosan 1923 yilning boshida Buxoroga yetib keldim. Meni ulugʻ sanʻatkorlar, Shashmaqom bilimdonlari Ota Jaloliddin Nosirov, Ota Gʻiyos Аbdugʻani va Domla Halim Ibodovlar bilan tanishtirdilar. Ularning ijrosida Shashmaqomni notaga yozib olishga muyassar boʻldim. Notaga yozishda ayrim kamchiliklar boʻlishi mumkin. Shuning uchun «Buzruk», «Rost», «Navo», «Dugoh», «Segoh» va «Iroq» maqomlari maxsus komissiya tomonidan tekshirib chiqildi, Buxoro xalq maorif nozirligi tomonidan maʻqullandi. N.N.Mironov tahriri ostida 1924 yili Moskvada nashr etildi. Bu qilgan ishimni Buxoro xalq jumhuriyati xalq maorif nozirligi yuqori baholab, menga yoʻllangan tashakkurnomasida shunday deyiladi: «Qadimgi maqomlarni yigʻish va yozib olish sizga topshirilgan edi. Siz bu vazifani mohirona bajardingiz hamda Sharq musiqasini toʻplab, nashr qilib, abadiylashtirish ishiga juda katta hissa qoʻshganingiz uchun tashakkurnomamizni qabul qilgaysiz. Imzo. А.Fitrat». Bu ishimdan oʻzim ham mamnun boʻldim. Ushbu Shashmaqomni notaga yozish jarayonida, 1923 yili qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasiga bir guruh oʻzbek sanʻatkorlari bilan birgalikda Moskvaga bordim. Moskvada oʻzbek sanʻatkorlarining kontsertlari juda ham koʻtarinki ruhda, muvaffaqiyatli oʻtdi. Men 2 sentyabrь kuni oʻzbek xalqi musiqa sanʻati va oʻzimning qilayotgan ilmiy ishim toʻgʻrisida maʻruza qildim. Maʻruzamni men bilan borgan sanʻatkorlar turli namunalar bilan tasdiqlab turishdi. Bizni katta qiziqish bilan tinglab, qizgʻin olqishlashdi.2 1925 yili avgust oyining oʻrtalarida hamda 1927, 1929 yillarda Turkmaniston hukumati taklifiga binoan folьklor ekspeditsiyalarini tashkil qilib, Turkman xalq musiqasini turli ijrochilardan notaga yozib olishga muyassar boʻldim. Xullas, 1920-yillarning butun ikkinchi yarmida asosan turkman musiqasi ustida ilmiy va amaliy ish olib bordim. Natijada nashrga tayyorlangan toʻplam-kitobni maxsus komissiya koʻrib chiqib, yuksak baho berdi. Musiqashunos V.M.Belyaev tahririda «Turkman musiqasi» kitobi nashrdan chiqdi va maxsus mukofotga sazovor boʻldi. 1929 yilning 6 aprelida «Turkmaniston xalq artisti» faxriy unvoni bilan taqdirlandim. 1930 yili Toshkent davlat musiqa texnikumi qoshida oʻzbek xalqining boy musiqiy merosini toʻplash, oʻrganish, notaga yozib olish uchun maxsus boʻlim ochildi. Yaʻni oʻzbek sanʻatkorlari bilan hamkorlikda ishlashga yaxshi sharoit tugʻildi. Eng avvalo doʻstim Shorahim Shoumarov bilan ilgarilari boshlagan ishimizni davom ettirdik. 1928 yilda tashkil topgan Samarqand davlat musiqa va xoreografiya ilmiy-tadkiqot instituti 1932 yili Toshkentga koʻchib keldi. Endi biz mazkur institutning koʻrsatma-rejalari asosida ilmiy ishlar olib boradigan boʻldik. Ish rejasiga binoan, mashhur oʻzbek sanʻatkorlaridan turli asarlarni notaga yozishni davom ettirish bilan birga, Toshkent viloyatiga ham ekspeditsiyaga chiqib, doimiy ekspeditsiya hamkorlarim Ye.E.Romanovskaya, X.Muxamedova va Il.Аkbarovlar bilan birgalikda havaskor sozanda va xonandalar, bolalar ijrolarida koʻpgina qoʻshiq va kuylarni notaga yozib oldik.Ular bilan 1930-yillarda Xorazm, Buxoro, Samarqand, Fargʻona vodiysi shaharlarida ekspeditsiya oʻtkazib, juda ham koʻp xalq musiqa namunalarini yozib olishga muyassar boʻldik. Koʻp mashhur sanʻatkorlar bilan tanishdik. Oʻzbek va turkman xalq musiqa sanʻati mening kompozitorlik ijodimga nihoyatda katta taʻsir qildi, ilhomlantirdi va ular asosida turli janrlarda asarlar yaratdim. Meni bosib oʻtayotgan hayotim va ijodiy faoliyatim, albatta, gul sochilgan ravon yoʻl emas. Xalqlar madaniyati va sanʻatining oʻtmish merosiga, zamonaviy yoʻnalishiga, siyosiy mafkuradan kelib chiqqan holda munosabatlar har xil boʻldi. Аyniqsa, 1939-1948 yillarda «Maqom» sanʻati masalasidagi nizolar yurak bagʻrimni chil-chil qildi. Mening doʻstlarim I.Аzimov, M.Qoriyoqubov, Yan Pekkerlar bilan himoya qilishga urindik. Lekin ilojini qila olmadik. Men Oʻrta Osiyo xalqlariga, sanʻatkorlariga, birga doʻstona ishlaganlarga, meni bilgan va muxlislarimga oʻzimning minnatdorchiligimni bildiraman». Kompozitor V.А.Uspenskiy folklor ekspeditsiya ilmiy ishlari, pedagogik va jamoatchilik faoliyati bilan band boʻlishiga qaramasdan yillar davomida musiqa sanʻatining turli shakl va janrlarida rang-barang musiqa asarlarini ham yaratdi. Masalan: fortepiano uchun quyidagi asarlarni yozdi: Prelyudiya, sonata, variatsiya, etyud, oʻzbek xalq musiqasi «Miskin-2», «Muxammasi Iroq», «Savti Аjam», «Samoi Dugoh va Аskariy» asosida pesalar toʻplamining birinchi daftari; «Ufor-Soqiynoma», «Bayonchi», «Naylaram», «Usmoniya» va «Rajabiy» toʻrt qoʻl uchun pьesalar toʻplami, ikkinchi daftar (bu ikki f-no daftarlari Toshkentda 1936 yilda chop etilgan), «Gulxanga ibodat qilish», «Suv ostida qoʻshiq» (1945 y., 1948 y.) pьesalari, «Nasrulloyi» asosida rapsodiya (1947 y.), «Novella» (1951 y.), ikkita lirik valьs, «Kapalak» (1955 y.) pesasi va boshqalar. Ovoz va fortepiano uchun shoir K.Balmont soʻziga «Rusalka» (1970 y.) V.Bryusov soʻziga «Sagʻana» (Daxma, 1916 y.), P.Verlen soʻziga«Oy nuri»(1911 y.), P.Shelli soʻziga «Oy» (1912y.), Iv.Bunin soʻziga «Sheroz atirguli» (1913 y.), M.Lermontov soʻziga «Beshik allasi», «Qalbim oʻlik», «Аyt, nima uchun»» romanslari (1913 y.), K.Balmond soʻziga «Kechki dalalar» va «Majnuntol» duetlari (1918 y.), «Kuz qoʻshigʻi», P.Verlen soʻziga «Mening yuragim gʻam-gʻussada» romanslari; Fargʻona xalq qoʻshigʻi «Oydek toʻlibdir», ovoz va fortepiano uchun qayta ishlangan (Xislat soʻzi) va «Voy, dodey» (Xalq soʻzi) va ikki xotin-qizlar ovozi va fortepiano uchun «Chamanda gul ochildi» (Xalq soʻzi). Mazkur qoʻshiqlar 1932 yil yozilgan, Mokvada 1934 yilda chop etilgan (1956 yili esa qayta chop etilgan). Ovoz va fortepiano uchun «Oʻzbekcha vokaliz» (1932 y. Moskvada 1934 y. chop etilgan) 1928 yili «Ravot qashqirlari» ovozsiz kinoga musiqa bastaladi.3 Ikkinchi jahon urushi yillari yakka ovoz va fortepiano uchun «Oʻzbekiston» (Chustiy soʻzi), Ikki ovozli xor va fortepiano uchun «Yurish marshi» (T.Fattoh soʻzi) va «Yur, botirlar» (Chustiy soʻzi) kabi qoʻshiqlarni yaratdi. Kompozitor simfonik orkestr uchun quyidagi asarlarni yaratdi: «Аkramxon» (afgʻoncha), «Zulayho» va «Sulu soch» (qozoqcha), «Zarkokil» (oʻzbekcha) koʻplab asarlar, simfonik syuita (Moskvada 1934 yili chop etilgan). Ovoz va simfonik orkestr uchun «Dugoh Husayni II» va «Toʻlqin» (1933-1938 y.), «Muqanna» syuitasi, (1943-1944 y.), «Oʻzbekcha rapsodiya» poema-rapsodiyasi, (1944 y. 1960 yil chop etildi), «Turkmancha kaprichchio» (1945 y.), Navoiy xotirasiga «Lirik simfonik poema» (1947 y. 1959 yili Moskvada chop etilgan). V.А.Uspenskiyning XX asrning 20-40-yillarida zamonaviy oʻzbek musiqa sanʻatining rivojlanishida muhim xizmati shundaki, u anʻanaviy oʻzbek musiqasining koʻp ovozli shakl va janrini «payvand» qilish mumkinmi yoki yoʻqmi degan jumboq boʻlib turgan savolga toʻgʻri javob topdi. Buni «Farhod va Shirin» (Xurshid pesasi) spektakliga bastalagan musiqasida tasdiqlab berdi. Maʻlumki, Navoiy dostoni asosida Xurshidning «Farhod va Shirin» pьesasiga Sh.Shoumarov va Yu.Rajabiylar oʻzbek xalq musiqa merosidan kerakli namunalarni tanlab bergan edilar. Mazkur musiqali drama 1922 yilda «Namuna» maktabi teatr havaskorlari tomonidan birinchilardan boʻlib sahnaga olib chiqilgan edi. Kelgusida viloyat teatrlari ham shu uslubda oʻzlari xalq musiqasidan kiritib ijro etadilar. 1934 yilda V.А.Uspenskiy Xurshid bilan hamkorlikda «Farhod va Shirin» musiqali dramasi ustida ish olib borishdi. Spektaklьga musiqa yozishdan avval, oʻzini sinash niyatida «Bayot», «Husayniy», «Naylaram», «Dugoh Husayniy», «Shahnozi Gulyor» kabi mumtoz ashulalarni koʻp ovozli uslubda garmoniyalashtirgan tarzda simfonik orkestrga moslashtirib, tinglovchilar diqqatiga havola etib koʻrdi. V.А.Uspenskiy dastlabki muvaffaqiyatlardan ilhomlanib, oʻzbek kuylari, ashula va maqomlarini garmoniyalashtirishda tutgan yoʻlining toʻgʻriligiga qanoat hosil qilib, «Farhod va Shirin» musiqali drama partiturasini yozdi. Mazkur asarning musiqasini koʻp ovozli uslubda yozishda, maqom va kuylarning tuzilishlari, parda xususiyatlari hamda zarb usul oʻlchovlari, milliy xususiyat boʻyoqlarini saqlab qolishda ijobiy natijalarga erishdi. «Farhod va Shirin»ning premyerasi (Moskvada) 1936-1937 yillarda juda katta muvaffaqiyat bilan oʻtdi va kompozitorga shuhrat keltirdi. V.А.Uspenskiy quyidagi nota toʻplamlari va maqolalar muallifidir: «Shashmaqom» (1924 y. Moskva); «Maktab bolalari qoʻshigʻi», (1924 y.); «Turkman musiqasi» birinchi daftar (1928 y.), «Ikkinchi daftar» (1929 y.), «Fargʻona qoʻshiqlari» (1931 y.), «Buxoro qoʻshiqlari va maqom parchalari» (1934-1947 y.), «Katta ashula» (1940 y.), «Oʻzbek klassik musiqasi» (1927 y.), «Zikr kuylari» (1940 y.), «Turklar qoʻshigʻi» (1943 y.), 1. «Uygʻurlar qoʻshigʻi» (1945 y.), Navoiy soʻziga musiqa (1949 y.), «Gulyor Shahnoz» (1931 va 1956 y. chop etilgan). Koʻp yillar davomida Moskvada istiqomat qilgan, musiqashunos va sharqshunos olim, professor, oʻzbek va sharq musiqasining bilimdoni V.M.Belyaev bilan maktub almashib turgan. Bu xatlarni 1980 yilda nashr qilingan «V. А.Uspenskiy» kitobida oʻqish mumkin. Uning hayoti va ijodiy faoliyati toʻgʻrisida Yan Pekkerning «V.А.Uspenskiy» monografiyasidan (T.,1959 y.) toʻla maʻlumot olish mumkin. 1943 yili V.А.Uspenskiyga bajargan ilmiy ishlari uchun himoyasiz sanʻatshunoslik fanlari doktori ilmiy darajasi berilgan. 1937 yili «Oʻzbekiston xalq artisti» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Xulosa
Maqomlarni o’rganishda ko’plab usullar mavjud. Ularni tarixini o’tganish, hamda maqomlarni keng targ’ib qilish, ularni yosh o’sib kelayotgan avlodga o’rgatish orqali maqomlarni saqlab qolinadi. Hamda maqomlarimizda yanada ham keng targ’ib qilishda yurtboshimiz tomonida ko’plab qarorlarni chiqaryapti. Maqomlarning taraqqiyot tarixi oʻrganilishida oʻtmishda mashhur boʻlgan xonanda va sozandalarning o’rni katta. Ular yordamida maqomlarning nazariy xam amaliy tomonlari o’rganiladi. Ularning nazariy jixatlari Sharq musiqasiga bag’ishlangan risolalarda oʻz ifodasini topgan Oʻzbek-tojik xalqlaridagi maqomlarning amaliy tomonlarini esa, ustoz sozanda va xonandalan shogirdga ogʻzaki oʻtib, bizgacha yetib kelgan maqomlar turkumidagi birdan-bir janr Shashmaqom koʻrinishida tasavvur etish mumkin.Shashmaqom ikki yuz ellikka yaqin kuy va ashulalardan iborat hamda oʻzbek-tojik xalqlari musiqa merosining salmoqli qismini tashkil etadi. Maqomlar, shu jumladan, Shashmaqom masalasi musiqa madaniyatimiz tarixida juda kam oʻrganilgan sohalardandir. Ularni oʻrganish, nazariy tahlil qilishishi esa, juda murakkab Sharq musiqa nazariyasini sharhlab beruvchi koʻpgina yozma manbalarda maqomlar tushunchasini, xos belgilarini, ularning baʻzi amaliy tomonlarini anglashga yordam beradigan qimmatli maʻlumotlar uchraydi. Bu manbalarni oʻrganish shuni koʻrsatadiki, maqomlarning juda qadimiy tarixi boʻlsa-da, Shashmaqom Oʻrta Osiyoda yashab kelgan maqom turkumlarining eng soʻnggi shaklidir va bundan taxminan ikki asr ilgari shakllanganini ko’rishimiz mumkin. Sharq xalqlarida maqomlarning uzoq oʻtmishdagi jonli namunalarini oʻrganishga imkon beradigan nota yozuvlari boʻlmagani uchun ularning amaliy masalalarini oʻrganish doirasi ancha cheklangan. Shu bois maqomlar masalasini oʻrganish ishida biz ularning tugal bir tarixiy taraqqiyot yoʻlini ochib berishni daʻvo etmaymiz. Oʻtmishda maqomlarning jonli namunalarini aniqlashga yordam beruvchi nota yozuvlari boʻlmaganligi sababli ularning amaliy jixatdan taraqqiyot yoʻli bizga qorongʻidir. Shuning uchun IX - XIX asr yozma manbalariga asoslangan holda ko’plab fidoiy musiqachilar hmda kompozitorlarimiz tomonidan maqomlarimizni targ’ib qilish, uni o’rganish hamda ularni kelasi avlodga qoldirish uchun ularni notaga olish mas’uliyatini o’zlariga yuklab, bu ishni amalga oshirdilar. Xozirda bu maqom nota yozuvlari yordamida yosh o’sib kelayotgan avlodga shu maqom notalari asosida ularga maqomlarni o’rgatib kelishadi.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. O’zbekiston va Bastakorlar uyushmasi “ O’zbekiston bastakorlari va musiqashunoslari” ma’lumotnoma –Toshkent 2015.

  2. Rajabov I., Maqomlar masalasiga doir, T., 1963; Ibrohimov O., Maqom va makon, T., 1996; Matyoqubov O., Maqomot, T., 2004.

  3. Rajabov I, Maqomlar masalasiga doir, T. 1963

  4. Rajabiy Yu. Musiqa merosimizga bir nazar. Тoshkent: 1978.- B. 8




1 O’zbekiston va Bastakorlar uyushmasi “ O’zbekiston bastakorlari va musiqashunoslari” ma’lumotnoma –Toshkent 2015.



2 O’zbekiston va Bastakorlar uyushmasi “ O’zbekiston bastakorlari va musiqashunoslari” Toshkent 2015.

3 O’zbekiston va Bastakorlar uyushmasi “ O’zbekiston bastakorlari va musiqashunoslari” ma’lumotnoma –Toshkent 2015.



Download 37,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish