O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi sogliqni saqlash vazirligi



Download 107,63 Kb.
bet2/14
Sana04.06.2022
Hajmi107,63 Kb.
#636581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
8.Gormonal preparatlar, Oqsil va polipeptid, steroid tuzulishli

Gipofizningoldingi bo’lagidagi bazofil xujayralarida xosil bo’luvchi AKTG polipeptitdir (39ta aminokislotadan iborat). Uni sintezi amalga oshirilgan. AKTG 1-20 ning N-oxirigi qismi gormonning butun molekulasi xossalarini namoyon etadi. AKTG buyrak usti bezining po’stloq qavati xujayralarining tashqi membranasi yuzasida joylashgan maxsus resteptorlarga ta’sir etib ular bilan boglangan adeniladstiklazani rag’batlantiradi va xujayra ichidagi stAMF miqdorini oshiradi. Bu o’z navbatida xolesterinni kortikosteroidlarga aylanishini kuchaytirgani uchun AK II ning fiziologik ta’siri kabidir.(glyukokortikoidlar xaqida keyinroq bayon etiladi). Kortikosteroidlarni davomsiz qo’llaganda xam buyrak usti bezining po’stloq qavati funkstiyasi susayadi. AKTGni qo’llaganda bunday bo’lmasligi uning afzalligidir, ammo AKTG ni d-vomli kiritilganda buyrak usti bezining “madorini qurishi “ (xolsizlanishi) kuzatilishi mum-kin. AKTG preparati bo’lmish kortikotropin so’yilgan qora molning gipofizidan ajratib olinadi. Ta’sir birligi (TB) da dozalanadi. Me’da–ichak traktida u parchalanadi. Shu sababli kortikotropin mushak ichiga yoki ko’ktomirga kiritiladi. Ta’siri davomiyligi taxminan 6 soatcha.AKTG preparati kamdan–kam xolda yo tashxis qo’yishi uchun yoki glyukokortikoidlarni davomli qo’llanilgandan keyin qo’llaniladi. Oxirigidan maqsad buyrak usti bezining po’stloq qismi rag’batlantirib glyukokortikoidlar ta’sirida susaygan endogen kortikosteroidlarni ishlab chiqarish ni tiklashdir. Ammo AKTG ni kortikotropin preparati sifatida davomli qo’llanilganda tabiiy xolatda AKTG biosintez va ajralishini rag’batlantiruvchi gipotalamik gormon ajralishini susayishini e’tiborga olish lozim.
Noxush asoratlar bo’lishi mumkin. Jumladan, shish, arterial bosimni oshishi, katobolik ta’sir (oqsillarning parchalanishi ustunlik qiladi), uyqusizlik, regenerastiya jarayonini susayishi va boshqa lar.
Shuni nazarda tutish kerakki, kortikotropin antitelalar xosil bo’lishini chaqirish i mumkin. Shu sababli xozirda uning sintetik analogi, immunogenligi sust bo’lgan t e t r o k o z a k t r i n (tetrokozaktid, sinakten-depo, kozintropin 24 aminokislotadan iborat)ni qo’llash maqul topilgan.
Quyidagi xolatlarda AKTG ni qo’llash mumkin emas: gipertoniya, qandli diabet xastaligining ogir shakllari, me’da ichakning yara xastaligi , o’tkir endokardit, yuqori darajadagi yurak etishmovchiligi.
Gipofiz oldingi bo’lagining astidofil xujayralari o’sish gormonini (somatotropin) ishlab chiqaradilar. U 191 aminokislotadan iborat bo’lgan oqsildir. Inson va jonivorlarning o’sish gormonlari tuzilishi va faolligi bo’yicha bir xil emas, ya’ni o’sish gormoni turkum xosligiga ega.
Somatotrop gormonning ko’pgina ta’siri jigarda xosil bo’luvchi (boshqa to`qimalarda xam mavjud bo’lgan) va somatomedin deb ataluvchi oqsil omili orqali yuzaga chiqadi. O’sish gormoni skelet va butun organizm o’sishini rag’batlantiradi. Uning etishmasligi pakanalik, inson jussasini kichik bo’lishiga olib keladi. Insonning o’sishi va rivojlanishi tugashidan avval uning gipersekrestiyasi tufayli gigantizm, o’sish tugagandan keyin esa- akromegaliya1 rivojlanadi. Uning ta’sirida peshob tarkibida azotli maxsulotlarni kam ajralishi anabolik ta’sirga (oq-sil sintezi uni parchalanishidan ustunroq bo’ladi.) ega ekanligidan dalolat beradi. Extimol xu-jayralarga aminokislotalar transporti kuchaysa va RNK sintezi faollashsa kerak. Organizmda fosfor, kalstiy, natriy xam ushlanib qoladi. Insulinga teskari ravishda o’sish gormoni giperglikemiya (diabetogen ta’sir) chaqirish i mumkin. Lipolizni kuchaytiradi. Qonda erkin yog kislotalari miqdori ortadi. O’sish gormoni tozalangan xolda ajratilgan. Gen injeneriyasi usuli bilan xam olingan. Ushbu gormonni qo’llashga asosiy ko’rsatma – bu o’sishni ortda qolishi (pakana-lik). Bu gormonni parenteral yo’l bilan kiritiladi (me’da – ichak traktida parchalanganli uchun).
O’sish gormonining analogi s o m a t r e m (tarkibida qo’shimcha metionin bor) sintezlangan.
Gipotalamusdan gipofizdan o’sish gormoni ajralishini susaytiruvchi gormon - somastostatin ajratilgan va sintezlangan. U tetradekapeptid iborat.
Somastostatin periferik to`qimalarda xam aniq langan.U o’sish gormonini sekrestiyasini susaytirish bilan bir qatorda gyukagon va ovqat xazm qilish traktining ko’pgina gormonlarini xam ajralishini susaytiradi.Somastatinni sintezi amalga oshirilgan. Akromegaliyani davolashda u samarasiz ekan, chunki ta’siri qisqa (t½= 3-6 min) va kerakli darajada tanlab ta’sir etish xossasiga ega emas (insulin va va glyukagon ajralishini bir vaqtda susaytiradi). Bundan tashqari enteral qo’llanganda samarasiz.
Somatostatinning sintetik analogi – o k t r e o t i d (sandostatin) ishlab chiqarilayapti. U oktapeptid bo’lib, ta’siri somastatinnikiga nisbatan birmuncha davomli (t½= 100 min.). Akromegaliya, apudoma (karstinoidli o’simtalar²)da qo’llaniladi. Kuniga 2-3 marta teri ostiga kiritiladi. Ta’siri uzaytirilgan (prolongastiyalangan) oktreotid - s a n d o st a t i n lar chiqarilyapti.
Samotostatinning sintetik analogi – l a n r e o t i d bundan xam davomliroq ta’sir ko’rsatadi. Uni mushak ichiga 10-14 kunda 1 marta kiritiladi.
Akromegaliyada dofaminomimetik bo’lgan, b r o m k r i p t i n xam qo’llaniladi, u o’sish gormonini keragidan ortiqcha ishlab chiqarilishini susaytiruvchi ta’sir ko’rsatadi.
Gipotalamus somatotrop gormon ajralishini rag’batlantiruvchi gormon ishlab chiqaradi, uning tuzilishi aniq lanmagan. Tireotrop gormon (glikopeptitdir) qalqonsimon bezi gormonini sekrestiyasini rag’batlantiradi. U qalqonsimon bezga yodni shimilishiga, tirozinni yodlanishiga, qalqonsimon bez gormonlarini sinteziga xamda trioglobulinning endostitozi va proteoliziga ta’sir etadi. Bundan tashqari, tireotrop gormon qalqonsimon bezning vaskulyarizastiyalanishini oshiradi. Uning xujayralarini gipertrofiya va giperplaziyasiga olib keladi. Ushbu gormon xujayraning plazmatik membranasida joylashgan o’ziga xos resteptorlar bilan boq’lanadi. Amaliyotda qo’llash uchun so’yilgan qora mol gipofizining oldingi bo’lagini tozalangan ekstrakti bo’lmish t i r o t r o p i n preparati chiqariladi. Uning faolligi ta’sir birligi (TB) da (biologik standartlash qo’llaniladi) belgilanadi. qalqonsimon bez preparalari bilan birgallikda qalqonsimon bez etishmovchiligida xamda miksedemani differenstial tashxisida qo’llaniladi.So’ngisida tireotropin ta’sirida radioaktiv yodni qalqonsimon bezga shimilish darajasiga ko’ra miksedema qalqonsimon bezning birlamchi shikastlanishi yoki gipofiz etishmovchiligi tufayli rivojlanganligi aniq lanadi. Preparatni teri ostiga yoki mushak ichiga kiritiladi. Tireotrop gormon ajralishini rag’batlantiruvchi gipotalamik gormon tripeptitdir. U aloxida ajratilgan, uning tuzilishi aniq langan, xamda sintezi amalga oshirilgan. Unga r i f a t i r o i n (protirelin) nomi berilgan bo’lib, uni diagnostik maqsadlarda (gipotalamus yoki gipofizni shikastlanishi tufayli rivojlanayotgan qalqonsimon bez xastsliklari aniq lash uchun), shuningdek tireotoksikoz va qalqonsimon bez xavfli o’simtalarini radiaktiv yod bilan davolash samaradorligini oshirish uchun (protirelin ta’sirida qalqonsimon bezning yodni shimib olish qobiliyati ortadi) qo’llash tavsiya etilgan.
Gipofizni oldingi bo’lagidan bir qator gonadotrop gormonlar ajraladi, ular jinsiy mansublikka ega emaslar.

Download 107,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish