O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston milliy universiteti “iqtisodiyot” fakulteti


J.Keyns va neokeynschilarning ish bilan bandlik nazariyasi



Download 0,52 Mb.
bet5/8
Sana06.06.2022
Hajmi0,52 Mb.
#640792
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qilichev Humoyun

3. J.Keyns va neokeynschilarning ish bilan bandlik nazariyasi
Jon Meynard Keyns (1883-1946) atoqli nazariyotchi va boshqariladigan kapitalizmda aholini ish bilan bandligi bo‘yicha yaratilgan iqtisodiy nazariyaning asoschisidir. Uning asosiy asari «Aholining ish bilan bandligi, foiz va pulning umumiy nazariyasi» bo‘lib, ushbu asar 1936 yilda bosilib chiqqan. Sirtdan qaraganda, ushbu asarda aholining ish bilan bandlik muammolari tahlil qilingan bo‘lib, unda, tahlilning pirovard maqsadi - ish bilan bandlik darajasi nima bilan belgilanishi qayd etilgan.
Kitob «buyuk turg‘unlik» yillarida yaratilganligi uchun, bu vaqtda ishsizlik misli ko‘rilmagan yuqori darajaga etib, dunyodagi asosiy kapitalistik mamlakatlarni qamrab olgan edi. 1933 yilga kelib, AQSHda qayd etilgan ishsizlik darajasi 25,0 % va Angliyada 22,0 % ga etgan edi. Bunday holatni klassik nazariya qoidalari bilan tushuntirib bo’lmasdi. «Biz yashab turgan jamiyatning eng katta illatlari, deb yozgan edi Keyns,unda aholining ish bilan to‘liq band bo‘lishini ta’minlash imkoni yo‘qligi emas, balki uning boylik va daromadlarini ixtiyoriy ravishda hamda adolatsizlik bilan taqsimlashidir»[1].
Keyns G‘arb iqtisodiyotchilari orasida birinchi bo‘lib, noiloj ishsizlik to‘g‘risidagi tasavvurni batafsil ishlab chiqdi, u bunday ishsizlik yalpi samarali talab etishmasligi oqibatida kelib chiqadi, degan xulosa keladi.
Samarali talab to‘g‘risidagi tasavvur Keyns nazariyasining eng muhim joydir. Agar yalpi talab tadbirkor kutgan darajadan pastroqqa tushsa va shu sababli ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash imkoni bo‘lmasa, deb ta’kidlagan edi Keyns, ishlab chiqarish qisqarishi ro‘y beradi, bu esa ishsizlikka olib keladi. Aksincha, yalpi talab kutilgan darajadan yuqoriroq bo‘lsa, ishlab chiqarish rivojlanishga turtki oladi. Muvozanat o‘rnatilishiga olib keladigan yalpi talab darajasi samarali hisoblanadi.
Aholining noiloj ishsizligi va ish bilan to‘liq bandligi keynscha tushunilishining korreliatori bo‘ladi. Keynsning fikricha, ish bilan to‘liq bandlik - noilojishsizlik nolga teng bo‘lgan holatini aks ettiradi. Bunday holatga, ish bilan band kishilar soni samarali talabning qo‘shimcha kengayishiga javoban hech o‘zgarmaydigan bo‘lganida erishiladi, deb hisoblar edi Keyns.
Shunday qilib, Keynsning bosh g‘oyasi yalpi talab (umumiy xarid qobiliyati) faollashtirilib rag‘batlantirish orqali tovar va xizmatlar ishlab chiqarilishi va taklifga ta’sir etish asosida aholining ish bilan bandligi darajasini oshirishdaniboratdir. Keyns nazariyasining ahamiyati iqtisodiy rivojlanish tahliliga an’anaviy yondashishlarni shunchaki ko‘rib chiqqanlikda emas, balki umumlashma kategoriyalar sifatida real iqtisodiy ko‘rsatkichlarning funksional bog‘liqligi va o‘zaro aloqalari tadqiq qilinishining umumnazariy negizlarini yaratish, ularning iqtisodiy rivojlanishi va tendensiyalariga bo‘lgan ta’sirini ko‘rsatib berishdir.
Asarning boshida bu kitobni «Umumiy nazariya» deb ataganligiga sabab, Keyns o‘z xulosalari va dalillarini klassik nazariya xulosalari va dalillariga qarama- qarshi qo‘yish bo‘lgan. Bu nazariya bundan 100 yil oldin yaratilgan bo‘lishiga qaramay, hozir ham amaliy va nazariy fikrlari bilan iqtisodiyotda hukmronlik qilmoqda. Uni yo‘ldan urmoqchi bo‘lganlar uchun ushbu nazariya hayotga amaliy jihatdan tatbiq etilganda halokatli oqibatlarga olib kelmoqda.
Haqiqatan ham, o‘sha yillarda klassik nazariya hukmron nazariya edi, davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi yoki kam aralashuvi ustuvorlik qilardi. SHuning uchun ham asarda ish bilan bandlikning klassik nazariyasini va avvalo, Piguning «Ishsizlik nazariyasi» kitobini tahlil qilishga shu qadar ko‘p e’tibor berilgan. SHu bilan birga, Keynsning ko‘rsatib o‘tishicha, u mazkur kitobni, unda aholi ish bilan bandligining klassik nazariyasi ancha to‘liq va aniq bayon etib berilgan birdan-bir urinish bo‘lganligi uchun tanqid qilgan.
Dastlab Keyns va uning izdoshlariga bo‘lgan ba’zi umumiy e’tirozlarni ko‘rib chiqamiz. Ularning fikricha, kapitalistik bozor xo‘jaligida ish bilan to‘liq bandlikni kafolatlaydigan hech qanday mexanizm yo‘q, ishsizlik va inflyasiyaning sabablari tashqi sabablarda emas, balki iqtisodiy tuzumning o‘zida yashiringan bo‘lib, u o‘z- o‘zidan hech qachon tartibga solinmaydi.
Keynschilar jamg‘arma va investitsiyalarning foiz stavkasi bilan iqtisodiyotdagi nomutanosiblikni tartibga solish mumkinligini inkor qiladilar. Jamg‘armalarning sub’ektlari (asosan, uy xo‘jaliklari) va investitsiyalar (asosan, korxona egalari) turli guruhlardir.
Keyns nazariyasining asosini samarali talab tamoyili tashkil etadi. Uning hisob- kitoblariga qaraganda, korxona egalarining talabi(N), ya’ni mehnat xarajatlarining hajmi jamiyatning iste’molga qiladigan xarajatlariga (DI) va yangi investitsiyalarga qilinadigan xarajatlarga (D2) bog‘liq bo‘ladi. D1+D2 - samaralitalab, aholining ish bilan bandligi esa samarali talabning funksiyasi hisoblanadi. Uning nazarida, bozorga asoslangan kapitalistik takror ishlab chiqarishning muhim muammosi bozorning hajmi, uning tovarlar taklifi ko‘payishiga muvofiq kengayib borish imkoniyatidir.
Klassik iqtisodchilar J.B.Sey va D.Rikardo ta’lim berib kelgan taklif talabni vujudga keltiradi, degan fikrni inkor etib, ularning bir-biriga mos kelmasligini asosladi va samarali talabning umumiy miqdorini ko‘paytirish zarurligini ta’kidladilar. Faqat samarali talabgina ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish va millat farovonligini oshirishgaolib keladi. Samarali talabning etishmasligi ishlab chiqarish quvvatlari ish bilan to‘liq ta’min etilmasligi, ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari pasayib ketishi va ishsizlikka olib keladi. Davlat talabning umumiy hajmiga ta’sir ko‘rsatishi lozim. U talab hajmini kengaytirish bilan ishsizlikning kamayishiga yordam beradi, deydi Keyns.
Keyns o’z tahlillari natijasida kelgan xulosa: unga zamondosh bo’lgan jam iyat, ya’ni bozorga asoslangan kapitalistik xo’jalik iqtisodiyotdagi muvozanatni o ’z-o’zidan tiklash mexanizmiga ega emas. Shunga asoslanib, u davlat iqtisodiyotni tartibga solishi, avvalo, samarali talabning lozim darajadagi hajmini ta’minlashi zarur, deydi. Keyns iqtisodiy fanda birinchi bo’lib kapitalistik bozor xo’jaligini tartibga solish masalasini ko’tarib chiqdi va uning zarurligi hamda asosiy yo’nalishlarini belgilab berdi. Bu taklif va xulosalar bugungi kun iqtisodiyotida ham o’z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Ish bilan bandlik masalasiga tatbiqan u: «Ish bilan to’liq bandlikni ta ’minlash uchun zarur bo’lgan markazlashgan nazorat tashkiloti, albatta, hukumatning an’anaviy funktsiyalari birmuncha kengaytirilishini talab qiladi»[2], deb yozgan edi. Keyns iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi va ishsizlikning bartaraf etilishini asoslab, uning asosiy mexanizmini ham belgilab berdi. Uning yozishicha, davlatning vazifasi mavjud real tizimdagi markaziy hokimiyatning ongli nazorati yoki boshqaruvida bo’lishi mumkin bo’lgan o’zgaruvchan jihatlami tanlashdan iborat. Uning asosiy mexanizmi byudjet-soliq siyosati degan nom oldi. Bu siyosatning mohiyati davlat byudjeti va soliq olishdan ko’zlangan maqsadlarga erishish uchun foydalanishdan iboratdir. Jami talabni oshirish va ishsizlikni qisqartirish uchun rag’batlantiruvchi byudjet-soliq siyosati zarur, u davlat xarajatlarining ko’paytirilishi yoki soliqlaming pasaytirilishi, yoxud ulaming har ikkisidan ham foydalanishni nazarda tutadi. Davlat xarajatlari bunda ijtimoiy to’lovlar va imtiyozlarni oshirish, yangi ish o’rinlari yaratilishini mablag’ bilan ta’minlash, jam oat ishlarini yo’lga qo’yish va shu kabilar yo’li bilan samarali talabni ko’paytirishga qaratiladi. Soliqlaming qisqarishi xususiy tadbirkorlar va korxona egalarini investitsiyalar va ishlab chiqarishni rivojlantirishga rag’batlantiradi.
Davlat xarajatlarining o ’zgarishi xuddi shu miqyosdagi soliqlar hajmining o’zgarishiga nisbatan jami xarajatlarga yanada kuchliroq ta’sir ko ’rsatadi. Biroq davlat xarajatlarining o ’zgarishi ancha murakkab ish bo’lib, bunda qonun chiqaruvchi hokimiyat organlarining qarorlari bo’lishini talab qiladi va bu yerda muayyan vaqt o’lchovi bo’lishi lozim. Shuning uchun soliqlaming o’zgartirilishi amalda eng mumkin bo’lgan va tez samara beradigan sohadir.
Keyns investitsiyalar, iste’mol va milliy daromad o‘rtasida miqdoriy aloqa o‘rnatishga katta ahamiyat berdi. Bunda u multiplikator konsepsiyasidan foydalanadi. Uning mohiyati shundan iboratki, investitsiyalarning ko‘payishi yoki kamayishi sof milliy mahsulotning ko‘p marta ortishi yoki kamayishiga imkon beradi. Buni quyidagicha aniqlash mumkin: xarajatlar (investitsiyalar) miqdorining o‘zgarishi zanjirli reaksiyani vujudga keltiradi, garchi u so‘nsa ham, sof milliy mahsulotning ko‘p marta o‘zgarishiga olib keladi.
Keyns g’oyalari ko’pgina iqtisodchilar, chunonchi U.Beverij, R.Solou, D.Streychi, A.Xansen, D.Robinson va boshqa bir qator iqtisodchilar asarlarida rivojlantirildi. Ingliz iqtisodchisi U.Beverij Keynsning izdoshi bo’lib, u iqtisodiyotning davlat tomonidan yanada faol va bevosita tartibga solinishi tarafdori edi. Beverij Ikkinchi jahon urushi yillari ana shunday tartibga solish tajribasiga tayandi va yirik sanoatning muayyan qismini davlat ixtiyoriga olish, tashqi savdo ustidan har tomonlama nazorat o ’matishni taklif etdi. Eng asosiysi esa, kapital mablag’lar, shu jumladan, xususiy mablag’lar ustidan nazorat o ’rnatish bo’lib, bundan ko’zlangan maqsad - davlat byudjeti barcha kapital mablag’lami o ’z ichiga olishi, ular ish bilan to’liq bandlik uchun zarur bo’lgan ish o ’rinlarini saqlab qolish va yangilarini tashkil etishni ta’minlashi lozim edi.
Dunyoda eng mashhur iqtisodchi ayollardan biri D.Robinson «Nomukammal raqobat iqtisodiyoti» (1933) deb nomlangan asarida bunday raqobatni ishlab chiqarish va ish bilan bandlik inqirozining asosiy sababchisi deb hisoblaydi, chunki u mukammal raqobat davriga nisbatan ko’proq foyda olish imkonini beradi. Bu hoi iqtisodiyotning turg’unligi va ishsizlikning esa o ’sishiga olib keladi deb hisoblaydi. Shuning uchun u monopol korxonalarni nazorat qilish va ulardagi mahsulot narxlarini tartibga solishni taklif qildi.
Ikkinchi jahon urushi arafasida va shundan keyin oradan 25 yil o’tgach, tartibga solinadigan muqobil kapitalizm to’g ’risidagi Keyns nazariyasi dunyoda keng foydalaniladigan nazariya bo’lib qoldi. U kapitalistik mamlakatlar iqtisodiyotining yanada barqaror rivojlanishi, aholi turmush darajasining ortishi va ishsizlikning qisqarishi, ish bilan bandlikning ko’payishi, ijtimoiy to’lovlar va imtiyozlaming kengayishi hamda ijtimoiy nizolaming osonroq bartaraf etilishiga imkon berdi. Demak, bu bilan Keynsning kapitalistik iqtisodiyotining rivojlanishi va ish bilan bandlik muammolarining hal etilishiga qo’shgan hissasi beqiyosligi haqida bemalol gapirish uchun asos bo’ladi.



Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish